Bug'doy morfologiyasi va turlari


Dukkakli -don ekinlarining issiqlikka bo‘lgan talabi (0°)


Download 56.39 Kb.
bet8/14
Sana01.03.2023
Hajmi56.39 Kb.
#1239203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
O\'simlikshunos -6 mavuz

1.8.jadval

Dukkakli -don ekinlarining issiqlikka bo‘lgan talabi (0°)



Ekinlar

Maysalanish

Vegetativ organlarining shakllanishi

Gullash

Meva hosil qilish

Ko‘k no‘xat, burchoq, yasmiq

4-5/
6-12

4-5/ 12-16

10-15/ 1621

12-10/ 2316

Xashaki no‘xat

5-6/
9-12

5-6/ 12-18

8-12/
16-21

15-10/ 2416

Soya, loviya

10-13/ 1518

10-13/ 15-26

15-18/ 1825

15-10/ 2318

No‘xat - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi


No‘xat – O‘zbekistonda eng keng tarqalgan dukkakli don ekinlaridan biri. Donidan turli taomlar tayyorlanadi, ayniqsa, sho‘rva, palovga ko‘p solinadi. Donlari go‘sht bilan alohida dimlanib ham pishiriladi, qovurilib don holatida ham iste’mol qilinadi. Oq donli navlari oziq- ovqat, qora donli navlari yem-xashak uchun o‘stiriladi. Doni tarkibida 25-30 % oqsil, 4-7 % yog‘, 47-60 % azotsiz ekstraktlanadigan moddalar, 2,4-12,8 % sellyuloza, 4,0 % kul, vitamin V1 hamda ma’danli tuzlar bo‘ladi. Uning doni omixta yemga qo‘shilsa ularning hazmlanishi osonlashadi. Poya va barglarida otquloq va olma kislotalari ko‘p. Somonini qoramollarga berib bo‘lmaydi, qo‘ylar uchun yaxshi oziqa. No‘xatdan Hindistonda olma va otquloq kislotalari olinadi. No‘xat uni 10-12 % bug‘doy uniga qo‘shilsa, noni to‘yimli va mazali bo‘lad
No‘xat o‘rta va kichik Osiyoning qurg‘oqchil mintaqalarida eramizdan oldin ekilib boshlangan. No‘xat vatani Tojikiston va O‘zbekistonning tog‘li tumanlari deb taxmin qilinadi.
Arxeologlarning fikricha, Yaqin Sharqda no‘xat yetishtirish bundan 7500 yil avval urf bo‘lgan. Xattoki fir’avn maqbarasidan ham no‘xat urug‘lari topilgan.
Gretsiyada arxeologik qazilmalarda eramizdan oldingi 5450 yillarga mansub, Iroqda esa bronza davriga ta’luqli (3300 yil) no‘xat urug‘i topilgan
No‘xat to‘g‘risidagi birinchi qo‘lyozma Gomerening “Iliade» sida uchraydi. Yangi lingvistik izlanishlarda no‘xat eramizdan oldingi 1580-1100 yillarda Nil daryosi vodiylarida ekilgani yozilgan.
Rimga bronza davrida keltirilgan. Qadimda Rimda don-dukkakli ekinlardan tayyorlangan ovqatlar kambag‘allarning: qullar, gladiatorlar va oqsuyak bo‘lmaganlarniki hisoblangan. Imperiyaning janubida ijaradagi legionerlarning (yirik askariy otryad) payogi bo‘lgan. Eramizdan oldingi IX asrda imperator Buyuk Karl no‘xatni hamma yerda ekiladigan ekin deb atagan
Exnaton va Nefertitining qo‘llarida no‘xat shoxlarini ushlab turgan tasviri tushirilgan qadimgi rasmlari bo‘lib, Yegipet podshohining kuchi ma’nosini bildirgan.
Rossiyaga Ukraina, Kavkazortidan va Janubiy-g‘arbiy Osiyodan 18 asrning 70 yillarida keltirilgan. No‘xat qadimdan Hindiston, Pokiston, Efiopiya va boshqa davlatlarda ekilgan. Hozirda Turkiya, Shimoliy Afrika, Meksika, Hindiston, Pokistonda yetishtiriladi. Yaqinda Yaponiyada Tutanxamon maqbalaridan arxeologlar tomonidan topilgan no‘xat urug‘ini o‘stirishdi.
No‘xat dunyoning 30 mamlakatlarida ekiladi. Ekin maydoni bo‘yicha dukkakli ekinlar orasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Hindiston, Pokiston, Ispaniya, AQSh, Braziliya, Turkiya, Eron, Tojikistan, Tatarstan, Turkmanistan, Shimoliy Afriki mamlakatlarida ekiladi.
Ekin maydoni 12 mln/ga bo‘lib, 8,9 mln/ga. maydon Hindiston va Pokistonga to‘g‘ri keladi. Ekilish maydoni bo‘yicha dukkakli don ekinlari orasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek Eron va Turkiyada 1,4 mln/ga. yerga ekiladi. Keyingi yillarda Avstraliya va Kanada bu ekinga e’tibor qaratgan. Hosildorligi 0,6—0,8 t/ga. No‘xat qadimdan O‘rta va Kichik Osiyoning qurg‘oqchil mintaqalarida ekib kelingan. Yovvoyi turlari topilmagan.
O‘zbekistonda no‘xat lalmikor va suvli yerlarda 4-5 ming ga maydonga ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda gektaridan 20-25 ts, lalmikorlikda 8-10 ts don hosili yetishtiriladi.
No‘xatning poya va barglarida limon va boshqa organik kislotalar bo‘lganligi tufayli mollar yaxshi yemaydi, faqat qo‘ylar yeydi. Ko‘katini boshqa oziqalarga qo‘shib mollarga berish mumkin.
Tabiiy omillar fiziologik ta’siriga ko‘ra o‘simliklar hayoti uchun bir xil qimmatga ega. Hayotiy omillar faqatgina turli o‘simliklar uchun emas balki ularning hayotiy jarayonlari, davrlari uchun ham har xil ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar hayotida ularning fosforga bo‘lgan eng talabchan davri, oziqa moddalarning qaytishi, almashlab ekish, hayotiy omillarning minimum, optimum, maksimum ta’siri, hayotiy omillarning birgalikdagi ta’siri qonunlari amal qiladi. Ayrim hollarda omillar mavjud bo‘lsada ularning ko‘pligi yoki kamligi cheklovchi omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Bunda yetishmayotgan omil hosil miqdorini belgilaydi. Masalan, yorug‘lik, harorat, havo, oziqa moddalar yetarli bo‘lgani bilan, namlikni yetishmasligi hosilning ortishini cheklashi mumkin. Bunda namlik cheklovchi omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Hamma omillar muqobil miqdorda va nisbatlarda bo‘lgandagina eng yuqori hosil shakllanadi.


Download 56.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling