Lyuminessent chiroqlarning o‘lchamlari, shakli va boshqalar.
Lyuminessent chiroqlarning asosiy qismi, to‘g‘ri trubkachali chiroqlarga o‘xshab tayyorlanadi, faqat trubkaning uzunligi va diametri bilan bir biridan farq qiladi.
Lyuminessent chiroqlarning qo‘llanish sohasini kengaytirish maqsadida egilgan lyuminessent chiroqlarning har xil variantlari tayyorlangan:
U-shaklida, seksiyali halqa va halqali,
Lyumenissent chirog‘ining ulanshi sxemasi.
Ishga tushirishni sozlovchi uskuna (PRA)
Starterli PRA - ishga tushirishi sozlovchi uskuna bunda oldinda qizdirilgan elektrodlar bilan lyuminessent chiroqlarni yondirish chiroqga paralel ulangan qo‘shimcha element-starter yordami amalga oshiriladi. lyuminessent chiroqlarko‘pincha boshqa gaz razryadi chiroqlariga o‘xshab, og‘uvchi volt-amper xarakteristikaga ega. Bu esa uni tarmoqqa ulashni ballast uskunasi orqali amalga oshirishga majbur qiladi.
Starterli PRA: sig‘imni kompensatsiyalovchi qarshilikdan va boshqa qo‘shimcha elementlardan tashkil topgan. Starterlar-avtomatikdir.
Starter, 2 elektrodga o‘xshab yasalgan ionli releni qiladi. U inertli gaz (neon) to‘ldirilgan kichik shisha ballondir (3). Bir elektrod metalldan (2), boshqasi esa oxirida bimetall plastinchaga (4) ega. Ikkilasi ham, sokolda (5) chiqish qismlariga ega. Ballon, yuqori qismida teshigi bo‘lgan metalli yoki plastmassli korpusga joylangan. Bu starter-uchqunli razryadlidir. Bunday starterlar bizda ko‘p qo‘llaniladi (Germaniyada ham).
Do'stlaringiz bilan baham: |