Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi


Download 0.8 Mb.
bet1/16
Sana07.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1173811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar


Annotasiya
Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Odamlar ish kunini internetdan boshlab u bilan tugatadigan bo‘lib qoldi. Agar o‘tgan asrning 90-yillar o‘rtalaridagi yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda kompyuter va internetdir. Masalan, 50 000 000 lik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyesiga 10 yil kerak bo‘lgan bo‘lsa, bu bosqichni internet juda qisqa vaqt ichida bosib o‘tdi.
Ha, axborot va kommunikatsiya sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Oxirgi 10 yilliklar ichida axborot uzatish tizimining ishi 300 marotaba tezlashdi, narxi esa 1000 barobar arzonlashdi. Bunday hodisa yer yuzida ulkan axborot makoni yuzaga kelishiga omil bo‘ldi. Bir qarashda buni keng imkoniyatlarning tug‘ilishi, yuksak taraqqiyot deyishimiz mumkin. Biroq...
Bugungi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilingan ta’lim muassasalari va ularda yoshlarning bilim olishlari hamda kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab, havas qilasiz. Ammo, shuni bilamizki, hayotimizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lmish internetdan barcha yoshlarimiz keng foydalanib kelmoqda.
O‘quvchilar orasida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishni hozirgi kunning eng global muammolaridan biri, deb hisoblayman. Internetdan foydalanish kerak, albatta. Hozirgi kunda bu zamon talabi, davr talabi hisoblanadi, lekin undan, avvalo, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni shakllantirishimiz kerak. Internet orqali har xil qo‘shimcha ma’lumotlar olish, kerakli adabiyotlarni qidirib topish, til o‘rganish, yangi axborotlardan xabardor bo‘lish mumkin. Biroq hammamiz ham shuni bilmaymizki, internetning foydali tomoni bo‘lgani kabi zararli tomonlari ham ko‘p. Hozirgi kunda yoshlar hayotiga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ning asoschisi aynan internet hisoblanadi. Internetdan kirib kelayotgan har xil yomon, zararli ma’lumotlar yoshlarimizning fikrini buzmoqda va ularni o‘z domiga tortib, hattoki loqayd va dangasa qilib qo‘ymoqda. Buyuk allomalardan biri “Hayot vaqtlardan iborat. Kimki vaqtini bekor o‘tkazsa, hayotini behuda sovuradi”, degan edi. Demak, bugungi kundagi eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi va vataniga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan asrash hamda munosib himoya qilishdan iboratdir.
Bitiruv malaka ishim quyidagi tarkibiy qimlardan iborat: Kirish- bu qismda bitiruv malakaviy ishimdagi boshlangich fikrlarni yoritishga harakat qilganman hamda yurtimizda ta;lim olamidagi ba’zi jarayonlar yoritilgan. Asosiy qismda internetni xayotimizdagi o’rni va axamiyatini yoritishga harakat qildim. Internetdan unumli foydalanishning usullarini sanab berildi. Xulosa qismida esa tavsiyalar berilgan.
– Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy tadqiqotlari uchun zarur ma’lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat qilayotganlar bo‘lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki qiziqishiga ko‘ra, deylik, pornografik, tanishuv saytlariga kirib yoki on-layn o‘yinlari bilan kun o‘tkazish kayfiyatida bo‘lganlardir.Virtual olam insonni manipulatsiya qilmoqda. Manipulatsiya – bu fikriy qaramlik orqali o‘ziga bo‘ysundirish demakdir. Hozir bolalar yoki o‘smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, on-layn o‘yinlarini o‘ynovchilar ham asosan o‘smirlardir. O‘smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o‘g‘il yoki qiz agressiv ruhdagi on-layn o‘yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Virtual olamda insonning vaqtni idrok qilish tizimi buziladi, ijtimoiy faolligi kamayadi. Kompyuter qarshisida vaqt o‘tganini sezmay qolishning boisi ham shunda. Virtual vositalarning salbiy ta’siri ma’naviy-axloqiy tanazzul bilan chegaralanib qolmay, insonning immun tizimini susaytirmoqda, umurtqa pog‘onasi va ko‘z kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.

M U N D A R I J A


KIRISH

ASOSIY QISM


Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar



  1. Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarni o’rni




  1. “Elektron pochta” mavzusini o’qitish metodikasi va namunaviy dars ishlanmasi

XULOSA VA TAVSIYALAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling