YOrug‘lik va elektrik parametrlarning, manba tarmog‘i kuchlanshiiga va tashqi muhit sharoitiga bog‘liqligi
Ulanishning har qanday sxemalarida lyuminessent chiroqlar parametrlari chug‘lanma chiroqlarga qaraganda, manba tarmog‘ining kuchlanishiga ancha kam bog‘liq. Lekin shunga qaramasdan, tarmoq kuchlanishning tebranishi, lyuminessent chiroqlarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kuchlanish past bo‘lsa, chiroq yonmaydi, ya’ni katoddan oksid kuchli sochilishi natijasida yonish kechikadi.
Kuchlanish oshganda, chiroqdagi simob bug‘larining bosimi, oshadi, energiyani o‘zgarish samarasi kamayadi, hamda yonish davri ham kamayadi.
Lyuminessent chiroqlarning ishlashi uchun optimal harorat 20-25°S bo‘lishi kerak. Haroratning pasayishi yoki oshishi, chiroqning issiqlik bo‘ladi muvozanatini buzadi va uning samaradorligining kamaytiradi. Masalan 0°S ga yaqin bo‘lgan kichik haroratda, odatdagi sxemlarda ishlovchi lampalarning yonishi qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |