Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

 
 
I Q
ISM
. Maktab geometriyasiga oid asosiy ma’lumotlar 
 
Planimetriya 
 
1. Uchburchaklarning tenglik alomatlari.
 
1) Agar bir uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchagi ikkinchi 
uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga mos ravishda 
teng bo‘lsa, bunday uchburchaklar teng bo‘ladi. 
2) Agar bir uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikkita burchagi 
boshqa uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikkita burchagiga 
mos ravishda teng bo‘lsa, bunday uchburchaklar teng bo‘ladi. 
3) Agar bir uchburchakning uchta tomoni boshqa uchburchakning uchta 
tomoniga mos ravishda teng bo‘lsa, bunday uchburchaklar teng bo‘ladi. 
2. Teng yonli uchburchakning asosiy xossalari va belgilari. 
1) Teng yonli uchburchakning asosidagi burchaklari teng. 
2) Teng yonli uchburchakning asosiga tushirilgan medianasi uning uchun 
ham bissektrisa ham balandlik bo‘ladi. 
3) Agar uchburchakning ikkita burchagi teng bo‘lsa, bunday uchburchak teng 
yonli bo‘ladi. 
4) Agar uchburchakning medianasi uning balandligi ham bo‘lsa, bunday 
uchburchak teng yonli bo‘ladi. 
5) Agar uchburchakning bissektrisasi uning balandligi ham bo‘lsa, bunday 
uchburchak teng yonli bo‘ladi. 
6) Agar uchburchakning medianasi uning bissektrisasi ham bo‘lsa, bunday 
uchburchak teng yonli bo‘ladi. 
3. Kesmaning oxirlaridan bir xil uzoqlikda yotgan nuqtalarning geometrik o‘rni 
bu kesmaga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziq bo‘ladi va u kesmaning o‘rtasidan 
o‘tadi (kesmaning o‘rta perpendikulyari). 
4. Parallel to‘g‘ri chiziqlarning belgilari va xossalari. 
1) Parallellik aksiomasi. Berilgan nuqtadan berilgan to‘g‘ri chiziqqa 
bittadan ko‘p bo‘lmagan parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. 
2) Agar ikki to‘g‘ri chiziqni uchinchisi kesib o‘tganda ichki almashinuvchi 
burchaklar teng bo‘lsa, bu ikki to‘g‘ri chiziq parallel bo‘ladi. 
3) Agar ikki to‘g‘ri chiziqning har biri boshqa to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, 
bu ikki to‘g‘ri chiziq o‘zaro parallel bo‘ladi. 



4) Bitta to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan ikkita to‘g‘ri chiziq o‘zaro 
paralleldir. 
5) Agar ikki parallel to‘g‘ri chiziqni uchinchisi kesib o‘tsa, hosil bo‘ladigan 
ichki almashinuvchi burchaklar teng bo‘ladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling