Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)
Download 157.04 Kb.
|
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chiziqlari
Yorug‘lik kuchi
Haqiqiy nurlanish manbasining yorug‘lik oqimi quyi hollarda atrof fazoda notekis taqsimlanadi. SHuning uchun, atrof fazoning har xil yo‘nalishi bo‘yicha nurlanishiing yorug‘lik oqimi taqsimlanishini aniqlash (xarakterlash) uchun yorug‘lik kuchi tushunchasi qo‘llaniladi. YOrug‘lik kuchi, yorug‘lik oqimining fazoga oid zichligi bo‘lib, yorug‘lik oqimini (dF), uchi manba joylashgan nuqtada bo‘lgan (bu oraliqda oqim bir tekis taqsimlanadi) moddiy burchakka nisbati sifatida aniqlanadi. yoki (amalda)
Radus-vektorlar oxirlarining geometrik joyini ko‘rsatuvchi yopiq sirt bilan chegaralangan fazoning qismi fotometrik sm deb ataladi. Agar fotometrik jism manba o‘qiga nisbatan simmegrik bo‘lsa va aylanma jism sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lsa, unda bu simmetrik nurlanuvchidir. Agar nurlanuvchi nosimmetrik bo‘lsa (ya’ni simmetrik o‘qi bo‘lmasa), unda manba o‘qidan o‘tgan har xil tekisliklar bilan (nurlanuvchining kesishi yorug‘lik kuchi taqsimlanishining har xil egri chiziqlarini beradi (hosil qiladi). Bu tekisliklar birlashtirilsa egri chiziqlar (bo‘ylama) oilasi hosil bo‘ladi, chiziqlarning har biri nurlanuvchini kesgan tekisliklarning siljish burchaki bilan xarakterlanadi. Simmetrik nurlanuvchi uchun yorug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chizig‘i. Agar nurlanuvchining yorug‘lik oqimi kichik burchak ichida to‘plansa (projektorlar, yorug‘lik xabari asboblari), unda yorug‘lik kuchi taqsimlanishi egri chiziqlarini tug‘ri burchakli koordinatalar sistemasida ko‘rishq. Ordinata o‘qi sifatida asbob optik o‘qining yo‘nalishi qabul qilanadi va unda yorug‘lik kuchining qiymati kandelada ajratiladi; abssessa o‘qidan yorug‘lik kuchini o‘lchash yo‘nalishi bilan asbob optik o‘qi orasidagi burchak ajratiladi. Download 157.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling