Bul funktsiyalarini amalga oshirish, ikkili kodda buyruqlarni bajarilishi Reja: Mantiqiy funktsiyalar
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mantiqiy funktsiyalar
- Jadval usuli
- Raqamli usul
Bul funktsiyalarini amalga oshirish, ikkili kodda buyruqlarni bajarilishi Reja: 1. Mantiqiy funktsiyalar 2.Mantiq algebrasi qoidalar Raqamli texnologiyaning nazariy asosi mantiq algebrasi yoki uning asoschisi 19-asr o`rtalarida yashagan ingliz matematigi Jorj Bulь nomi bilan atalgan Bulь algebrasidir. Mantiq algebrasida o`zgaruvchi ikkita qiymatdan birini qabul qilishi mumkin: True (to`g`ri) va False (noto`g`ri). Raqamli texnologiyada bu qiymatlar odatda mantiqiy "1" (to`g`ri) va mantiqiy "0" (noto`g`ri) yoki ikkilik raqamlar 1 va 0 sifatida qabul qilinadi va signallarning mavjudligi yoki yo`qligini ifodalaydi. 1. Mantiqiy funktsiyalar Agar f(x 1 ,x 2 ,…,x n ) funktsiyaning o`zi va uning argumentlari faqat {0,1} to`plamida qiymatlarni qabul qila olsa, bu funktsiya mantiq algebrasi funktsiyasi (MAF) deb ataladi. Mantiq algebra funktsiyasi argumentlari qiymatlari yig`indisi to`plam yoki nuqta deb ataladi va , x 2 , ..., x n > bilan belgilanadi .n ta argumentning mumkin bo`lgan to`plamlari soni 2 n ga teng . Mantiqiy funktsiyalar quyidagi usullardan biri yordamida tavsiflanadi. Matnli usul. Bu yerda funktsiya 0 yoki 1 qiymatlarini oladigan barcha holatlar og`zaki tasvirlangan. Demak, ko`p argumentli YoKI funktsiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin: agar argumentlardan kamida bittasi 1 qiymatini olsa, funktsiya 1 qiymatini oladi, aks holda funktsiya qiymati 0 ga teng bo`ladi. Jadval usuli. Mantiqiy funktsiya f(x 1 ,x 2 ,...,x n ) haqiqat (chinlik) jadvali ko`rinishida berildi. Haqiqat jadvalining chap tomonida argumentlarning barcha mumkin bo`lgan nbitli ikkilik kombinatsiyalari, o`ng tomonida esa ushbu to`plamlardagi funktsiya qiymatlari qayd etilgan. Haqiqat jadvali 2 n qator (argumentlar to`plami soni bo`yicha), argumentlar soni bo`yicha n ta ustun va funktsiya qiymatlarining bitta ustunidan iborat. Ba’zan ikkilik argumentlar to`plami o`rniga ularning o`nlik ekvivalentlari haqiqat jadvalida ko`rsatiladi. Haqiqat jadvalini taqdim etish variantlari Raqamli usul. Funktsiya 1 qiymatini oladigan argumentlar to`plamining o`nlik ekvivalentlari ketma-ketligi sifatida belgilanadi . Masalan, 010 va 101 ikkilik to`plamlarda mos ravishda 2 va 5 o`nlik sonlar mavjud. Ushbu yondashuv bilan uchta argumentning mantiqiy funktsiyasi jadvalda keltirilgan, uni f(1,4,5,7) = 1 shaklida yozilishi mumkin. Xuddi shu mantiqiy funktsiyani nol qiymatlar bilan ham berish mumkin: f(0,2,3,6) = 0. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling