Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

22. Kvadrat. Kvadrat deb, barcha tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka 
aytiladi. 
23. Berilgan to‘g‘ri chiziqdan bir xil masofada yotgan nuqtalarning geometrik 
o‘rni – ikkita parallel to‘g‘ri chiziqdir. 
24. Fales teoremasi. Agar burchakning bir tomonidan teng kesmalar qo‘yib, bu 
kesmalar oxirlaridan burchakning ikkinchi tomonini kesib o‘tuvchi parallel to‘g‘ri 
chiziqlar o‘tkazilsa, ikkinchi tomonni ham teng kesmalarga ajratadi. 
25. Uchburchakning o‘rta chizig‘i. Uchburchakning ikki tomoni o‘rtalarini 
tutashtiruvchi kesma uchburchakning o‘rta chizig‘i deyiladi.
Uchburchakning o‘rta chizig‘i haqidagi teorema. Uchburchakning o‘rta chizig‘i 
uchburchak tomoniga parallel va uning yarmiga teng. 



26. To‘rtburchak tomonlari o‘rtalarining xossasi. Istalgan to‘rtburchak 
tomonlarining o‘rtalari parallelogrammning uchlari bo‘ladi. 
27. Uchburchak medianalari haqidagi teorema. Uchburchakning medianalari 
bitta nuqtada kesishadi va bu nuqtada uchburchak uchidan boshlab hisoblaganda 
2: 1 nisbatda bo‘linadi. 
28. a) agar uchburchakning medianasi o‘zi tushayotgan tomonning yarmiga teng 
bo‘lsa, bu uchburchak to‘g‘ri burchakli bo‘ladi. 
b) to‘g‘ri burchakli uchburchak to‘g‘ri burchagi uchidan tushirilgan mediana 
gipotenuzaning yarmiga teng. 
29. Trapetsiya. Tarpetsiya deb, faqat ikkita qarama-qarshi tomoni (asoslari) 
parallel bo‘lgan to‘rtburchakka aytiladi. Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i deb, uning 
parallel bo‘lmagan tomonlari (yon tomonlari) o‘rtalarini tutashtiruvchi kesmaga 
aytiladi. 
Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i haqidagi teorema. Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i 
asoslariga parallel va ular yig‘indisining yarmiga teng. 
30. Trapetsiya diagonallari o‘rtalarini tutashtiruvchi kesma asoslari ayirmasining 
yarmiga teng. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling