Burchaklar metodi
Tezkor savol-javob o’yini “28ga28”
Download 0.66 Mb.
|
DARS METODLARI(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anogramma” o’yini
Tezkor savol-javob o’yini “28ga28”
Bu o’yinda o’qituvchining 28 ta savoliga o’quvchi 28 ta javobni 3 minut vaqt ichida lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tartibidagi so’z yoki harflar bilan berishi shart. 1. Suyuqlik zichligini o’lchovchi asbob - Areometr 2. Atmosfera bosimini o’lchovchi asbob – Barometr 3. Kuchni o’lchovchi asbob – Dinamometr 4. Qanday tebranishlar so’nuvchi bo’ladi – Erkin 5. Kuch qanday harf bilan belgilanadi – F 6. Erkin tushish tezlanishini aniqlagan olim – Galiley 7. Kub qirrasi uzunligini 2 marta o’zaro ko’paytirilsa, uning qanday kattaligi topiladi – hajmi 8. Qanday harakatda, jismga o’tkazilgan ixtiyoriy to’g’ri chiziq, o’z-o’ziga parallel ko’chadi – ilgarilanma harakatda 9. Ish va energiyaning o’lchov birligi – Joul 10. Absolyut temperaturaning o’lchov birligi – Kelvin 11. Induksion tokning yo’nalishini aniqlagan olim – Lens 12. Tebranuvchi jism qanday ataladi – mayatnik 13. Butun olam tortishish qonunini aniqlagan olim – Nyuton 14. Yorug’lik hodisalarini o’rganuvchi fizikaning bo’limi – Optika 15. Bosim qanday harf bilan belgilanadi? – P 16. Harakatda havoning to’sqinlik qiluvchi kuchi – qarshilik 17. Zanjirdagi tok kuchini rostlovchi asbob – reostat 18. Vaqtni o’lchovchi asbob – soat, sekundomer 19. Tebranish davri qaysi harf bilan belgilanadi – T 20. Elektr kuchlanish qaysi harf bilan belgilanadi – U 21. Elektr tokining quvvatini o’lchovchi asbob – vattmetr 22. Inglizchada “iks” o’zbekchada – x 23. Jism harakat trayektoriyasi uzunligi – yo’l 24. Oq yorug’lik spektrida qizil va sariq ranglari orasidagi rang – zarg’aldoq 25. Elektromagnitdagi sim o’ramlaridan tashqari ikkinchi asosiy qismi – o’zak 26. Magnit maydoni hosil qiluvchi simli o’ram – g’altak 27. Eng ko’p ishlatiladigan universal laboratoriya asbobi – shtativ 28. Neytronni kashf qilgan olim – Chedvik. “Anogramma” o’yini Bu o’yinda o’quvchiga berilayotgan so’zlar faqat biror hodisa, mavzu asosida yoki boshqa biror jihatlari bilan umumiy xususiyatga ega bo’lib, ular ichida faqat bittasi “begona” bo’ladi. O’quvchi ana shu so’zni aniqlay olishi va javobini izohlay olishi kerak. Anogrammalarda misollar: 1. Galiley, Nyuton, Paskal, Torrichelli, Rezerford Javob: Rezerford – chunki, u mexanika bilan shug’ullamagan. 2. Detsi, santi, milli, mikro, nano, piko, kilo Javob: kilo – chunki, bu o’nga karrali bo’lgan sonni, (1000 ni), anglatuvchi old qo’shimcha. 3. Voltmetr, Ampermetr, Vattmetr, Dinamometr, Potensiometr, Reostat, Rezistor Javob: Dinamometr – chunki u elektr asbobi emas. 4. Qizil, zarg’aldoq, sariq, oq, yashil, havorang, ko’k, binafsha Javob: Oq – chunki oq rang spektrni hosil qilsada, o’zi spektr tarkibiga kirmaydi. 5. Kinetik, potensial, ichki, tashqi, mexanik, issiqlik, elektr, yorug’lik, yadro Javob: tashqi chunki, fizikada “tashqi energiya” tushunchasi yo’q. Qolgan so’zlar energiyaning turli ko’rinishlarini ifodalayapti. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling