Buhgalteriya hisobi va audit


Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish


Download 417.08 Kb.
bet13/14
Sana30.04.2023
Hajmi417.08 Kb.
#1413312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5397748089672959652

3.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonada mahsulot ishlab
chiqarish tannarxini pasaytirish
yo’llari va omillari tahlili
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizi absolyut xajmni oshirib yuboradi. Ya’ni korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini 1 %ga kamaytirish evaziga korxona ancha miqdor da moliyaviy resurslarini iktisod kilishga erishadi. Bu xar qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. . Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yo’llarini keltiramiz. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy kilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan Mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirish hamda qo’llanilayotgan texnikadan foydalanishni hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida o’tgan va jonli mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan o’tgan mehnatni tejash xuddi shu miqdordagi xom- ashyo va materiallardan ko’proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi;
jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini
oshirish imkonini beradi, ya’ni xar bir ishchiga hisoblanaganda ko’prok mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg’or texnologiya ishlab chiqarishni Boshqarishni
takomillashtirish asosida Mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi.
Olmaliq kon - metallurgiya kombinati , “O’zmetakom” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmalari, «O’zeltexsanoat» uyushmasi, “O’zkurilishmateriallari” kompaniyasi singari va Boshqa korxona va tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 20-25 foizga kamaydi.
Bu korxonalar ishlab chikaradigan tayyor mahsulotlari Boshqa ishlab chiqarish korxonalari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Masalan Olmaliq kon- metalurgiya kombinati ishlab chikarayotgan mis katodi va Boshqa mahsulotlari O’zkabel korxonasida turli elektr o’zatuvchi simlar ishlab chiqarishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Demak yuqorida bir korxonaning mahsulot ishlab chiqarish tannarxining pasayishi, ikkinchi korxonaning xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonalarni qo’llab quvvatlash maqsadida, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda imtiyozli kreditlar berilishi xam muxim ahamiyatga egadir. Inkirozga karshi dasturdagi amalga oshiririladigan yo’nalishlardan biri xam shundan iborat buldi. Ya’ni mahsulot eksport qiladigan korxonalarga mamlakatimiz banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berildi. Bu esa ularning yanada barqaror ishlab chiqarishga yordam berdi. Birgina utgan yilning o’zida bu korxonalarga aylanma mablag’larini kupaytirish uchun umumiy miqdori 233 milliard so’mdan iborat imtiyozli kreditlar berildi. Ma’lumki eksport qiluvchi korxonalar mahsulot eksport kilganda, xar doim xam ishlab chiqarish bir xil boravermaydi. Chunki bunday sharoitda sotilgan mahsulot puli o’z vaktida kelib tushmasligi yoki ishlab chikarilgan mahsulotga talab oshishi yoki bulmasa ko’prok mahsulot ishlab chiqarish uchun texnika- texnologiyalarning yetishmasligi natijasida korxonlarda vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tuxtab qolishi yoki belgilangan miqdor ni ishlab chiqarishga ulgurmasligi mumkin. Bunda banklarning imtiyozli kredilar berilishi korxonalar uchun juda katta yordam bo’ladi. Bunda birinchidan ishlab chiqarish tezlashadi, bu degani birinchidan Mehnat unumdorligi oshadi, ikkinchidan asosiy vositalar rentabelligi oshadi. Bu ikkita ko’rsatkichlar xam bevosita korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi o’zgarmas xarajatlarga bog’liqdir. Buning natijasida esa korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada pasayadi.
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning barqaror ishlashini ta’minlashga, 2019 yilda eksport mahsulotlari hajmi 2018 yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga oshirishga erishdik. Bu esa mamlakatimizda korxonalar iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni jaxon bozoriga tanitadi. Bu esa o’z-o’zidan keyinchalik xorijiy davlatlarning mamalakatimiz bilan turli yo’nalishlarda o’zaro manfaatli ishlar kilishiga zamin yaratadi.
Xulosa
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o’sishiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Sanoat korxonalarda har doim ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi bozorlarda, o’z raqobatbardoshligini oshirishga xarakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati bugungi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni xar tomonlama qo’llab quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag’batlantirishlar berildi. Inkirozga uchrab bankrot bo’lgan korxonalarni qayta ishga tushirishga davlat tomonidan turli choralar ko’rildi. Mamlakatimiz banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi. Bu esa banklarning korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vaqtida aylinishi ta’minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaqtida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq bo’ldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi hamda sifati oshirildi. Eksportyor sanoat korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag’lari o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida vaqtinchalik ishlab chiqarishning uzilishi oldi olindi. Buning natijasida esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya’ni o’zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi.
Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan quyidagi shartlar qo’yildi:
“Kelgusi yilda ham faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, investorlar uchun keng sharoitlar yaratib berish, ayniqsa, inflyasiya darajasini pasaytirishga qaratilgan ishlarni davom ettiramiz.
Jumladan, inflyasiya darajasini prognoz ko‘rsatkichlari doirasida saqlab turish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Birinchidan, biz samaradorligi past bo‘lgan va yetarlicha yangi ish o‘rinlari yarata olmayotgan yirik davlat korxonalariga imtiyozli kreditlar ajratishni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim. 2019 yilda kreditlar berishda budjet hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari ko‘paymasligi kerak.
Ikkinchidan, milliy valyutamiz hamda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash uchun pul-kredit siyosatini tartibga solishning zamonaviy vositalarini joriy etishimiz zarur.
Uchinchidan, asosiy turdagi oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz va bu orqali narxlar barqarorligini ta’minlashimiz kerak. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
To‘rtinchidan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar bo‘yicha narxlarning shakllanish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda ularni faqat birja savdolari orqali sotish, shu asosda erkin raq́obat muhitini yaratish talab etiladi.”2

_________________


2O’zbekiston Respulikasi prezrdenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyani qabul qilinganligining 26 yilligiga bag’ishlangan marosimdagi ma’ruzasi. Toshkent, 08.12.2018

Download 417.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling