Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Uchburchakning burchaklari yig‘indisi haqidagi teorema va uning


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

5. Uchburchakning burchaklari yig‘indisi haqidagi teorema va uning 
natijalari. 
1) Uchburchakning ichki burchaklari yig‘indisi 180° ga teng. 
2) Uchburchakning tashqi burchagi unga qo‘shni bo‘lmagan ikkita ichki 
burchaklari yig‘indisiga teng. 
3) Qavariq 𝑛 burchakning ichki burchaklari yig‘indisi 180°(𝑛 − 2) ga teng. 
4) 𝑛 burchakning tashqi burchaklari yig‘indisi 360° ga teng. 
5) Agar tomonlari o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan ikkita burchakning ikkalasi 
ham o‘tkir yoki ikkalasi ham o‘tmas bo‘lsa, u holda ular teng bo‘ladi. 
6. Agar 𝐴𝐵𝐶 uchburchakning 𝐵 va 𝐶 burchaklarining bissektrisalari 𝑀 nuqtada 
kesishsa, u holda
∠𝐵𝑀𝐶 = 90° +
∠𝐴
2
.
7. Qo‘shni burchaklar bissektrisalarining orasidagi burchak 90° ga teng. 
8. Ikki parallel to‘g‘ri chiziqni uchinchisi kesib o‘tganda hosil bo‘ladigan ichki bir 
tomonli burchaklarning bissektrisalari o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi. 
9. To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning tenglik alomatlari. 
1) Ikkita katetiga ko‘ra. 
2) Bir kateti va gipotenuzasiga ko‘ra. 
3) Gipotenuzasi va o‘tkir burchagiga ko‘ra. 
4) Kateti va o‘tkir burchagiga ko‘ra. 
10. Burchak tomonlaridan bir xil uzoqlikda yotgan burchak ichki nuqtalarining 
geometrik o‘rni burchak bissektrisasidir. 
11. To‘g‘ri burchakli uchburchakning 30° li burchagi qarshisidagi katet 
gipotenuzaning yarmiga teng. 
12. Agar to‘g‘ri burchakli uchburchakning kateti gipotenuzaning yarmiga teng 
bo‘lsa, bu katet qarshisidagi burchak 30° ga teng. 
13. Uchburchak tengsizligi. Uchburchakning ikki tomoni yig‘indisi uchinchi 
tomondan katta. 
14. Uchburchak tengsizligidan kelib chiqadigan natija. Siniq chiziqning 
bo‘g‘inlari yig‘indisi birinchi bo‘g‘inining boshi va so‘nggi bo‘g‘inining oxirini 
tutashtiruvchi kesmadan katta. 
15. Uchburchakning katta burchagi qarshisida katta tomon yotadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling