Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Proporsional kesmalar haqidagi teorema


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

55. Proporsional kesmalar haqidagi teorema. Burchakning tomonlarini kesib 
o‘tuvchi parallel to‘g‘ri chiziqlar tomonlarni proporsional kesmalarga ajratadi. 
56. O‘xshashlik. Uchburchakning o‘xshashlik alomatlari. 
1) Agar ikki uchburchakning bittadan burchagi teng hamda uning tashkil 
etuvchi tomonlari mos ravishda proporsional bo‘lsa, unda bu 
uchburchaklar o‘xshash bo‘ladi. 
2) Agar bir uchburchakning ikki burchagi boshqa uchburchakning ikki 
burchagiga mos ravishda teng bo‘lsa, bunday uchburchaklar o‘xshash 
bo‘ladi. 
3) Agar bir uchburchakning uchta tomoni boshqa uchburchakning uchta 
tomoniga mos ravishda proporsional bo‘lsa, bunday uchburchaklar 
o‘xshash bo‘ladi. 
57. O‘xshash shakllarning chiziqli elementlari nisbati o‘xshashlik koeffitsiyentiga 
teng. 
58. Trapetsiyaning ajoyib xossasi. Trapetsiyaning diagonallari kesishish 
nuqtasi, yon tomonlari davomining kesishish nuqtasi va asoslarining o‘rtalari bitta 
to‘g‘ri chiziqda yotadi. 
59. Uchburchak bissektrisasining xossasi. Uchburchakning bissektrisasi uning 
tomonini qolgan tomonlarining nisbati kabi nisbatda bo‘ladi. 
60. Berilgan uchburchak asosining balandligiga ko‘paytmasi o‘zgarmasdir. 
61. Agar 𝐵𝑀 va 𝐶𝑁 lar – 𝐴𝐵𝐶 uchburchakning balandliklari bo‘lsa (∠𝐴 ≠ 90°), u 
holda 𝐴𝑀𝑁 uchburchak 𝐴𝐵𝐶 uchburchakka o‘xshash bo‘ladi va bunda o‘xshashlik 
koeffitsiyenti |cos ∠𝐴| ga teng. 
62. 𝐸 nuqtada kesishuvchi 𝐴𝐵 va 𝐶𝐷 vatarlar kesmalarining uzunliklari 
ko‘paytmasi teng, ya’ni |𝐴𝐸| ⋅ |𝐸𝐵| = |𝐶𝐸| ⋅ |𝐸𝐷|. 
63. Urinma va kesuvchi haqidagi teorema va undan kelib chiqadigan natija. 
1) Agar bir nuqtadan aylanaga urinma va kesuvchi o‘tkazilsa, unda 
kesuvchini butun uzunligini uning tashqi qismi uzunligiga ko‘paytmasi 
urinmaning kvadratiga teng. 
2) Kesuvchining butun uzunligini uning tashqi qismi uzunligiga ko‘paytmasi 
berilgan nuqta va berilgan aylana uchun o‘zgarmasdir. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling