Plakat bo’yicha taqdimot
Plakat bo’yicha taqdimot o’quvchi doskaga chiqib osib qo’yilgan plakatdagi rasmlarga qarab mavzuni aytib beradi. Plakat bo’yicha taqdimotni hali yangi mavzuni o’tmasdan turib ham amalga oshirish mumkin.
Fizik diktant
Fizik diktant juda qisqa vaqtda barcha sinfdagi o’quvchilardan so’rashning yo’lidir. Bunda bola mustaqil ishlaydi. O’quvchilarga o’tgan mavzu bo’yicha diktant olish mumkin. Bunda o’tgan mavzuga doir formula, asbob, birlik, fizik olim haqida savollar og'zaki beriladi, o’quvchi savolni eshitib (yozmay) javobini daftariga yozadi. Masalan: o’tgan mavzuda "Moddaning zichligi" mavzusi o’tilgan bo’lsa savollarni quyidagicha tanlash mumkin.
1. zichlik formulasi.
2. zichlik birliklari
3. zichlik qanday kattalik (vektor yoki skalyar)
4. - zichlikni o’lchovchi asbob ( qurilmalar nomi).
5. Modda zichligini aniqlagan vatandoshimiz nomi.
6. . 1000 kg/m3 necha g/sm3ga teng.
7. Suvning zichligi nechiga teng?
8. Nima uchun kerosin suvning ustida joylashadi?
Diktant yozilgandan so’ng o’quvchilarga yozilmagan qismiga "so’roq" belgisini qo’yish taklif etiladi, javoblari doskaga yoziladi va o’quvchiga o’z ishini baholash so’raladi.
Suhbat metodi
Davra suhbati shaklida tashkil etish yaxshi samara beradi. Davra suhbatini tashkil etish uchun biror muammoli, mavzuni aytish kerak. O’quvchilar navbat bilan fikrlarini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |