Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini o’rganish va hisoblash. Reja


Majburiy sirkulyatsiyali bug‘latkichlar


Download 0.54 Mb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1416837
1   2   3   4
Bog'liq
3 amalyot Bug’latish qurilmalarini oziq ovqat sanoatida qo’llanilishini

Majburiy sirkulyatsiyali bug‘latkichlar eritma sirkulyatsiyasining intensivligi va issiqlik о‘tkazish koeffitsiyentini oshirish imkonini beradi. Bunday qurilmalarda qovushoqligi katta bо‘lgan eritmalarni xam bug‘latish mumkin (4-rasm). Eritma sirkulyatsiyasi propellerli yoki markazdan qochma tipdagi nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich eritma isituvchi kamera 1 ning pastki qismiga yuborilsa, quyuqlashtirilgan eritma esa - separatorning pastki qismidan chiqariladi (4 a-rasm).

Eritma qaynash trubalari uchidan ozgina pastroq satxda ushlab turiladi. Isituvchi kamera trubalaradagi eritma tezligi 1,2...3,5 m/s bо‘ladi. Eritma sirkulyatsiya qiladigan sistema suyuqlik bilan tо‘lib turgani uchun nasos ishi faqat gidravlik qarshiliklarni yengish uchun sarflanadi. Qaynash trubalarining pastki qismidagi bosim, tepa qisminikidan, truba ichidagi suyuqlik ustini va qarshiliklar yig‘indisiga teng miqdorda ortiq bо‘ladi. Shuning uchun, trubaning kо‘p qismida eritma qaynamasdan, faqat isitiladi. Truba uchining ma’lum bir qismidagina eritma qaynaydi. Nasos uzatayotgan suyuqlik miqdori bug‘latayotgan suvdan bir necha barobar ortiqdir. Shuning uchun xam, suyuqlik massasining qaynash trubasidan chiqayotgan bug‘ - suyuqlik aralashmadagi bug‘ massasiga nisbati juda katta.
Bu turdagi bug‘latkichlar isitish yuzasi 25...1200 m2, qaynash trubalarining uzunligi 4...9 m, diametri 25, 38, 57 mm bо‘lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Sirkulyatsion truba kо‘ndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,9 dan kam bо‘lmasligi kerak.
Majburiy sirkulyatsiyali bug‘latkichlar afzalliklari: issiqlik о‘tkazish koeffitsiyenti juda katta (erkin sirkulyatsiyaligi qaraganda 3...4 marta kо‘p), shuning uchun isitish yuzasi kam bо‘lsa xam bо‘ladi; kichik temperaturalar farqida (3...5°S) xam samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug‘latilganda, issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi.
Bunday qurimalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya sarfi kо‘payadi.
Odatda, bug‘latkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalganda, xamda qovushoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarini bug‘latish uchun qо‘llash yuqori samara beradi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling