2.1-diagramma
Sotilgan mahsulot tannarxining xarajat elementlari ulushlaribo’yicha o’zgarishi tendensiyasi (foizda) 2018 yil
2019 yil
Manba: “ URG-ANTEP-YASHAM ” qo’shma korxonasining 2018-2019 yillar
uchun tuzilgan statistik xisoboti ma’lumotlari
2.1.- diagrammada «URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasida 2018- 2019 yillarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlarning ulushlari tendensiyasini ko’rishimiz mumkin. Bunga ko’ra mahsulot tannarxidagi moddiy xarajatlarning ulushi 2019 yilda 2018 yilga nisbatan ko’payib borgan, ya’ni 2018 yilda 69 foizdan 2019 yilgacha 70 foizga oshgan. Mehnatga xak to’lash xarajatlari ulushi esa ushbu yillar oraligida o’zgarib borgan, ya’ni 2018 yilda 16 % ni tashkil etsa, 2019 yilda 15,5 % ga kamaygan, ya’ni 0,5 % ga kamaygan. Bundan biz ushbu korxonada Mehnat unumdorligi oshgan deb xulosaga kelishimiz mumkin. Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarning mahsulot tannarxidagi ulushi ushbu davlar oralig’ida 0,1 % ga kamayishi kuzatilgan. Amartizasiya xarajatlarining mahsulot tannarxidagi ulushi ham 1,0 % ga kamayishi kuzatilgan. Bu esa korxonada asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarda samarali foydalanilayotganligini xamda ularninng rentabelligi yuqori ekanligini bildiradi. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar mahsulot tannarxidagi ulushi esa 2018 yilda 1,4 % bo’lib, bu ko’rsatkich 2019 yilda 2,0 % ni tashkil etib, 0,6 % ga kamaygan. Bu natijani salbiy deb bulmaydi. Umuman aytganda korxonada ishlab chiqarish samaradorligi oxirgi yillarda ancha oshgan, korxona barcha aktivlari rentabelligini oshirishga erishgan. Ya’ni 20012 yilda mahsulot tannarxi va uning tarkibi o’tgan yilga nisbatan kamaygan bo’lsada, biroq uning sof foydasi o’tgan yilga nisbatan ( 2018yilda- 42379,3 ming so’m; 2019 yilda - 46422,9 ming so’m) 109,5% ga oshgan bo’lib, ijobiy rentabellikka erishgan. Bu ayni paytda iqtisodiyotni modernizasiyalash va diversifikasiyalash sharoitida o’zining samarali ta’sirini ko’rsatadi degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |