17
22. Ixtiyoriy ikki ayqash to‘g‘ri chiziq uchun yagona
umumiy perpendikulyar
mavjud (uchlari bu to‘g‘ri chiziqlarda bo‘lgan kesma har ikki to‘g‘ri
chiziqqa
perpendikulyar bo‘ladi).
Parallel proeksiyalash
23. Proyeksiyalash to‘g‘ri chizig‘i (proyeksiyalovchi) ga parallel bo‘lmagan to‘g‘ri
chiziq to‘g‘ri chiziqqa o‘tadi.
24. Proyeksiyalovchiga parallel bo‘lmagan parallel to‘g‘ri
chiziqlar jufti parallel
to‘g‘ri chiziqlar juftiga yoki bitta to‘g‘ri chiziqqa o‘tadi.
25. Proyeksiyalash natijasida bitta to‘g‘ri chiziqda yoki parallel to‘g‘ri chiziqlarda
yotgan kesmalarning nisbati saqlanadi.
26. Og‘ma tekislikni uning bu tekislikdagi parallel proyeksiyasiga tegishli nuqta
orqali kesib o‘tadi.
27. Yassi ko‘pburchakning tekislikka ortogonal
proyeksiyasining yuzi
proyeksiyalanayotgan ko‘pburchak yuziga bu ko‘pburchak tekisligi va proyeksiya
tekisligi orasidagi burchak kosinusi ko‘paytmasiga teng.
Fazoda koordinatalar va vektorlar
28. Vektorning koordinatalari bu vektor oxiri va boshining
mos koordinatalari
ayirmasiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: