Bug‘latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari


Osma isituvchi kamerali bug‘latgich


Download 1.59 Mb.
bet8/14
Sana27.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1132802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
3 korpusli quritgich -

Osma isituvchi kamerali bug‘latgich. Ushbu turdagi qurilmalarda isituvchi kamera 1 o‘z obechaykasiga ega bo‘lib, qobiq 2 ning pastki qismiga erkin, qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan. Isituvchi bug‘ truba 3 orqali uzatiladi va kamera 1 ning trubalararo bo‘shlig‘iga yuboriladi. Issiqligini bergan bug‘ kondensat µolida µamda isituvchi kameraning pastki qismidan chiqariladi. Isigan eritma esa, qaynash trubalaridan yuqoriga ko‘tariladi va erkin sirkulyasiya ta’sirida bug‘latish jarayoni sodir bo‘ladi (4-rasm).
Ikkilamchi bug‘ tomchi ushlagich 4 dan o‘tib qurilmaning tepasidan chiqib ketadi. Ikkilamchi bug‘dan ajratib olingan suyuqlik truba 5 orqali pastga oqizib tushiriladi. qurilmaning qaynash trubalarining ichki va tashqi yuzalarida µosil bo‘luvchi kovakli qatlam (nakip) vaqti – vaqti bilan suv bilan yuvilib turiladi.
Bu qurilmada markaziy sirkulyasion truba isituvchi kamera tashqarisida o‘rnatilgan bo‘lib, katta ko‘ndalang kesimga ega. SHuning uchun µam eritma sirkulyasiyasiyaga ijobiy ta’sir etadi. Isituvchi kamera erkin, harakatchan holda o‘rnatilgani uchun trubalarning teshikli panjaralardagi zichligi buzilmaydi. Undan tashqari, osma µolatdagi kamerani demontaj qilish oson. Osma isituvchi kamerali bug‘latkich afzalliklari: eritmalar bug‘latishi intensiv; isitish kamerasi osma µolda o‘rnatilgani uchun, temperaturalar farqi katta bo‘lganda µam trubalar zichligi o‘zgarmaydi; isituvchi kameraning yaroqsiz trubalarini almashtirish oson; eritma sirkulyasiyasining karraligi katta; qattiq, kovakli qatlam kam µosil bo‘ladi.
Bug‘latkich kamchiliklari: isituvchi eltkich va kondensatning trubalar orqali kirishi va chiqishi qiyin; metall sarfi katta; qovushoqligi yuqori eritmalarni bug‘latish samardorligi past; eritma trubalarga yopishib qoladi.Erkin sirkulyasiyali bug‘latkichlar tuzilishi sodda va kristallanmaydigan, o‘rtacha qovushoqlik suyuqliklarni bug‘latish uchun qo‘llaniladi.
Bug‘latish qurilmasi separator, isituvchi kamera va sirkulyasion trubadan tashkil topgan. Separator elliptik qopqoqli silindrik qobiqdan iborat bo‘lib, isituvchi kameraga boltlar yordamida birlashtirilgan. Unda, ikkilamchi bug‘ni tomchilardan ajratish uchun turli konstruksiyali qaytargichlar o‘rnatiladi (2.55a-rasm), Isituvchi kamera esa, vertikal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi tipida yasalgan bo‘lib, trubalararo bo‘shlig‘iga bug‘ yuboriladi va trubalar ichida eritma qaynatiladi.
Separator va isituvchi kameralar pastki qismlari sirkulyasion truba bilan birlashtirilgan. Sirkulyasion va qaynatish trubalaridan tarkib topgan tutashgan sistemada tabiiy sirkulyasiya µosil bo‘ladi. Agar, trubalarda eritma qaynash darajasigicha isitilsa, undagi bir qism suyuqlik bug‘latishi natijasida trubalarda bug‘ - suyuqlik aralashmasi hosil bo‘ladi. Albatta, bu aralashma zichligi suyuqlik zichligidan kichikdir. SHunday qilib, sirkulyasion trubadagi suyuqlik massasi, qaynash trubadagi suyuqlikdan katta bo‘lishi aniq. Natijada, qaynash trubasi – bug‘ bo‘shlig‘i - sirkulyasion truba - trubular va µokazo yo‘li bo‘yicha eritma sirkulyasion harakatlanadi. Sirkulyasiya paytida qaynayotgan suyuqlik tomonidagi issiqlik berish koeffitsienti ortadi va truba yuzasida qattiq, kovakli ifloslik qatlami hosil bo‘lishi kamayadi.
Tabiiy sirkulyasiya bo‘lishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur:
1) Bug‘ - suyuqlik aralashma qatlamini muvozanatda ushlab turish va zarur tezlik µosil qilish uchun sirkulyasion trubadagi suyuqlik satµining baladligi etarli bo‘lishi kerak;
2) Bug‘ - suyuqlik aralashmasi iloji boricha kam zichlikli bo‘lishi uchun qaynash trubalarida bug‘ ajralib chiqish intensivligi etarli miqdorda bo‘lishi darkor.
Eritma va bug‘ orasidagi temperaturalar farqi ko‘p va qaynash zonasida naporning yo‘qotilishi kam bo‘lgani uchun, sirkulyasiya tezligi 1,8...2 m/s ni tashkil etadi.
Agar, sirkulyasiya tezligi yuqori bo‘lsa, bug‘latgichning ish unumdorligi va issiqlik almashinish jarayonining intensivligi katta bo‘ladi.

2.55-rasmda eskirib qolgan markaziy sirkulyasiya trubali bug‘latgichdan tubdan farq qiladigan qurilma keltirilgan. Ma’lumki, markaziy sirkulyasion trubali bug‘latkichlarda temperaturalar farqi kichik va sirkulyasiya intensivligi past bo‘ladi. qaynash trubalarida bug‘ µosil bo‘lishi eritmaning fizik xossalari, truba devori va suyuqlik o‘rtasidagi temperaturalar farqi bilan belgilanadi. Eritmaning qovushoqligi qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik bug‘ ajralib chiqishi va sirkulyasiya tezligi ko‘p bo‘ladi. Intensiv sirkulyasiyaga erishish uchun isituvchi bug‘ va eritma orasidagi farq 10°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
5-rasmda keltirilgan bug‘latkichlarning issiqlik almashinish yuzasi 10...1200 m2, diametriga qarab qaynash trubalarning uzunligi 3...9 m bo‘ladi. qaynash trubalarning diametri 25, 38 va 57 mm bo‘lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,6 MPa, separatordagi vakuum esa - 93,0 kPa. Sirkulyasion truba ko‘ndalang kesim yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,3 dan kam bo‘lmasligi zarur.

Majburiy sirkulyasiyali bug‘latkichlar eritma sirkulyasiyasining intensivligi va issiqlik o‘tkazish koeffitsientini oshirish imkonini beradi. Bunday qurilmalarda qovushoqligi katta bo‘lgan eritmalarni µam bug‘latish mumkin (2.56-rasm). Eritma sirkulyasiyasi propellerli yoki markazdan qochma tipdagi nasoslar yordamida amalga oshiriladi. Boshlang‘ich eritma isituvchi kamera 1 ning pastki qismiga yuborilsa, quyuqlashtirilgan eritma esa - separatorning pastki qismidan chiqariladi (6-rasm). Eritma qaynash trubalari uchidan ozgina pastroq satµda ushlab turiladi. Isituvchi kamera trubalaradagi eritma tezligi 1,2...3,5 m/s bo‘ladi. Eritma sirkulyasiya qiladigan sistema suyuqlik bilan to‘lib turgani uchun nasos ishi faqat gidravlik qarshiliklarni engish uchun sarflanadi. qaynash trubalarining pastki qismidagi bosim, tepa qisminikidan, truba ichidagi suyuqlik ustini va qarshiliklar yig‘indisiga teng miqdorda ortiq bo‘ladi. SHuning uchun, trubaning ko‘p qismida eritma qaynamasdan, faqat isitiladi. Truba uchining ma’lum bir qismidagina eritma qaynaydi. Nasos uzatayotgan suyuqlik miqdori bug‘latayotgan suvdan bir necha barobar ortiqdir. SHuning uchun µam, suyuqlik massasining qaynash trubasidan chiqayotgan bug‘ - suyuqlik aralashmadagi bug‘ massasiga nisbati juda katta.
Bu turdagi bug‘latkichlar isitish yuzasi 25...1200 m2, qaynash trubalarining uzunligi 4...9 m, diametri 25, 38, 57 mm bo‘lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Sirkulyasion truba ko‘ndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,9 dan kam bo‘lmasligi kerak. Majburiy sirkulyasiyali bug‘latkichlar afzalliklari: issiqlik o‘tkazish koeffitsienti juda katta (erkin sirkulyasiyaligi qaraganda 3...4 marta ko‘p), shuning uchun isitish yuzasi kam bo‘lsa µam bo‘ladi; kichik temperaturalar farqida (3...5°S) µam samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug‘latilganda, issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi.
Bunday qurimalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya sarfi ko‘payadi. Odatda, bug‘latkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalganda, µamda qovushoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarini bug‘latish uchun qo‘llash yuqori samara beradi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling