Бухоролик уч нафар ҳазрати инсон тимсоли-уч китоб талқинида
Download 2.34 Mb.
|
Mundarija-МАТН
Asosiy qism. Oʻquv mashgʻulotlarida muammoli taʼlim texnologiyalarini tashkil etish va boshqarish, muammoli taʼlim uslublari - talabalarning muammoni toʻliq tushunib еtishiga erishish, ularni hal eta olishga oʻrgatish, ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oʻstirishdan iboratdir. Muammoli taʼlim texnologiyalari talaba faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli taʼlim texnologiyasining asosi -talabaning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish qobilyatigi ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli taʼlim talabalarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oʻstirishda jiddiy ahamiyatga ega [3].
“Aqliy hujum” metodi biror muammo boʻyicha taʼlim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr-mulohazalarni toʻplab, ular orqali natijada maʼlum bir echimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida taʼlim beruvchi tomonidan berilgan savolga taʼlim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Taʼlim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga taʼlim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz varaqcha (kartochka)lariga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Taʼlim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi taʼlim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. “Aqliy hujum” metodining oʻtkazilish tartibi quyidagilardan iborat: taʼlim oluvchilar eʼtiboriga savol tashlanadi va ularga shu savol boʻyicha oʻz javoblarini (fikr, gʻoya va mulohaza) bildirishlari soʻraladi; taʼlim oluvchilar savol boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirishadi; taʼlim oluvchilarning fikr-gʻoyalari toʻplanadi; fikr-gʻoyalar maʼlum belgilar boʻyicha guruhlanadi; yuqorida qoʻyilgan savolga aniq va toʻgʻri javob tanlab olinadi [4]. Ushbu metod taʼlim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi taʼlim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi, yaʼni: taʼlim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi; mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bogʻlash maqsad qilib qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi; oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda, mavzudan soʻng darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. “Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar: ● bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi; ● bildirilgan har qanday fikr-gʻoya, u hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi; ● jarayonda har bir taʼlim oluvchi qatnashishi shart. “Aqliy hujum” metodining afzalliklari: natijalar baholanmasligi taʼlim oluvchilarda turli fikr-gʻoyalarning shakllanishiga olib keladi; taʼlim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; fikr-gʻoyalar vizuallashtirilib boriladi; taʼlim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati ortadi; taʼlim oluvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotadi. “Aqliy hujum” metodining kamchiliklari: ● taʼlim beruvchi tomonidan savolni toʻgʻri qoʻya olmaslik;; ● taʼlim beruvchidan yuqori darajaga erishish qobiliyatining talab etilishi nazarda tutiladi. “Aqliy hujum” metodi darsda quyidagicha amalga oshirishimiz mumkin:
Muammoli taʼlimning bosh maqsadi - talabalarning muammoni toʻliq tushunib еtishiga erishish va ularni hal eta olishga oʻrgatishdan iborat. Muammoli taʼlimni amaliyotda qoʻllash asosiy masalalardan biri oʻrganilayotgan mavzu bilan bogʻliq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli oʻquv fanlari boʻyicha oʻqituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni еchish usullarini oldindan koʻzda tutishlari kerak. Ana shunday texnologiyalardan biri – “Keys - stadi” dir. Keys-stadi keysda bayon qilingan va taʼlim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi еchimi variantlarini izlashga yoʻnaltiradigan aniq real yoki sunʼiy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan taʼlim uslubidir. Keys-stadi - taʼlim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qoʻyilgan taʼlim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat qilinadigan oʻquv natijalariga kafolatli еtishishni vositali tarzda taʼminlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat boʻlgan taʼlim texnologiyasidir. Keysda tavsiflangan aniq vaziyat oʻrganishni voʼqelikka bogʻlab qoʻyadi: sizga muammoni hal etish boʻyicha vaziyatni tahlil qilish, tahminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qoʻshimcha maʼlumotni yigʻish, tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi. Oʻquv uslubiy sifatida quyidagilarni taʼminlaydi: • oʻrganilgan oʻquv mavzu, kursi boʻyicha (nazariy taʼlimdan soʻng) bilimlarni mustahkamlashni; • muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish koʻnikmalarini egallashni; • ijodiy va oʻrganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni; • yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni; • masʼuldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning shakllanishini; • oʻquv maʼlumotlarini oʻzlashtirish sifatini oʻzi tekshirishini (oʻquv dasturi yakunida) taʼminlaydi. Oʻquv mashgʻulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha: 1. Topshiriqni berish – doimo ijobiy javobga erishadigan murakkab mulohaza tuza olasizmi? 2. Taʼlim beruvchining kirish soʻzi. Asosiy savollarning qoʻyilishi – teng kuchli formulalarga doir formulalardan foydalanib, tavtologiya boʻladigan kamida ikkita propozitsional oʻzgaruvchi qatnashgan formulani tuzish. 3. Taʼlim oluvchilarni 4-6 kishidan iborat mikroguruhlarga ajratish – 24 ta talaba qatnashgan guruhnni 4 ta 6 tadan talaba qatnashgan mikroguruhga ajratamiz. 4. Taʼlim oluvchilarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish - 4 ta teng kuchli formulalarga doir formulalar taqsimlab beriladi. 5. Mikroguruhlardagi Javoblar bilan tanishishini tashkil qilish. 6. Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish – keltirib chiqarilgan formulalar tushuntiriladi va isbotlanadi. Boshqa formulalarni keltirib chiqarish usullari munozara qilinadi. 7. Taʼlim beruvchining umumlashtiruvchi soʻzi, uning vaziyat еchimi toʻgʻrisidagi fikri. 8. Taʼlim oluvchilarni baholanishi. 9. Taʼlim oluvchilarning mashgʻulot haqidagi fikrlari. 10. Taʼlim beruvchining yakunlovchi soʻzi. Mashgʻulot boʻyicha xulosalar chiqarish, keyslarni hal qilishda taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilarni yoʻnaltirib turishi va ulardagi faollikni qoʻllashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish uygʻotib turishi darkor [5]. Keyslardan taʼlim jarayonida foydalanish taʼlim oluvchilar shaxsida quyidagi professional-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi: - mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; - haqqoniy boʻlishiga oʻrgatadi; - nazariya va amaliyot oʻrtasida uzviy bogʻliklikni shakllantiradi; - muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi; - vaziyatlarni hal etishda, unga taʼsir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning taʼsirini eʼtiborga olishga imkon beradi; - boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi; - savol berish madaniyatini tarkib toptiradi; - qabul qilingan qaror uchun masʼullik hissini tarbiyalaydi. Keyslarni hal qilishda quyidagilarga eʼtibor berish zarur: asosiy muammoni va unga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish, muammoni hal qilishning muqobil еchimini ham koʻrib chiqish, eng maqbul qaror qabul qilishdan iboratdir. Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling