Xo‘jalik ahamiyati. Doni to‘yimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10–12% dan 20–25% gacha, yovvoyi turlarida 25–30% gacha), kraxmal (60–64%), shuningdek yog‘lar (2%), vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar va boshqalar bor. Doni, kepagi va boshqa chiqindilari qimmatli yem, aralash yem sanoati uchun xom ashyo. Somoni yemxashak va to‘shama, qurilish materiali; poyasidan qog‘oz, karton, o‘rov materiali ishlab chiqariladi, savatlar, qalpoqlar to‘qish uchun ishlatiladi. Ko‘k massasi molga beriladi, shuningdek silos qilinadi. Bug‘doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |