Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)
Download 157.04 Kb.
|
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoritish uskunalariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar. Yoritgichlar Reja: 1.
Nazorat savollari:
1. Lyuminessent chirog‘ida yorug‘likni hosil bo‘lishi prinsipi qanday? 2. Elektrolyuminessensiya nima? 3. Fotolyuminessensiya nima? 4. Lyuminessent chiroqning tushunilishini tushuntiring? 5. Gaz razryadi chirog‘ining xizmat davri nima uchun yuqori? 9-MA’RUZA Yoritish uskunalariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar. Yoritgichlar Reja: 1. Yoritishning sifati. 2. Sun’iy yoritish qoidalari va normalari. 3. Etarli ravshanlikni ta’minlash. YOritish uskunalariga qo‘yiladigan asosiy talablar Bu yoritishning kerakli sifatini ta’minlashdir. YOritishning sifati Bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha belgilar bilan xarakterlanadi; a) Ish joyini etarli ravshanligi va ko‘rish maydonida qulay taqsimlanishi; b) YOritilganlikni o‘zgarmasligi (bu-kuchlanishni og‘ishi va tebranishi natijasida, o‘zgarishiga aytiladi); v) YOritilganlikning spektrial tarkibi (yorug‘lik manbaini tanlash bilan aniqlanadi); g) Soyalarning chuqurligi va xarakteri; d) YOrug‘lik yo‘nalishi; e) YOritilishni bir tekisligi; Bu belgilarning asosiylarini batafsil ko‘rib chiqamiz. Ravshanlik fotometrik kattalik bo‘lib, ko‘zning sezgirlik ega. Juda qorong‘i sharoitda, ko‘z ravshanligi 10-6 kd/m2 dan katta bo‘lgan (ravshanlikning absolyut bo‘sag‘asi) ob’ektni burchak o‘lchamlari >50°) ajratishga qodir. L0-ob’ekt ravshanligi deb belgilaymiz Lf- fon ravshanligi. Ko‘z qabul qilgan eng kichik ayirma (L0- Lf), ravshanlikning bo‘sag‘a ayirmasi ∆L deb ataladi. Ravshanlikning bo‘sag‘a ayirmasi kattaligi o‘zgarib turadi va fon ravshanligi oshishi bilan oshadi, lekin ravshanlikning bo‘sag‘ ayirmasining oshishi, fon ravshanligining oshishidan sekinroq bo‘ladi. Ravshanlik bo‘yicha farqlovchi ob’ektni o‘ziga olishda ko‘z sezgirligini xarakterlash uchun bo‘sag‘a kontrasti (keskin farq qilish) tushunchasi kiritiladi (Kbus). Bo‘sag‘a kontrastining qiymati, fon ravshanligi oshishi bilan kamayadi, bu Lf-ga qaraganda ∆L ning ancha sekin oshishi bilan tushuntirish mumkin. Kbus ning qiymati ob’ektning burchak o‘lchamlariga bog‘liq, bunda ob’ektning absolyut o‘lchami, kuzatuvchining ko‘zigacha bo‘lgan masofaga nisbati tushuniladi. Kbus - bo‘sag‘a kontrasti yana, kuzatilayotgan ob’ektni ko‘z qayd qilgan vaqt oralig‘iga bog‘lik bo‘ladi. Kuzatish vaqti qisqarishi bilan bo‘sag‘a kontrasti oshadi chunki ob’ektni qabul qilish qiyinlashadi. Berilgan sharoit (holat) uchun fonli ob’ektning o‘rnatilgan ravshan kontrasti quyidagiga teng: Ob’ektni topish va ajratish bo‘yicha ko‘z qobiliyatini baholash mezoni sifatida, ravshan kontrasti K bilan bo‘sag‘a kontrasti Kbo‘s orasidagi farq xizmat qilishi mumkin: Bu kattalik ob’ekt ko‘rinishi deyiladi. Ob’ekt ko‘rinishi fonli ob’ektning kontrastiga, fon ravshanligining darajasiga va ob’ektning burchak o‘lchamiga bog‘liq. SHunday qilib, ob’ekt ko‘rinishining berilgan darajasini ta’minlash uchun, fon ravshanligini aniqlash lozim; shu bilan birga, obektning burchak o‘lchami va uning fonli kontrasti qancha kam bo‘lsa, ravshanlikning normalangan darajasi katta bo‘ladi. Ma’lum burchak o‘lchamli ob’ekt ko‘rinishining berilgan darajasini ta’minlovchi fon ravshanligini aniqlash uchun nomogrammalardan foydalaniladi. Ravshanlikni hisoblashda va o‘lchashda vujudga keladigan qiyinchiliklar natijasida, amaliy sharoitlarda, yoritilganlik darajasi va ish yuzasining (fonning) qaytarish koeffitsienti qo‘llaniladi. Bunda, yoritilganlikning o‘zgarmasligi ham juda katta rol o‘ynaydi. Ish yuzasidagi yoritilganlikning tebranishi, elektr tarmog‘ida kuchlanishning tebranishi yoki o‘zgarmas tok bilan ta’minlayotgan razryadli chiroqlarining yorug‘lik oqimini tebranishi natijasida bo‘lishi mumkin. YOritish tarmoqlarida kuchlanishi tebranishi normalanadi. Ish yuzasidagi yoritilganlik tebranishining chuqurligi, (asosiy sababi, razryadli chiroqlarda yorug‘lik oqimining tebranishi natijasida), yoritilganlikning tebranish koeffitsienti bilan boholanadi: bu erda: -tebranish davridagi yoritilganlikning eng katta qiymati, Lk. - tebranish davridagi yoritilganlikning eng kichik qiymati, Lk. -shu davrdagi yoritganlikning o‘rtacha qiymati.
Download 157.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling