8. Fazoda to‘g‘ri chiziqlar parallelligining tranzitivligi. Agar 𝑎 to‘g‘ri chiziq 𝑏
to‘g‘ri chiziqqa, 𝑏 to‘g‘ri chiziq esa 𝑐 to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, unda 𝑎 to‘g‘ri
chiziq 𝑐 to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘ladi.
9. Tekisliklar parallelligining alomati. Agar bir tekislikdagi kesishuvchi to‘g‘ri
chiziqlar boshqa tekislikdagi kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlarga mos ravishda parallel
bo‘lsa, unda bu tekisliklar parallel bo‘ladi.
10. Agar ikki parallel tekislik uchinchi tekislik bilan kesishsa, unda kesishish
to‘g‘ri chiziqlari parallel bo‘ladi.
11. Tekisliklar parallelligining tranzitivligi. Agar α tekislik β tekislikka, β
tekislik γ tekislikka parallel bo‘lsa, unda α tekislik γ tekislikka parallel bo‘ladi.
12. Parallel to‘g‘ri chiziqlarning parallel tekisliklar ajratgan kesmalari teng.
13. Berilgan tekislikda yotmagan nuqtadan bu tekislikka yagona parallel tekislik
o‘tadi.
14. Parallelepiped yoqlari va diagonallarining xossasi. Parallelepipedning
qarama-qarshi yoqlari teng va parallel. Parallelepipedning diagonallari bitta
nuqtada kesishadi va bu nuqtada teng ikkiga bo‘linadi.
15. Tetraedr medianalari haqidagi teorema. Tetraedrning medianalari
(tetraedrning uchi va uni qarshisidagi yog‘ining medianalari kesishgan nuqtasini
tutashtiruvchi kesma) bitta nuqtada kesishadi va bu nuqtada tetraedr uchidan
boshlab hisoblaganda 3: 1 nisbatda bo‘linadi.
16. 𝐴𝐵𝐶𝐷𝐴
1
𝐵
1
𝐶
1
𝐷
1
Parallelepipedning 𝐴𝐶
1
diagonali 𝐴
1
𝐵𝐷 uchburchakning
medianalari kesishgan nuqtadan o‘tadi va bu nuqtada 𝐴 uchdan boshlab
hisoblaganda 1: 2 nisbatda bo‘linadi.
17. Agar piramida uning asosiga parallel tekislik yordamida kesilsa, kesimda
asosga o‘xshash ko‘pburchak hosil bo‘ladi.
Ayqash to‘g‘ri chiziqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |