Bug'doy morfologiyasi va turlari


Xorazm qovunchilik makoni


Download 56.39 Kb.
bet11/14
Sana01.03.2023
Hajmi56.39 Kb.
#1239203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O\'simlikshunos -6 mavuz

1. Xorazm qovunchilik makoni. Shimoliy-Qoraqalpoq va Xorazm-Qoraqalpoq hududlarini o’z ichiga oladi. Bu yerdagi iqlim keskin kontinental, qish davri uzoq. Tuproqlari sho’rlangan, cho’l zonasining o’tloqi turlariga oid. Bu makonda 30 dan ortiq qovun turlari ekiladi.
2. Toshkent qovunchilik makoni. Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini o’z ichiga oladi. Qish davri bir muncha yumshoq, yozi quriq va jazirama. Tuproqlarning tipik bo’z, o’tloqi-bo’z, o’tloqi va och tusli bo’z turlari tarqalgan.
3. Farg’ona qovunchilik makoni. Farg’ona vodiysining Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining tekis hududida joylashgan. Qish mavsumi yumshoq, yozi issiq, yog’in miqdori kamligi bilan ta’riflanadi. Yerlari o’tloqi va o’tloqi-botqoq, och tusdagi va tipik bo’z tuproqlari sho’rlanmagan yoki kam sho’rlangan.
4. Zarafshon qovunchilik makoni. Zarafshon daryosi havzasida joylashgan bo’lib, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarini qamrab oladi. Bu yerlarning iqlim sharoiti barcha tekis yerli tumanlarida poliz ekilarini sug’orib yetishtirishga, tog’ oldi tumanlarida esa lalmikor yerlarda yetishtirishga imkon yaratadi. Bu makonda asosan sho’rlanmagan tipik va och tusli bo’z, o’tloqi va botqoq tuproqlar, Buxoro viloyatida esa sho’rlangan o’tloqi va o’tloqi taqir tuproqlar tarqalgan.
5. Janubiy qovunchilik makoni. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarini o’z ichiga oladi. Qish davri bu yerda juda ham yumshoq, yozi jazirama. Qovunlarni g’alla ekinlaridan keyin takroriy ekin sifatida yetishtirish mumkin. Tuproq turlari rang-barang.


Oqso‘xta va erkak o‘t turlari va morfologiyasi. Sudan o‘ti va qo‘noq turlari va morfologiyasi
Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘i - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi O‘zbekistonda sudan o‘ti asosan sug‘oriladigan yerlarda yem-xashak ekini sifatida ekiladi. O‘zbekistonda yetishtiriladigan yem-xashakning 70% isug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yem-xashak yetishtirishda biryillik o‘tsimon o‘simlik, sudan o‘tining ahamiyati katta. U qurg‘oqchilikkachidamliligi, bir necha o‘rib olish mumkinligi, xushxo‘rligi bilanajralib turadi.
U yashil massa, pichan, senaj, urug‘i uchun o‘stiriladi. Sug‘oriladiganerlarda yashil massa hosili 600-800 ts/ga, urug‘ hosili 25 ts/ga ga yetadi. 100 kg pichanida 52-56 o.b. va 4-5 kg hazmlanadigan protein saqlanadi.Qoramollar va qo‘ylar sudan o‘ti yashil massasi va pichanini xush ko‘ribeyishadi. Bir yillik yem-xashak o‘simliklari orasida mollarni o‘tlatibboqilishiga chidamli.
O‘zbekistonda sudan o‘tidan ang‘iz, takroriy, ta’mirlash ekini sifatida foydalaniladi. Keyingi yillarda sudan o‘ti makkajo‘xori, soya, vika,beda o‘simliklari bilan qo‘shib ekilmoqda.
Uning ko‘payish koeffitsiyenti juda yuqori, 1 ga maydonga 15-20 kgurug‘ ekilib, 2-3 t urug‘ olinadi.O‘zbekistonda oziqa ekinlari maydoni 462,4 ming ga, shundan 4-5 minggektariga sudan o‘ti ekiladi.
Vatani – Afrika, Sudan. Dastlab AQSh ning cho‘l mintaqalaridaekilgan.
O‘zbekistonda 1920 yildan boshlab ekilgan. U Afrika,Hindiston, Amerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalaridakeng tarqalgan.
Sudan o‘ti qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga,sorgum (Sorghum L. ) avlodiga kiradi. Sudan o‘ti – Sorghum sudanense.
Qo‘noq (Setaria italica moharium Alf) - qimmatli ozuqabop ekin. U pichan, ko‘k o‘t, silos va don uchun ekiladi.
Pichanda o‘rtacha 7,8% oqsil, 26,8% kletchatka, 51,3%-azotsiz ekstraktiv moddalar, 6,7% kul moddalar, donida esa 14,3% protein mavjud. Hayvonlar yaxshi yeydi. Doni parrandalar uchun eng yaxshi ozuqa, boshqa hayvonlarga maydalab beriladi.
Hosildorligi yuqori, ammo sudan o‘tidan kamroq. Qo‘noq bir marta o‘riladi, ammo qulay sharoitda ikkinchi o‘rim ham berishi mumkin. Qo‘noqning vatani tropik Afrika bo‘lib, eramizdan 3000 yillar oldin ekilgan. Madaniy ekin sifatida
Arab yarim orollaridan Hindiston va Birmaga keltirilgan va dengiz sathidan 800 dan 1800 m balandlikda keng ekiladi.
Qo‘noqning asosiy ekilish maydoni Osiyoda joylashgan (Hindiston, Pokiston, Koreya, Xitoy, Old Osiy mamlakatlari). Hindiston dunyo ekin maydonining 30%ni, yoki 11-13 mln/ga yerni egallaydi va ekish va yetishtirish bo‘yicha 1chi o‘rinda turadi.Afrikada Nigeriya, Mali, Senegala, Nigera, Sudan, Chada, Gani, Gvineya, Benin, Burkina-Faso, Serra-Leone, Efiopii, Keniya va boshqa quruq rayonlarga ekiladi. Amerika, Yevropa va Avstraliyada charvo hayvonlari uchun kam yerlarga ekiladi. Hosildorligi yuqori emas — 0,6-0,7 t/ga. Lekin Hindistonda gibridlar 1,5- 2,5 t, sug‘orilganda 3-4 t /ga don hosili olinadi.

Download 56.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling