Bunda so’z yasalishining ikki: a affiksatsiya va b kompozitsiya usuli qiziquvchilarning asosiy e’tiborida bo’ldi va aksariyat hollarda mazkur usul asosida so’zlar tahlil qilindi
Download 33.4 Kb.
|
1 2O’zbek tilida so’z yasalishi yoxud attributiv qo’shma so’zlarning (3)
behayr, lomakon), ikkinchisi esa so’zga orqa tomondan (hayrli, makonsiz) qo’shilish bilan farqlanadilar, xolos.2 Tarjimalarda affikslar o’rni almashishi mumkin- неточный- aniqmas, incorrect- to’g’rimas yoki so’z ma’nosini prefix bilan ham suffiks bilan ham berish mumkin: нечёткий- aniqmas- noaniq, inaccurate- tartibsiz, betartib.
Endi o’zbek tilida qo’shma so’zlar va xususan aniqlovchili qo’shma so’zlar yasalishiga to’xtalinadigan bo’lsa, shuni aytish joizki: qo’shma so’zlarni o’rganish hali nihoyasiga yetmagan, bu jarayonda chalkashlik va nuqsonlarga yo’l qo’yilgan va yo’l qo’yilmoqda. Qo’shma so’zlarga bag’ishlangan ishlarda ularning sodda so’zlardan va so’z birikmalaridan farqi hali yetarlicha ochib berilmagan- bu masalada turli mualliflarning qarashlari turlichadir. Bunday harxilliklar, chalkashliklar ayni “qo’shma so’z” terminini turlicha tushunish natijasida kelib chiqqan bo’lishi ham mumkin”.3 Bizning fikrimizcha, leksik va sintaktik nuqtai nazardan muloqotda so’zlarning biriktirilishi: - juft so’zlar, takror so’zlar, so’z birikmalari, qo’shma so’zlar va ibora (frazeologizm) larning hamda __________________________________________________________________ 1. Saidova Gulnoza, “Umumta’lim maktablarida so’z yasalishini o’qitish metodikasi”, Toshkent-2018, 9-bet. 2. Bunday holatlarda tadqiqotchi tahlil davomida shuni e’tibordan chetda qo’ymasligi kerakki, prefikslar “old qo’shimchalar” bilan so’z yasalishi o’zbek tiliga yot til hodisasi, ular aksariyat hollarda chet tillari va ko’pincha arab va fors tillariga xos bo’ladi. 3. Rahmatulllayev Sh., Hojiyev A., “Qo’shma so’zlarning imlo qoidalari va lug’ati- Toshkent, 1961. qisqartmalarning (og’zaki nutqda) to’liq aytilishi kabi holatlar hamda ularni bir-biridan aniq ajrata bilmaslik, qo’shib- ajratib yozilish holatlari zikrimizdagi masalani turli tushunishga olib kelgan. Bundan tashqari qo’shma so’zlar mohiyati masalasiga har kim o’z nuqtai- nazaridan, jumladan, leksikolog- ma’no jihatdan, leksikograf- so’zlarning lug’atda qayd qilinishi jihatidan, morfologiyaga qiziqqan olim so’z qurilishi jihatdan yondashgan va baholi qudrat ta’rif berishgan va tahlil qilishgan. Masalan, bir tilshunos qo’shma so’zlarni juft so’zlardan, ikkinchisi so’z birikmalaridan farqlab o’rgangan bo’lsa, uchinchi bir olim aynan qo’shma so’z ostida nima tushunilishi va uning ta’rifi bilan qiziqqan. Ayrimlar tahlilni umuman qilishgan bo’lsa, ayrimlarda xususiylik va bir yoqlamalik bor. Xatto qo’shma so’zlardagi bir yoqlamalilikni adabiyotshunos, yoxud yozuvchilarimiz ham sezishgan. Masalan, taniqli yozuvchi va shoir bu boradagi o’z fikrini quyidagicha yozadi: “Qo’shma so’zlar ikki yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topib, bitta so’roqqa javob bo’ladi. Otquloq, yurtboshi, tinchliksevar, xushxat, shirinzabon, kungaboqar. Qo’shma so’zlar tilning tarixiy taraqqiyoti davomida ikki va undan ortiq so’zlarning birikuvidan tashkil topgan, lekin hozirgi o’zbek adabiy tili nuqtayi nazardan bu birikuv o’z kuchini yo’qotib, bir so’zga aylanib qolgan bo’ladi. Shuning uchun qo’shma so’z tarkibida alohida so’z bo’lib ko’ringan qismlar (kungaboqar, beshik-tervatar, namoz-shom-gul) hozir o’zbek tilida so’zlik xususiyatini yo’qotgan, bir so’z tarkibidagi ma’noli qism (morfemalar) sanaladi”.1 Yosh olima I. L. Fazliddinova qo’shma so’zlar tahlilini juft so’zlar bilan farqlab o’rganishga bag’ishlaydi va ularni quyidagi 4 holatga bo’ladi:2 Qo’shma so’zlar tobelanish yo’li bilan/ ergash so’z+ bosh so’z/; juft so’zlar esa tenglanish yo’li bilan yasaladi. Qo’shma so’zlar bir bosh urg’uli bo’ladi, juft so’zlarning har bir element urug’li bo’ladi. _____________________________________________________________ 1. E. Vohidov, So’z latofati- Toshkent- 2018, 56b 2. Islomova Latofat Fazliddinovna, “Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma so’zlar”- Magistrlik dissertatsiyasi, Toshkent- 2009, 10b Qo’shma so’zlarning materiali turli mustaqil so’z turkumlaridan iborat bo’lishi mumkin: sifat+ ot, son+ ot, ot+ fe’l kabi. Juft so’zlarning elementlari esa bir xil so’z turkumidan iborat bo’ladi. Ot+ot, fe’l+fe’l, sifat+sifat. Qo’shma so’zlarda tartib o’zgarishi bilan fikr va grammatik holat ham o’zgaradi. Masalan, ko’zoynak va oynak ko’z/ shishadan qilingan ko’z/; juft so’zlarda esa bu holat kuzatilmaydi. N. Erkaboyeva esa qo’shma so’zlarni morfologik jihatdan yoxud ularning imlosi nuqtai nazaridan quyidagi guruhlarga ajratgan: 1) qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar; 2) ajratib yoziladigan qo’shma so’zlar. Bu differensatsiyaning ham qusurdan holi emasligi, undagi mantiqsizlik o’quvchida yana bir qancha savollarni paydo qiladi.1 Bu qusurlarni o’z vaqtida bartaraf qilish zarurligini A. Hojiyev o’tgan asrning ikkinchi yarmidayoq ta’kidlagan edi. Qo’shma so’zlar imlosini to’g’ri hal etish, ularni tartibga solish uchun birinchi galda qo’shma so’zlar nazariy jihatdan to’la va to’g’ri o’rganilishi kerak, ya’ni qo’shma so’zlarning sodda so’zlardan va, aniqsa, so’z birikmalaridan farqi, ularning chegarasi aniq belgilab olinishi kerak. 2 turli mualliflarning mazkur masaladagi fikrlari o’rganilib, mushtarak holga keltirilmog’i zarur. Tadqiqot ishimiz so’z birikmalari va ulardan yasalgan attributiv qo’shma so’zlar bilan uzviy bog’liq ekanligi sababli, so’z birikmalari haqida muhtasar to’xtalib o’tamiz. Zero, “nafaqat tilshunoslar, balki tilga qiziqqan har bir inson uchun eng muhimi shundaki, muloqotda insonlar narsa va hodisalarni faqat nomlab chiqish bilan fikr almashib bilmaydilar, balki so’zlarni ham o’zaro bog’laydilar, so’z birikmalari yasaydilar. Binobarin, bir-biri bilan uzviy bog’liq obyektiv borliqni ifodalash uchun, ularning nomlarini ham uzviy bog’lab muloqot qilish zarur. Shu asosida so’zlar o’zaro bog’lanadilar, so’z birikmalari yasaladi. Darhaqiqat, inson tabiiy va hayotiy zarur ravishda obyektiv borliq bo’yicha __________________________________________________________________ 1. N. Erkaboyeva. O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami. – Toshkent: Akademnashr, 2015. 2. Hojiyev A. O’zbek tilida qo’shma, juft va takroriy so’zlar. – Toshkent, 1963. mushohada qilgan narsalari to’g’risidagi fikrning nutqiy muloqotda to’g’ri chiqishi, xulosa tasdiqlarning aniq bo’lishi uchun asosiy qurol sifatida so’z va so’z birikmalaridan foydalanadi. Lo’nda qilib aytganda, narsa va hodisani ifodalash uchun so’z, ularning o’zaro bog’liqligini bildirish uchun tabiiy ravishda so’z birikmasi kerak” .1 Garchi, milliy tilimizda so’z birikmalari va qo’shma so’zlar munosabati ham chuqur tahlil qilinmagan bo’lsa-da, nazdimizda bu masalaga aniqlik kiritish unchalik murakkab emas. Bunda so’z birikmasi va qo’shma so’zlar anglatayotgan narsa va hodisa mohiyatidan kelib chiqilsa, ularni farqlash va o’zaro aniqlik kiritish unchalik ham qiyin emas. Binobarin, so’z birikmasi orqali yoxud ikki so’z birikuvi natijasida hissiy a’zolarimiz orqali mushohada qilinayotgan narsa va hodisalar ikkinchi bir (o’xshash) bo’lgan narsa va hodisalardan xossatan ajratib ko’rsatiladi, hokim tavsiflanadi, sifati nomlaniladi. Tobe va hokim so’z ma’nosi mushtaraklashadi va bir narsa va hodisa nomlaniladi, yaxlid birlikka aylanadi. Hokim so’z ma’nosi va unga beriladigan sifat dahldorligi shu darajada jipslashadiki, ularni bir-biridan ajaratib bo’lmaydi. Masalan, Download 33.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling