Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Uchburchakning katta tomoni qarshisida katta burchak yotadi.  17


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

16. Uchburchakning katta tomoni qarshisida katta burchak yotadi. 
17. To‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi katetidan katta. 
18. Agar bir nuqtadan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar va og‘malar tushirilsa, u 
holda 
1) Perpendikulyar og‘madan qisqaroq



2) Katta og‘maga katta proyeksiya mos keladi va aksincha. 
19. Parallelogramm. Qarama-qarshi tomonlari parallel bo‘lgan to‘rtburchakka 
parallelogramm deyiladi. 
Parallelogrammning xossalari va belgilari. 
1) Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka ajratadi. 
2) Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari o‘zaro teng. 
3) Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari o‘zaro teng. 
4) Parallelogrammning diagonallari bitta nuqtada kesishadi va bu nuqtada 
teng ikkiga bo‘linadi. 
5) Agar to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari o‘zaro teng bo‘lsa, u holda 
bu to‘rtburchak – parallelogrammdir. 
6) Agar to‘rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomoni teng va parallel bo‘lsa, 
u holda bu to‘rtburchak – parallelogrammdir. 
7) Agar to‘rtburchakning diagonallari kesishish nuqtasida teng ikkiga 
bo‘linsa, u holda bu to‘rtburchak – parallelogrammdir.
20. To‘g‘ri to‘rtburchak. Burchaklari to‘g‘ri bo‘lgan parallelogrammga to‘g‘ri 
to‘rtburchak deyiladi. 
To‘g‘ri to‘rtburchakning xossalari va belgilari. 
1) To‘g‘ri to‘rtburchakning diagonallari teng. 
2) Agar parallelogrammning diagonallari teng bo‘lsa, u holda bu 
parallelogramm – to‘g‘ri to‘rtburchakdir. 
21. Romb. Barcha tomonlari teng bo‘lgan to‘rtburchakka romb deyiladi. 
Rombning xossalari va belgilari. 
1) Rombning diagonallari o’zaro perpendikulyar. 
2) Rombning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga bo‘ladi. 
3) Agar parallelogrammning diagonallari perpendikulyar bo‘lsa, u holda 
bunday parallelogramm – rombdir. 
4) Agar parallelogrammning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga 
bo‘lsa, u holda bunday parallelogramm – rombdir. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling