Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)
Sun’iy yoritish koidalari va normalari
Download 157.04 Kb.
|
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etarli ravshanlikni ta’minlash
Sun’iy yoritish koidalari va normalari
Sanoat korxonalar uchun sun’iy yoritish qoidalari birinchi marta Tixodeev P.M. tomonidan yaratilgan va 1928 yili kiritilgan. Sun’iy yoritish normalari 1971 dan boshlab kiritilgan. YAngi normalarning asosiy farqi quyidagicha: qo‘shma, yoritish sistemasida aniq qurish ishlari uchun yoritilganlik darajasini oshirilishi va ish joylarini yoritish sifatiga qo‘yiladigan talablarni ancha oshirilishidir. Etarli ravshanlikni ta’minlash Biz bilamizki, normalar ravshanlikni emas, yoritilganlikni belgilaydi. YOritilganlikni normalayotganda (me’yorlayotgan) quyidagilar hisobga olinadi: -ob’ektning burchak o‘lchamlari (qurish ishlarini aniqligi); -fonli ob’ektni kontrasti va ish yuzasini qaytarish koeffitsienti (bu kattaliklar qancha kichik bo‘lsa, shuncha yoritilganlik yuqori bo‘lishi kerak). Bulardan tashqari quyidagi qo‘shimcha omillar hisobga olinadi: -qizg‘in qurish ishining davom etishi (muddati); -yuzaning (sirtning) qurish maydonida tashqi fon ravshanligidan ancha farq qiladigan ravshanlikni mavjudligi (issiq metallni qayta ishlovchi sexlar); Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish va yordamchi xonalari, bino tashqarasidagi ishlab chiqarish joylari, jamoat va turar joy binolari, ko‘chalar, yo‘l va maydonlar uchun yoritilganlik alohida normalanadi. Normalar eng kichik yoritilganlikni belgilaydi; bunda yoritish uskunalarini tozalash oldidan yoritilayotgan yuzaning eng yomon nuqtalarida bu bo‘lishi kerak. Normalarni ixtiyoriy oshirish mumkin emas. Agar ushbu ob’ekt uchun yoritilganlikni sohaviy normalari mavjud bo‘lsa, unda mana shu normalar qo‘llaniladi. Hamma ishlar, ob’ektdan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 0,5 m dan oshmasligi va boshqa farqlovchi xususiyatlar sharti bo‘yicha, ob’ekt o‘lchamlarini farqiga bog‘liq holda, darajalarga bo‘lingan. Qaytarish koeffitsentining qiymati bo‘yicha yoritilayotgan yuzalar 3 guruhga bo‘linadi.
yorug‘ - ρ>0,4 bo‘lganda ρ - fonning qaytarish koeffitsienti; o‘rtacha - ρ=0,2-0,4 bo‘lganda; qorong‘i - ρ<0,2 bo‘lganda; Kortrast sanaladi: darajani tanlash uchun: katta - k>0,5 bo‘lganda o‘rta - 0,2≤K≤0,5 kichik- K<0,2 Qurishga oid ishlarni murakkablashtiruvchi yoki engillashtiruvchi belgilarni mavjudligiga bog‘liq holda yoritilganlikni normalangan darajasi oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Masalan, agar farqlovchi ob’ektdan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 0,5 m dan katta bo‘lsa, yoritilganlik bir pog‘onaga ko‘tarilishi lozim; doimiy ishlatilmaydigan uskunali xonalarda esa yoritilganlik bir pog‘onaga tushirilishi mumkin. (ma’lumotnomani qarang). Download 157.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling