Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Fazoda to‘g‘ri chiziqlar parallelligining tranzitivligi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

8. Fazoda to‘g‘ri chiziqlar parallelligining tranzitivligi. Agar 𝑎 to‘g‘ri chiziq 𝑏 
to‘g‘ri chiziqqa, 𝑏 to‘g‘ri chiziq esa 𝑐 to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, unda 𝑎 to‘g‘ri 
chiziq 𝑐 to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘ladi. 
9. Tekisliklar parallelligining alomati. Agar bir tekislikdagi kesishuvchi to‘g‘ri 
chiziqlar boshqa tekislikdagi kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlarga mos ravishda parallel 
bo‘lsa, unda bu tekisliklar parallel bo‘ladi. 
10. Agar ikki parallel tekislik uchinchi tekislik bilan kesishsa, unda kesishish 
to‘g‘ri chiziqlari parallel bo‘ladi. 
11. Tekisliklar parallelligining tranzitivligi. Agar α tekislik β tekislikka, β 
tekislik γ tekislikka parallel bo‘lsa, unda α tekislik γ tekislikka parallel bo‘ladi. 
12. Parallel to‘g‘ri chiziqlarning parallel tekisliklar ajratgan kesmalari teng. 
13. Berilgan tekislikda yotmagan nuqtadan bu tekislikka yagona parallel tekislik 
o‘tadi. 
14. Parallelepiped yoqlari va diagonallarining xossasi. Parallelepipedning 
qarama-qarshi yoqlari teng va parallel. Parallelepipedning diagonallari bitta 
nuqtada kesishadi va bu nuqtada teng ikkiga bo‘linadi. 
15. Tetraedr medianalari haqidagi teorema. Tetraedrning medianalari 
(tetraedrning uchi va uni qarshisidagi yog‘ining medianalari kesishgan nuqtasini 
tutashtiruvchi kesma) bitta nuqtada kesishadi va bu nuqtada tetraedr uchidan 
boshlab hisoblaganda 3: 1 nisbatda bo‘linadi. 
16. 𝐴𝐵𝐶𝐷𝐴
1
𝐵
1
𝐶
1
𝐷
1
Parallelepipedning 𝐴𝐶
1
diagonali 𝐴
1
𝐵𝐷 uchburchakning 
medianalari kesishgan nuqtadan o‘tadi va bu nuqtada 𝐴 uchdan boshlab 
hisoblaganda 1: 2 nisbatda bo‘linadi. 
17. Agar piramida uning asosiga parallel tekislik yordamida kesilsa, kesimda 
asosga o‘xshash ko‘pburchak hosil bo‘ladi. 
Ayqash to‘g‘ri chiziqlar 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling