Burg'ulash va portlatish ishlarida ishlatiladigan atamalar Reja


Boshlang’ich impuls va uning turlari


Download 18.28 Kb.
bet6/7
Sana10.11.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1763676
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Burg’ulash va portlatish ishlarida qo’llaniladigan atamalar Bosh-fayllar.org

Boshlang’ich impuls va uning turlari
Portlatish moddadalar zaryadini tashqi zaryadlarni portlatish orqali uyg’otib, uning bir turdan ikkinchi turga o’tishini ta’minlovchi energiyasiga - boshlang’ich impul’s deb ataladi.
Fizikaviy portlashlarda PM bir turdan ikkinchi turga o’tib yangi kimyoviy modda hosil qilmay, katta miqdorda ish bajariladi. Masalan, siqilgan kislorod va gaz balonlarining, par qozonlarining portlashi. Olovsiz va siqilgan xavo orqali, elektr razryadi orqali portlatish ishlari xam portlashning fizik turiga kiradi.
Kimyoviy portlashlarda PM ning bir turdan ikkinchi turga o’tishi o’ta tez, kimyoviy reakstiya asosida amalga oshib juda katta miqdorda issiqlik energiyasi, gaz va bug’lar ajralib chiqib yangi kimyoviy elementlar xosil bo’lib, katta miqdorda ish bajariladi.
Yadroli portlashda zanjir reakstiyasi yordamida yadrolarning bo’linib bir turdan ikkinchi turga o’tishi va yangi elementlar xosil bo’lishi yuzaga keladi va juda katta miqdorda ish bajariladi. Yadroli va termoyadroli portlatish ishlarida million martadan ortiq issiqlik energiyasi ajralib chiqadi.
Yonish – PM ni kuchli qizdirilgan sharoitdagi chaqnashning yuqori haroratida yuzaga kelib, moddalarda sekin xolatda tarqaladi. Moddalarning yonish tezligi PM larning fizik-kimyoviy xossalariga va tashqi sharoitlarga (bosim, harorat) bog’liq.
Detonastiya – portlash bosimining birdaniga oshishi hisobiga va moddaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi, moddadagi o’zgarmas va tovush to’lqinidan yuqori tezlikka ega bo’lgan zarb to’lqinining tarqalishiga aytiladi. PM ning detonastiyasi uning yonish tezlgidan tashqi bosimga va xaroratga bog’liq bo’lmagan ko’rsatgichlari bilan farqlanadi.
PM ning detonastiya va yonish tezligi orasida portlashdagi yonish rejimi mavjud bo’lib, yuqorida keltirilgan formalardan tezligining pastligi bilan farq qiladi.
Okis uglerod – kuchsiz xidli, rangsiz gaz bo’lib uning havoga nisbatan zichligi 0,967 ni tashkil etadi. U 15 oS temperaturada suvda eriydi. Okis uglerodning xavodagi aralashmasi portlash qobiliyatiga ega.
Okis uglerodning kichik konstentrastiyasida insonda bosh og’rig’i kasalligini keltirib chiqarib, xushdan ketish, tomir tortish, nafas qisish va bosh aylanish singari kasallarda namoyon bo’ladi.
Okis uglerodning oxirgi ruxsat berilgan konstentrastiyasi (PDK) inson uchun 0,02 mg/l(0,006 %xajmda) dan oshmasligi kerak.
Okis azoti – okis uglerodga nisbatan yana xam xavfli gaz bo’lib, u o’tkir xidga ega bo’lib, sariq-qo’ng’ir ranglidir. Havodagi, tuproqdagi va devordagi nam bilan reakstiyaga kirib okis azot - azotli kislotasi formasiga o’tadi.
Okis azotning oxirgi ruxsat berilgan konstentrastiyasi (PDK) inson uchun 0,005 mg/l(0,0001 %xajmda) dan oshmasligi kerak.

Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling