Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Tomonlarining o‘rtalariga ko‘ra uchburchak yasang.  17


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

16. Tomonlarining o‘rtalariga ko‘ra uchburchak yasang. 
17. Berilgan burchakka tortilgan yoyni yasang. 
18. Markazi berilgan va berilgan nuqtadan o‘tuvchi aylana yasang. 
19. Radiusi berilgan va berilgan ikki nuqtadan o‘tuvchi aylana yasang. 
20. Berilgan nuqtadan berilgan aylanaga urinma o‘tkazing. 
21. Asoslari va yon tomonlariga ko‘ra trapetsiya yasang. 
22. Asoslari va diagonallariga ko‘ra trapetsiya yasang. 
23. Ikki tomoniga va uchinchi tomonga o‘tkazilgan medianasiga ko‘ra uchburchak 
yasang. 
24. Ixtiyoriy burchakning ichidan 𝑀 nuqta olingan. 𝑀 nuqta orqali shunday to‘g‘ri 
chiziq o‘tkazingki, bu to‘g‘ri chiziqning burchak tomonlari ajratgan kesmasi 𝑀 
nuqtada teng ikkiga bo‘linsin. 
25. Bir tomoni, uning qarshisidagi burchagi va bu burchak uchidan tushirilgan 
balandligiga ko‘ra uchburchak yasang. 
 
Stereometriya 
1. Stereometriya aksiomalari. 
Aksiomalar bilan bevosita bog‘liq faktlar 
2. To‘g‘ri chiziq va unda yotmagan nuqta orqali yagona tekislik o‘tadi. 
3. Ikkita parallel to‘g‘ri chiziq orqali yagona tekislik o‘tadi. 
4. Berilgan to‘g‘ri chiziqda yotmagan nuqta orqali bu to‘g‘ri chiziqqa yagona 
parallel tekislik o‘tadi. 
Fazoda parallellik 
5. To‘g‘ri chiziq va tekislikning parallellik alomati. Agar 𝑎 to‘g‘ri chiziq α 
tekislikda yotgan biror to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, unda 𝑎 to‘g‘ri chiziq α 
tekislikka parallel bo‘ladi. 
6. Agar 𝑎 to‘g‘ri chiziq orqali unga parallel bo‘lgan α tekislikka o‘tkazilgan tekislik 
uni 𝑏 to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesib o‘tsa, unda 𝑎 va 𝑏 to‘g‘ri chiziqlar parallel bo‘ladi. 


16 
7. Agar 𝑎 va 𝑏 to‘g‘ri chiziqlar parallel bo‘lib, 𝑎 to‘g‘ri chiziqdan o‘tuvchi tekislik 𝑏 
to‘g‘ri chiziqdan o‘tuvchi tekislikni kesib o‘tsa, bu tekisliklarning kesishish to‘g‘ri 
chizig‘i 𝑎 va 𝑏 to‘g‘ri chiziqlarga parallel bo‘ladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling