Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Ayqash to‘g‘ri chiziqlar alomati


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/50
Sana28.09.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1689451
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
Buni har bir yosh matematik bilishi kerak @bookshelf pdf

18. Ayqash to‘g‘ri chiziqlar alomati. Agar 𝑎 to‘g‘ri chiziq α tekislikda yotsa, 𝑏 
to‘g‘ri chiziq esa bu tekislikni 𝑎 to‘g‘ri chiziqda yotmagan nuqta orqali kesib o‘tsa, 
unda 𝑎 va 𝑏 to‘g‘ri chiziqlar ayqash bo‘ladi. 
19. Ikkita ayqash to‘g‘ri chiziq orqali yagona parallel tekisliklar jufti o‘tadi. 
20. Uchlari ikkita ayqash to‘g‘ri chiziqlarda bo‘lgan kesmalar o‘rtalarining 
geometrik o‘rni bu to‘g‘ri chiziqlarga parallel va shunday kesmalardan birining 
o‘rtasidan o‘tuvchi tekislik bo‘ladi. 
21. Ayqash to‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchak (ularning biriga parallel va 
ikkinchisini 𝑀 nuqtada kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq hamda shu ikkinchi to‘g‘ri chiziq 
orasidagi burchak) kattaligi 𝑀 nuqtaning qanday tanlanishiga bog‘liq emas. 


17 
22. Ixtiyoriy ikki ayqash to‘g‘ri chiziq uchun yagona umumiy perpendikulyar 
mavjud (uchlari bu to‘g‘ri chiziqlarda bo‘lgan kesma har ikki to‘g‘ri chiziqqa 
perpendikulyar bo‘ladi). 
Parallel proeksiyalash 
23. Proyeksiyalash to‘g‘ri chizig‘i (proyeksiyalovchi) ga parallel bo‘lmagan to‘g‘ri 
chiziq to‘g‘ri chiziqqa o‘tadi. 
24. Proyeksiyalovchiga parallel bo‘lmagan parallel to‘g‘ri chiziqlar jufti parallel 
to‘g‘ri chiziqlar juftiga yoki bitta to‘g‘ri chiziqqa o‘tadi. 
25. Proyeksiyalash natijasida bitta to‘g‘ri chiziqda yoki parallel to‘g‘ri chiziqlarda 
yotgan kesmalarning nisbati saqlanadi. 
26. Og‘ma tekislikni uning bu tekislikdagi parallel proyeksiyasiga tegishli nuqta 
orqali kesib o‘tadi. 
27. Yassi ko‘pburchakning tekislikka ortogonal proyeksiyasining yuzi 
proyeksiyalanayotgan ko‘pburchak yuziga bu ko‘pburchak tekisligi va proyeksiya 
tekisligi orasidagi burchak kosinusi ko‘paytmasiga teng. 
Fazoda koordinatalar va vektorlar 
28. Vektorning koordinatalari bu vektor oxiri va boshining mos koordinatalari 
ayirmasiga teng. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling