Bug‘doy navlarini tanlash jarayoniga Multiagent texnologiyalarini qo‘llash
Bug‘doy navlarining umumlashgan baholarini hisoblash
Download 1.44 Mb.
|
Dissertatsiya Shaxzoda-14.04.23
Bug‘doy navlarining umumlashgan baholarini hisoblash
Ushbu bo‘limda berilganlarning intellektual tahlilidan foydalanib bug‘doy navlarining qurg‘oqchillikka chidamli bo‘lgan navlari uchun umumlashgan baholarni hisoblash yo‘li bilan hosildor va qurg‘oqchilikka chidamli navlarni ajratib olish masalasi qaraladi. Ma’lumki O‘zbekiston sharoitida ekib kelinayotgan 240 dan ortiq bug‘doy navlari mavjud. Ularni hududlar bo‘yicha saralab ekish muhim ahamiyat kasb etadi. Navlarni saralash oldindan ma’lum saralash usullari yordamida amalga oshirilsa mablag‘ va vaqtdan yutqaziladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilayotgan va yetishtirilayotgan mahsulotlarning tan narxini kamaytirish, sifatini yaxshilash uchun ilm-fanda erishilgan yutuqlardan foydalanish yuqori samara beradi. Biz qarayotgan qurg‘oqchillikka chidamli va hosildor bug‘doy navlarini saralash va ularni ekilayotgan hudud parametrlariga mos kelishini tekshirish masalasi ham sifatli, ham tan narxi arzon bug‘doy yetishtirish uchun ilmiy yondashuvni amalga oshirishdan iborat. Bug‘doy navlarini saralashda ularning umumlashgan bahosini hisoblash muhim ahamiyatga ega usullardan biri hisoblanadi. Buning uchun bug‘doy navlarini bir qator parametrlari (1000 ta don vazni, boshoq uzunligi, o‘simlik bo‘yi kabi) asosida navlar 2 yoki undan ortiq sinflarga ajratiladi. Quyida 245 ta bug‘doy navlarini 13 ta parameter (alomatlar)i asosida 2 ta sinfga ajratib, ularning umumlashgan baholarini hisoblashni ko‘ramiz. Umumlashgan baholarni hisoblash uchun quyidagi qadamlarni bajaramiz: 1. Tajriba natijalarida olingan bug‘doy navlarining alomatlari joylashgan faylni biz ishlab chiqayotgan tizim o‘qiydigan tanlanma fayl ko‘rinishidagi formatga keltiramiz. 2. Tayyorlangan tanlanma faylni tizimga o‘qib olamiz. 3. Bug‘doy navlarini 2 ta sinfga ajratamiz. Sinfga ajratishda topilgan o‘rtacha qiymatlarni sinf chegarasi deb qabul qilamiz. 4. Bug‘doy navlarining har bir alomati uchun max-c0,e , min-c2,e , hamda chegaraviy c1,e va we larni hisoblaymiz. Bu yerda e – alomat nomi. Va nihoyat, tizim yordamida olingan natijalarni tajriba asosida olingan natijalar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosalar chiqariladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling