Bukhara, O'zbekiston Samarkand, O'zbekiston


-modda. Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari


Download 80.85 Kb.
bet4/9
Sana20.06.2023
Hajmi80.85 Kb.
#1629275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
turizm 17 may

4-modda. Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
turizm va turistik industriyani rivojlantirish;
fuqarolarning sayohat qilish paytidagi dam olish, erkin harakatlanish va boshqa huquqlarini ta’minlash;
turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;
turizm sohasidagi normativ bazani takomillashtirish;
bolalar, yoshlar, nogironlar va aholining kam ta’minlangan qatlamlari turizmi (ekskursiyalari) uchun sharoit yaratish;
turistik industriyani rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb etish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun turistik xizmatlar bozorida teng imkoniyatlar yaratish;
turistlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, qonuniy manfaatlari va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlash;
turizm sohasining ilmiy ta’minotini tashkil etish va rivojlantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
chet mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizm sohasidagi vakolatlari
Turizm sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
turizmni rivojlantirish davlat dasturini tasdiqlaydi;
turistik faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi;
turistlarning borishi taqiqlanadigan obyektlar va hududlarni belgilaydi;
turistlarning ayrim toifalariga imtiyozlar berish tartibini belgilaydi;
hukumatlararo shartnomalar tuzadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal qiladi.
6-modda. Vakolatli davlat organining turizm sohasidagi vakolatlari
Turizm sohasida vakolatli davlat organi:
turizmni rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
turistik xizmatlar infratuzilmasini shakllantiradi;
tarixiy-madaniy merosni targ‘ib qilishni, turistik salohiyatni saqlash va rivojlantirishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;
xalqaro turistik tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;
turistik faoliyat subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarda uslubiy va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal qiladi.

Download 80.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling