Burchagining cho‘ziluvchi
Download 1.19 Mb.
|
2.2 reja
IP ISHLAB CHIQARISHDA PISHITISH BURCHAGINING CHO‘ZILUVCHI VA SIRPANUVCHI TOLALAR ULUSHIGA TA’SIRITikuv buyumlarini ekspluyutatsion xossalarini yuqori bo‘lishi uni tashkil qiluvchi gazlamadagi tanda va arqoq iplariga uzviy bog‘liqdir. Iplarni tashqi ko‘rinishida silliqlik, butun uzunlik bo‘yicha yo‘g‘onligini bir xilligi, tuklarning tartibli taqsimlanganligi mazkur buyumni sifatini ta’minlaydi. Matoga yuza, o‘q va nuqtali shakldagi tashqi kuchlar ta’sir qiladi. Doimiy ѐki davriy ta’siri oqibatida iplarin tashqi butunligi o‘zgaradi. Yigirilgan ip tarkibidagi sirpanuvchi va cho‘ziluvchi tolalar yarim mahsulotni bo‘ylama hamda ko‘ndalang kuchlarga bardoshliligiga katta ta’sir qiladi. Tolalarni yigirib ip olishda uning pishiqlik ko‘rsatkichini yanada yaxshilash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ilmiy adabiѐtlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra yakka ipning pishiqligi haqida uch xil fikr mavjud: ipning pishiqligi tolalarning o‘zaro sirpanishga bo‘lgan qarshiligidan, ip kesimidagi tolalarning uzulishidan ya’ni uzilgan tolalarning pishiqliklari yig‘indisi va sirpanishga bo‘lgan qarshiligidan tashkil topadi.
Agar mahsulotning pishitilish darajasi, ya’ni buramlar soni tolalar pishiqligidan oz kuch bilan birlashtirilsa, mahsulot uzilganda tolalar butunligicha sirpanib chiqadi. Buramlar soni ortishi bilan tolalararo ishqalanish kuchi ularning pishiqliklaridan biroz ko‘proq, ya’ni ipning pishiqligi uni uzishda, uzilgan tolalar miqdori yig‘indisidan tashkil topadi. Ipning mustahkamligiga tolalar pishiqliklari yig‘indisi va sirpanib chiqishga bo‘lgan qarshiligi tolalar tutamiga berilgan buramlar soni belgilanganidan ko‘proq bo‘lganidagina sodir bo‘ladi. YAkka ipning pishiqligi uni tashkil etgan tolalarning pishiqligiga va ularni birlashtiruvchi ishqalanish kuchiga bog‘liqdir
Tadqiqot ishida ipning ko‘ndalang kesimidagi cho‘ziluvchi va sirpanuvchi tolalar chegarasini aniqlab, pishitish burchagini to‘g‘ri tanlash masalasi qo‘yiladi. Ma’lumki, paxta ipining pishitish burchagi 170 dan 280 gacha o‘zgarishini [2] hisobga olib kompleks son a ning [3] qiymatlarini aniqlash natijasida cho‘ziluvchi va sirpanuvchi tolalar chegarasining o‘zgarishini, qatnashadigan cho‘ziluvchi tolalar miqdori o‘zgarish qonuniyati aniqlandi. Bu erda: r0-tolaning keltirilgan radiusi, mkm. Μ – tolalarning o‘zaro ishqalanish koeffitsienti. L-tolaning uzunligi,mm. Tanlab olingan tolalardan 4 xil chiziqiy zichlikdagi ip olish bo‘yicha prognoz qilindi (1-jadval). 1-jadval Tola va iplarning ko‘ndalang kesim radiusi
Paxta tolasining ko‘ndalang kesim yuzasi lovyasimon shaklda bo‘lib, uzunasi bo‘yicha o‘z o‘qi atrofida 10mm da bir necha o‘ntagacha buralgan bo‘ladi. Agar ipda joylashgan tolalarning ko‘ndalang kesim yuzasi silindr ko‘rinishida deb qaralsa, (1-rasm), ipning ko‘ndalang kesimi diametri bo‘ylab tolalarning joylanishini 2-rasmda ko‘rish mumkin. Ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan ipning diametri bo‘ylab joylashgan tolalar miqdorini tola va ipning diametri (Dip / Dtola) orqali topiladi. jadval.
Ip ko‘ndalang kesimi yuzasida bo‘shliqni hisobga olmagan holda tola joylashishini topish uchun ipning ko‘ndalang kesimi yuzasini tolaning yuzasiga nisbatini (N=Sip / Stola) olsak ip ko‘ndalang kesimidagi bo‘shliqni hisobga olmagan holda tolalar miqdorini aniqlagan bo‘lamiz (2-jadval). Olingan natijalar orqali ipning ko‘ndalang kesimi yuzasida bo‘shliq yuzalarini hisobga olmagan holda tolalarning miqdori keltirildi. jadval Ip ko‘ndalang kesim yuzasida bo‘shliqni hisobga olgan holda tolalar joylanishi.
Quyidagi 3-rasmda ipning ko‘ndalang kesimi yuzasida joylashgan tolalar orasidagi bo‘shliq ko‘rsatilgan. Ip ko‘ndalang kesimda joylashgan tolalarning orasidagi bo‘shliqni romb ko‘rinishida deb qaralsa, har tomonidan romb ichkarisiga tolaning ma’lum bir qismi kirgan. Rombning tomonini topishda ikkita uchuni tolaning markaziga tutashtirilib, radius o‘tkasilsa, to‘g‘ri burchakli uchburchakni tashkil qiladi. Rombning tomonini Pifagor teoremasidan aniqlab topish mumkin. Tomoni aniqlangan rombning yuzasi aniqlanib, romb tomoni ichkarisiga kirgan tola qismi ya’ni segmentlarning yuzasi (2.13-1) ayirib tashlanib, bo‘shliq yuzasi topiladi (2.14-2). 3-rasmda ko‘rsatilgan segment va tolalar orasidagi bo‘shliqni topishda qo‘yidagi formulalar orqali aniqlanadi (3-jadval). Ipning ko‘ndalang kesim yuzasida xaqiqiy tolalar miqdorini topishda, ip ko‘ndalang kesim yuzasini tolaning ko‘ndalang kesim yuzasi bilan bo‘shliq yuzani (2) yig‘indisiga nisbati (3) orqali ifodalanadi (3-jadval Tadqiqot ishining yana bir muhim tarafi ham shu muammolarni echib nazariyalar orqali natijalarga erishish hisoblanadi. Ko‘rilaѐtgan ishda pishitish burchagi orqali ipdagi cho‘ziluvchi va sirpanuvchi tolalar miqdorini aniqlab qaysi holat uchun pishiqligi yuqori darajada ip olish uchun tavsiyalar berishdan iborat. Tanlab olingan tolalardan 4 xil chiziqiy zichlikdagi ip olish uchun pishitish
burchagini 00 dan 450 gacha cho‘ziluvchi va sirpanuvchi tolalar chegarasini ko‘rib chiqildi. Ko‘rilaѐtgan ishda pishitish burchagi 0 bo‘lganida qiymatga ega 5- bo‘lmaganligi uchun holat uchun 20 dan boshlaymiz. Pishitish burchagi o‘zgarishida cho‘ziluvchi tolalar joylashadigan yuzaning radiusini quyidagicha aniqlanadi. (β-pishitish burchagi CHo‘ziluvchi tolalar joylashgan yuzani topganimizdan keyin shu yuzadagi tolalar miqdorini (4) formuladan aniqlab ipning ko‘ndalang kesimidagi haqiqiy tolalar sonidan ayirib sirpanuvchi tolalar miqdorini aniqlash mumkin Pishitish burchagi 00 dan 450 gacha o‘zgarganda ipdagi cho‘ziluvchi tolalar soni keskin o‘zgarishi grafik orqali ko‘rildi (5-rasm). Grafikda absissa o‘qida ipning pishitish burchagi radianda, cho‘ziluvchi (uziluvchi) tolalarning ip ko‘ndalang kesimi radiusi bo‘ylab o‘zgarishi ordinata o‘qida mm larda ko‘rsatilgan. Paxta tola navi asosida prognoz qilingan turli xil chiziqiy zichlikdagi (11,8; 15,4; 20; va 25 teks) iplarning ko‘ndalang kesimidagi cho‘ziluvchi tolalarning o‘zgarish qonuniyati pishitish burchagini o‘zgarishi orqali vujudga kelishini grafikda ko‘rinib turibdi. Olingan natijalarda, pishitish burchagi o‘zgarganda sirpanuvchi va cho‘ziluvchi tolalar chegarasi sezilarli darajada o‘zgaradi. Ko‘rilaѐtgan ishda ipning pishitish burchagi 20 dan boshlab cho‘ziluvchi tolalar miqdori keskin oshishi hisoblar orqali aniqlandi. Lekin, pishitish burchagi 0,26 radiandan 0,52 radiangacha (150 dan 300 gacha) o‘zgarganda cho‘ziluvchi (uziluvchi) tolalar ipning pishiqlik ko‘rsatkichiga sezilarli ta’sir qiladi Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling