Bundan tashqari "Ilk qadam davlat dasturi" tasis etilgan
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nutqini rivojlantirishda logoritmik mashg’ulotlar
Download 305.21 Kb.
|
kurs ishi Farangiz
1.2 Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nutqini rivojlantirishda logoritmik mashg’ulotlar.
Nutqning toʻliq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi O'qishning birinchi bosqichi bir so'zdan va morf-o'zak so'zdan iborat gaplar Logopedik ta'sir ko'rsatishning asosiy vazifasi-istalgan tovushning nomayon bo'lishi shaklida bolalarning taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan ibora. Bu bosqich gapirmaydigan bolalalasta oh bariluvchi logopedik ish uchun moʻljallangan. Bunday bolalarning faol nutqi alohida so'zlardan iborat bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash, tovush taqlidi, so'z qismlaridan iborat (wdaw yok! -dada», sho» yoki «bobo-, «bi-bis-mashina va xokazolar). Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko'ra kattalar so'ziga taqlid qilish extiyojl xall bo'lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo'lsa, u holda bu jarayon ikki- uch noto'g'ri antalyatsiyalanuvchi foyishlardan tuzilgan bo'g'in kamplekslart orqali amalga oshiriladt undosh-unli yoki aksincha unli+undosh.Gapirmaydigan bolalaming faol lag atida ayrim hollarda 5-10 ta, ba'zida esa 25-27 ta so'z birliklari bo'ladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tomonidan faqat shunday alohida so'zlardan foydalanish davil so'z-gap yoki bir sozdan iborat gap davri deb nomlanadi. Bir so'zdan iborat gepla nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida bam bolalar nutqi rivojlanishining boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi.Bir so'zdan va amorf so'zlardan iborat gaplar davrida nutqni tushunish darajasi turlicha bo'lishi mumkin: bolaning o'ziga qaratilgan oddiy iltimoslani qiyinchilik bilan shunuvchi eng past darajadan so'zlarning alohida grammælk shakllari ahamiyatini tushunishgacha, masalan, otlarning birlik va koʻplik shakllarini farqlashga qiynaladilar. Ayrim gapirmaydigan bolalar sodda ko'makchill konstruksiyalar ma'nosini tushunadilar. Bunga ikki predmeting fazoviy munosabatini misol qilib ko'rsatish mumkin: quti ichida, quti ustida, qutt ostida quti yonida. Ba'zi bir bolalar yetarlicha passiv lug'atga ega boʻladilar, ular oraonasi, logoped va boshqalar iltimosiga ko'ra og'zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va turli xil topshiriqlarni bajarish qobiliyatiga egadirlar. bolalar xaqida ota- onalari odatda shunday deydilar. «Hamma narsani tushunadilar, biroq gapirmaydilar. Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan boʻladi. Bolalaring nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug'atga ega ekanligi haqida tasavvur tug'ilganda ham qo'shimcha tekshiruvlar orqali shu yoshdag sog'lom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligint aniqlashga erishiladi. Agar gapirmaydigan bolalaming nutqni tushunishi darajasi past bo'lsa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan ma'lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi hirmuncha yuqori bo'lsa, salmagan tovush nutq ko'rinishlarini hosil cilish vazifasi birinchi o'ringa chiqadi Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umumiy tavsiyalar. Mashg'ulotlami imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan) oʻtkazish lozim. yetakchi mashg'ulot shakli oʻyindir. Mashg'ulotlar ayniqsa ishning dastlabki bosqichlarida noverbal topshiriqlar bilan ta'minlangan bo'lishi zarur. Logopedik ta'sirida aynan bir so'z materialini ko'p marotaba takrorlash va gapirmaydigan bola bilan bevosita hissly aloqa o'matish zarurly sharoit hisoblanadi Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko'rinishni rag'batlantirish muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, takrorla kabi so'zlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga negativ ta'sirlanish yuzaga keladi. Bu so'zlami mos kehivchi savollarga yoki so'zlarga almashtirish foydalidir (o'ylab ko'rchi, topchi). Yoki bir tomonlama dialog ham foydadan holl emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham o'zi javob beradi. Bola tomonidan xozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini bir-ikki takrorlash ham yaxshi natija beradi. Masalan: bola bilan o'yinchoqni javan oldiga borib, hayratomuz so'raladi: Qarachi, bu yerda kim paydo bo'ldi? Uloqcha?t- Uloqchani tomosha qila turib,. bir necha marotaba uloqcha ovozini imitatsiya qilish lozim: Me-me-me. Uloqchaning burni, qulogi, dumchasini bolaga ko'rsata narib, logoped qiziqsinib so'raydi. «Uloqcha qanday yig lashini sen bilasanmi?» Boladan istalgan tovush reaksiyasini olish zarur. Biroq, amorf-o'zak so'zlami (bola tomonidan yaratiluvchi) masalan, kuchuk 50'zi o'rniga - «chun yoki sichqon so'z o'miga-chi so'zlarini bolalar ortidan takrorlash mumkin emas. Bolalar faqat to'g'ri talaffuz qilinuvchi so'z va gaplarni eshitishlari lozim. Nutqni tushunishni rivojlantirish. Logopedik ta’sirning asosiy vazifasi passiv lug’at boyligini to’ldirishdan iborat. Bolalarga o’yinchoqlar, tana a’zolari, kiyim-kechaklari, jonivorlar, alohida predmet va hodisalar nomlari vas hu kabilarning nomlarini eslab qolish taklif etiladi. Passiv fe’l lug’ati bolaning o’zi tomonidan amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar nomidan iborat bo’lishi lozim ( o’tiribdi, yuribdi, kiyinyapti va hakozo). Bundan tashqari o’ziga yaqin kishilar bajarayotgan xatti-harakat nomlarini ham bilishi lozim, ammo bu lug’at faqat bolaning bevosita bir necha marotaba o’zi kuzatgan xatti-harakatlar nomi bilangina chegaralanishi mumkin. Shuni esda tutish lozimki, nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda passiv fe’l lug’ati passiv predmet lug’atidan birmuncha kam bo’lishi mumkin. Shu sababli agar bolalar predmet nomlarini bilsa, u holda imkon qadar tezroq ularni harakat nomlarini tushunishga, shuningdek, sodir etilayotgan harakat yuzasidan berilayotgan savollarni tushunishga o’rgatish zarur: qayerda? Qayoqqa? Nima? Nimaga? Qayerdan? Kim uchun?. Nutqni tushunishni rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida bolalardan alohida so’zlarni tushunishning aniqligi talab qilinmaydi, shu sababli qayerga-qayerdan, och-yop va hakazolarni farqlash vazifasi birinchi o’zinga qo’yilmaydi. Qayerda? Kimga? Va shu kabi savollarni tushunishga o’rgatish jarayonida bolalar dastlab bu so’zlarning turlicha tovush ifodasiga tayanmaydilar, balki savolning keng nutqiy matniga tayanadilar. Buning uchun logoped savolida bolalarga yaxshi tanish bo’lgan “yordam beruvchi” so’z bo’lishi kerak. Shundan so’ngina bolalar bu savollarni yaxshi tushunishga o’rganadilar. Sekin-asta savollardan barcha “yordamchi so’zlar” olib tashlanadi. O'ziga qaratilgan nutqni (normal eshitish va birlamchi saqlangan intellektda) yomon tushunuvchi gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish vaziyatni ko'p marotaba takrorlab gapirishdan boshlanadi.Katta odam vaziyatdan foydalanib bola olgan predmetlarni, bajargan harakatini, bolaning his qilgan hissiyotlarini (sovuq, issiq va h.k.) nomlaydi. Katta odam 2-4 so'zdan iborat qisqa gaplar bilan orasida pauzalar qilib, aynan bir so'z birikmasini 2-3 marotaba takrorlaydi. Nomlanuvchi predmetlarning turlicha o'zaro munosabatini aks ettiruvchi so'zlar har xil grammatik shakllarda bir necha marotaba takrorlanadi. Barcha so'zlar bo'g'inlarga boʻlinmay tabiiy ohangda gapiriladi, ammo cho'zib talaffuz qilinuvchi unlilar o'z holicha gapiriladi. Logopedning butun nutqi bolaga qaratilgan savollar bilan boyitilgan bo'lishi lozim. Bolada faol lug'atida mavjud nutqiy vositalar yordamida kattalar bilan muloqot qilish ehtiyojini tug'dirish zarur. Bolaning ushlagan, silagan, ko'rgan predmetlari nomini eshitgan, o'zi bajargan harakatlari nomini ko'p marotaba eshitganidan so'ng, boladan tanish predmetni olib kelish yoki shu predmet bilan bogʻliq biron-bir harakatni bajarishni iltimos qilish mumkin. Agar bola bu iltimoslarni tushunmasa logopedning o'zi predmetni oladi va uning nomini yana bir marotaba takrorlaydi. Gapirmaydigan bolalar bilan ishlashda, bunday bolalarning passiv lug'atini chalg'ituvchi so'zlar bilan to'ldirish tavsiya etilmaydi.Mashg'ulotni o'tkazishda o'yinchoqlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va shu kabilar ko'rgazmali material boʻlib xizmat qiladi.Nutqiy taqlidni faollashtirish. Nutqsiz bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishda kattalar so'ziga taqlid qilish ehtiyojini tug'dirish mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Taqlidiy nutqiy reaksiyalar har qanday tovush komplekslarida ifodalanishi mumkin. Shu sababli logoped shunday bir sharoitni yaratishi zarurki, bunda bolada aynan bir tovush birikmasini talaffuz qilish (takrorlash) istagi paydo boʻlishi lozim. Chunonchi, logoped iltimosiga ko'ra bola hayvonlar va qushlar ovoziga taqlid qiladi: "mo'-mo"", "ku-ku", "chi-chi" va hokazo. Nutq rivojlanishining bu davrida bolalar o'yinchoqlarni, tanish predmetlarni, harakatlarni, o'z istaklari va munosabatlarini oʻzlariga qulay tovush shaklida nomlashlari mumkin. Bu davrdan "sakrab o'tib ketishga urinish noto'g'ri bo'lardi. Biroq bolalarning avtonom nutqini kengaytirish shart emas. Dastlabki imkoniyatdayoq so'z kombinatsiyalariga o'tish muhim. Bunda bolada hech bo'lmaganda so'zlarning ayrim qismlarini taqlid bo'yicha amalga oshirish zarur. Bolalar nutqini faollashtirish yoki nutqiy taqlidni hosil qilish bolaning amaliy faoliyati o'yin, ko'rgazmali vaziyat bilan uzviy bog'liq bo'lishi lozim. Bunga turli xil, ammo zaruriy shart sharoitlarda erishiladi: bola bilan hissiy aloqaga kirishishda, nutqni tushunishning ma'lum darajasida, diqqat turg'unligida, taqlid motivatsiyasining mavjudligida ko'p narsa o'yinlarning qanchalik qiziqarli tashkil qilinishiga, gapirmaydigan bolalarning ijobiy hissiyotlariga qanchalik chuqur ta'sir etishga, logopedning qay darajada ijodkorligiga bog'liqdir. Taqlidiy nutqiy faoliyatni faollishtirishda kerakli natijaga erishish uchun taqlidni rivojlantirishni umuman olganda "Men kabi bajar" dan boshlash kerak. Bolalarni predmet bilan bajariluvchi harakatlarga, qo'l, oyoq, bosh harakatlariga taqlid qilishga o'rgatish lozim. Logoped o'zi va bolalarning xatti-harakatlarini so'zlar bilan, agar iloji bo'lsa she'riy shaklda to'ldirib turadi. Qo'l panjalari harakatlariga taqlid qilishni rivojlantirishga, ayniqsa, jiddiy yondashish tavsiya etiladi(mayda qo'l motorikasi rivojlantirilmaydi, balki qo'l harakatlariga taqlid rivojlantiriladi). O'tgan asrning o'rtalarida biologlar va shifokorlar ma'lum bir ritmda muayyan harakatlarni muntazam ravishda bajarish turli kasalliklarga yordam berishini va nafaqat farovonlikni yaxshilash, balki bemorlarning "jangovar ruhini" ko'tarishini isbotladilar. Shunday qilib, dastlab umumiy - terapevtik, keyin esa juda ixtisoslashgan - nutq terapiyasi ritmi paydo bo'ldi. Harakat, nutq va musiqa kokteyli bolalarga chiroyli va ravon gapirishni o'rganishga yordam beradi va ba'zi hollarda hatto duduqlanishdan xalos bo'ladi. Logoritm - bu musiqa, harakat, so'z birikmasiga asoslangan mashqlar, topshiriqlar, o'yinlar tizimi, bolaning nutqini rivojlantirish bo'yicha logopediya ishining usuli. Uning maqsadi tuzatish, ta'lim va sog'liqni saqlash muammolarini hal qilishdir. Logoritmikaning ommabopligi va samaradorligi darslarning taqlid tamoyili bo‘yicha o‘yin tarzida o‘tkazilishi bilan bog‘liq. Aslida, bu jismoniy mashqlar majmuasi bo'lib, u so'z va musiqa bilan birga keladi. Agar siz bolaning o'yin faoliyatiga muntazam ravishda logoritmik elementlarni kiritsangiz, sezilarli natijalarga erishishingiz mumkin. Shunday qilib, ushbu terapiya chaqaloqqa kosmosda osonroq harakat qilish va nutq va musiqa bilan birgalikda harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi, umumiy va nozik motorli ko'nikmalarni yaxshilaydi, psixo-emotsional stressni engillashtiradi, to'g'ri nafas olishni o'rgatadi va fonemik eshitishni yaxshilaydi. Logoritmika bo'yicha mashg'ulotlar bolalardan e'tiborni, tezkor aqlni, tezkor reaktsiyani, uyushtirishni talab qiladi, bolalarga yanada erkin, hissiyotli bo'lishga yordam beradi. Va bularning barchasi bolaning aqliy jarayonlarini yaxshilaydi. Logoritm birinchi navbatda bolalar uchun tavsiya etiladi: duduqlanish yoki unga irsiy moyillik bilan; haddan tashqari tez -sekin yoki intervalgacha nutq bilan; etarlicha rivojlangan vosita ko'nikmalari va harakatlarni muvofiqlashtirish bilan; dizartriya bilan, nutq rivojlanishining kechikishi, individual tovushlarning talaffuzi buzilgan; tez-tez kasal va zaiflashgan; intensiv nutqni shakllantirish davrida bo'lganlar (o'rtacha, bu 2,5 yoshdan 4 yoshgacha).9 Download 305.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling