Bug'doy morfologiyasi va turlari
Download 56.39 Kb.
|
O\'simlikshunos -6 mavuz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donli ekinlarning umumiy morfologiyasi.Gul, gul to‘plam boshoq, ro‘vak, meva tuzilishi
- Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg) (Pasipanov ma’lumotlari)
Tuproqni ishlash. Yeryong‘oq ekiladigan dalalar kuzda shudgorqilinadi. Yerni haydash chuqurligi 30-32 sm yangi o‘zlashtirilgan yerlardahaydash chuqurligi 20-22 sm dan boshlanadi. Bahorda yer boronalanadi, chizellanadi, mola bosib ekishga tayyorlanadi.
Urug‘larni ekishga tayyorlash. Ekish uchun yirik, kasallanmagan, zararkunandalardan jarohatlanmagan urug‘lardan foydalaniladi. Ekishdan oldin urug‘lar panoktin bilan 2 kg/t me’yorda ishlanadi. Nitragin bilan ishlash urug‘ ekiladigan kun o‘tkaziladi. Ekish. Yeryong‘oq tuproq harorati 120S qiziganda aprel oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligida ekib boshlanadi. Ekish muddati janubiyviloyatlarda ertaroq boshlanishi mumkin. Ekish SPCh-6A, SUK-24 yoki chigit ekadigan seyalkalarda o‘tkaziladi.Qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish me’yorini belgilashdabir gektarda 100-120 ming dona o‘simlik qoldirilishi hisobga olinadi.Urug‘ yirikligiga qarab ekish me’yori 60-80 kg/ga, dukkaklar ekilgandaekish me’yori 25-30 % oshiriladi. Urug‘lar mexanik tarkibi yengil tuproqlarda 6-8 sm, og‘ir tuproqlarda 4-5 sm chuqurlikka ekiladi. Keyingiyillarda yeryong‘oqni pushtalarga ekish yaxshi natija bermoqda, ayniqsa, zaxkash yerlarda. Donli ekinlarning umumiy morfologiyasi.Gul, gul to‘plam boshoq, ro‘vak, meva tuzilishi Don-dukkakli ekinlarning ahamiyati, biologik xususiyatlari. Dukkakli-don ekinlari dukaklilar-Fabaceae -oilasiga mansub. Dukkakli don ekinlari don ekinlariga nisbatan oqsilga boy, hazmlanishi oson, sifatli, arzon don hosili beradi va tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o‘zlashtirish hususiyatiga ega. Dukkakli don ekinlarini yetishtirish qishloq xo‘jaligidagi uchta asosiy muammoni hal qilishga imkon beradi: 1) Don yetishtirishni ko‘paytirish; 2) O‘simlik oqsili muammosini hal etish; 3) Tuproq unumdorligini oshirish. Dukkakli-don ekinlari faqat oqsilning miqdori bilan emas, balki uning sifati ham farq qiladi. Ekinlarni turiga qarab ular oqsilning tarkibida har xil almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar mavjud. Almashtirilmaydigan aminokislotalar miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari qo‘ng‘irboshsimon don ekinlariga nisbatan 1,5-3,0 baravar ustunlik qiladi. Masalan, 1 kg soya donida shuncha bug‘doy doniga nisbatan lizin miqdori 6 baravar ko‘p. Dukkakli don ekinlari urug‘larida lizin, triptofan, metionin, valin, treoninning miqdori ko‘p. Lizin miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari oqsili hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan oziqalarga yaqin turadi. Suyak unida 8,2 %, soyada 7,6 %, lizin (oqsilda) bor. Ularning urug‘larida vitaminlardan A, V1, V2, RR, V6, Ye, unib chiqayotgan urug‘larda S va ma’danli moddalar, mikroelementlar ko‘p. Ularning donida oqsilning miqdori 25-50 % bo‘ladi. Sifatli tayyorlangan dukkakli don ekinlarining somonida 8-14 % oqsil bor. Ammo ularning somoni hozirga qadar oziqa sifatida ishlatilmaydi. Dukkakli don ekinlari proteini hazmlanishi quyidagicha: ko‘k no‘xatda - 88 %, vikada - 91, suli va arpada - 78 va 67 %. Ayrim ekinlarning donida anchagina o‘simlik moyi ham bo‘ladi: soya-1627%, no‘xat-5,0%, lyupinda-10% gacha. Bu ekinlar oziq-ovqatda, texnikada va yem-xashak tayyorlashda ishlatiladi. Loviyaning oqsili tabobatda ishlatiladi, no‘xat, ko‘k no‘xat, burchoq, loviya oziq-ovqatda va ozuqa sifatida ishlatiladi. Soya oziq-ovqatda, texnikada va chorvachilikda qo‘llaniladi. Dukkakli-don ekinlarning uni qandolat sanoatida, doni oziq-ovqatda yorma sifatida qo‘llaniladi. Pishmagan dukkagi va donidan konservalar tayyorlanadi. Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg) (Pasipanov ma’lumotlari)
Dukkakli-don ekinlarni doni tarkibida oqsil, yog‘ miqdori, qimmati va quvvati
Dukkakli-don ekinlarda maysalanish, shoxlanish, shonalash, gullash, dukkak shakllanishi, pishish davri kuzatiladi. Yer yuzida dukkakli-don ekinlar 135mln.ga maydonga ekiladi. Yer yuzida soya, loviya, ko‘k no‘xat ko‘p ekiladi. O‘zbekistonning suvli yerlarida loviya turlari, shu jumladan, mosh, lalmi yerlarda no‘xat qadimdan ekilib kelinmoqda. Asosiy maydonga 2011 yilda 7387,0 gektarga, hosildorligi 21,8 ts/ga va takroriy maydonga 8692,5 ga maydonga, hosildorligi 12,5 ts/ga bo‘lgan. Download 56.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling