Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi
Web-sahifa Elektron pochtalar
Download 0.8 Mb.
|
Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- T”-CHIZMASI” METODI
- Тезкорлик СПАМ Ишончлилик
- Сифати ўзгармас Mavzuni mustahkamlash va yakunlash
- Uyga vazifa: 9, 10, 11, 12, 14 – mavzularni takrorlash, 3 ta test yoki krossvord yoki skanvord tuzish. XULOSA VA TAVSIYALAR.
“T”-CHIZMASI” METODI
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlar bilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin. Darslikdagi 1, 2 – mashqlarni bajarish. Uyga vazifa: 9, 10, 11, 12, 14 – mavzularni takrorlash, 3 ta test yoki krossvord yoki skanvord tuzish. XULOSA VA TAVSIYALAR. Ma'lumki erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish O'zbekiston Respublikasining demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Aynan mazkur vazifani bajarish maqsadida o'tgan mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish va erkinlashtirish, ularning demokratik, ijtimoiy-siyosiy jarayondagi keng ishtirokini ta'minlash bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. “Texnika rivojlanish asri” – deb nom olgan hozirgi davrda yoshlarimizning qanday mafkuraga moyilligi, ularning ongida shakllanayotgan o'y-fikrlari va tasavvurlarini ilmiy asosda o'rganish hayotiy zaruratdir. Yoshlar kamolotiga, ularning hulq-atvoriga va intellektiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bu o'rinda esa albatta, jamiyatda alohida nufuzga ega bo'lgan internet vositalarining roli beqiyosdir. Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov o'zlarining bir qator ma'ruzalarida “Biz butun dunyoni qurshab olgan internetni cheklay olmaymiz” – deb ta'kidlab o'tganlar. Darhaqiqat hozirgi kunda internet butun dunyoning ommaviy axborot tarmog'iga aylandi. Shu o'rinda bir savol tug'iladi. Internetda uzatilayotgan turli namoyishlarning farzandlarimiz tarbiyasidagi ahamiyati qanday. Axir har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bizning asosiy vazifamiz emasmi? Olimlar tomonidan qilingan bir necha tahlillarga nazar soladigan bo'lsak, internet sahifalarida zo'ravonlik epizodlarini ko'rsatilishi, bolalar mul`tfilmlarida esa adolat va yovuzlikning jazolanishi mavzusini yashirin holda tasvirlanishi tomoshabinda albatta zo'rlik madaniyatini uyg'otishga ta'sir etadi. Taniqli g'arb olimlari Robert Xodj va Devid Tripplarning fikricha, bolalarning har xil namoyishlarni ko'rishlari bu dastur mazmunini oddiy hisobga olish emas, balki ko'rganlarini izohlash, uqib olish demakdir. Mazkur mualliflarning taxminicha, ko'pchilik o'tkazilgan tadqiqotlarda bolalar tafakkurining o'ziga xos murakkabliklari hisobga olinmagan. Bolalar esa internetdagi namoyishlarni o'zlarining kundalik hayotdagi boshqa masalalar bilan bog'lab o'qiydilar. Hukumatimiz tomonidan joriy 2016 yil – “Sog'lom ona va bola yili” deb e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan ilk kunlardanoq yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Shunday ekan farzandlarimizni har tomonlama sog'lom avlod qilib voyaga yetkazish har birimizning asosiy burchimizdir. Lekin hozirgi kunda ba'zi-bir oilalarimizda bolani tarbiyalashdek o'ta ma'suliyatli vazifani internet, telefon, komp`yuter yoki boshqa turdagi texnik vositalarga ishonib topshirayotgan ota-onalar ko'zga tashlanib turibdi. Achinarlisi shundaki, xorijiy kanallar targ'ib qilayotgan zo'ravonlik va terroristik sahnalar, behayo kliplar va fil`mlar namoyishi farzandlarimiz ongu-shuurida noto'g'ri qarashlarni shakllanishiga sabab bo'lmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, internet vositalari yoshlarni tarbiyalashda ularning estetik didlarini o'stirishga va ma'naviy salohiyatini oshirishga xizmat qila oladi. Biroq buning uchun fil`mlarda odamzodga xos bo'lgan turli illatlar emas, balki ezgu fazilatlar ulug'lanishi kerak. Zero, ekranga termulib o'tirgan bolaning xali shakllanib ulgurmagan dunyoqarashi birgina noto'g'ri axborot tufayli butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Payg'ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek: “Bolalaringizga odobni o'rgating va ularning odobini go'zal qiling” (Imom Buxoriy). “Bolaning tarbiyasi nozik bo'ladi, u yaxshidan ham, yomondan ham ko'rganini oladi”, deb xalqimiz bejizga aytmagan. Haqiqatdan ham, bolaga “yaxshi bo'l”, degan bilan u eshitganiga emas, balki ko'rganiga amal qiladi. Demak, biz farzand tarbiyasida uning yuksak ma'naviyatli, axborot madaniyati iste'molida mustahkam ma'naviy immunitetga ega, Vatan va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida hamda puxta bilim egasi qilib tarbiyalab borishimiz lozim. Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo’yib bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling