Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Sut bilan bog‘liq mahsulotlar


Download 1.2 Mb.
bet123/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Sut bilan bog‘liq mahsulotlar:


Xalqimizning “Oqliq bo‘lsa, ochlik yo‘q” degan qadimgi hikmatida sut bor joyda ochlik bo‘masligi ta’kidlanadi. Chindan ham sutdan qatiq, pishloq,




1 Abdulahatov N., Azimov V. Oltiariq ziyoratgohlari. T.: Sharq,2005. –B. 36.
2 Bu haqda qarang: I.Jabborov. O‘zbek xalqi etnografiyasi.T., 1994. –B.166.
3 Bu haqda qarang: M.Savurov. Do‘ng‘on taomlari. T., 1989. – B.9.
4 Abdullaev U. Farg‘ona vodiysida etnoslararo jarayonlar...– B. 126.
qaymoq, suzma, chalob, ayron, qimron, qimiz, qurt singari yeguliklar tayyorlanadi. Demak, o‘tmishda kimning xonadonida sigiri bo‘lsa, ularni dahshatlik ochlik balosi qo‘rquvga sola olmagan. Chunonchi, Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida sut bilan bog‘liq taom va mahsulotlar nomi zikr qilinadi:
Uzitma – pishloq.
Ikduk – sut va qattiqdan ishlangan, suzmaga o‘xshash, yeyiladigan narsa1. Suvuq jogurt – suyuq qattiq.
Qajaq – qaymoq2.
Ikduk – sut va qattiqdan ishlangan, suzmaga o‘xshash, yeyiladigan narsa3.


  1. Guruch va don mahsulotlari bilan bog‘liq taomlar:


Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy xalqlarning an’anaviy taomlari orasida guruch va don mahsulotlari bilan bog‘liq taomlar alohida o‘rin egallagan bo‘lib, “Devonu lug‘otit turk” asarida jumladan quyidagi ma’lumotlar keltirilgan


Tuturqan – guruch4.
Qogurmach – qo‘g‘irmoch, qovurilgan bug‘doy.
Uva – bir taom oti. Guruchni qaynatib, so‘ng sovuq suvga solinadi, keyin suvini to‘kilib, shakar solinadi, sovuqlik uchun yeyiladi5.
Qavut – qag‘ut shakli ham bor. Yangi tuqqan xotinlar ovqati. Qovurilgan tariq; uni yog‘ va shakarga qorib yeyiladi6.
Korshak – tariq, qo‘noqlarning mag‘zini ayirib, suv yoki sutga qaynatib, so‘ng ustiga yog‘ qo‘yib yeyiladigan ovqatning nomi.
Qagut – so‘kdan qilinadigan bir xil ovqat. U shundayki: so‘kni qaynatib, keyin quritib, tegirmonda tortiladi, so‘ng yog‘ va shakar bilan qoriladi (ya’ni holva tolqon qilinadi). Bu sevimli taomlardandir.
Buxsi – bir xil ovqat: bug‘doyni qaynatiladi, keyin uni bodom mag‘izi bilan qo‘shib xumchaga solinadi, ustiga arpa suvi quyiladi va shu holda qo‘yib achitiladi. Bug‘doyini yeyiladi, suvini ichiladi.
Surush – doni qotmasdan burun olib, qovirib yanchib yeyiladigan bug‘doy qismi7.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Burhoniddin Marg‘inoniy davrida ham guruch va don mahsulotlari bilan bog‘liq taomlar turi turlicha bo‘lib, hozirga qadar aholining kundalik turmushida asosiy taomlar bo‘lib qolmoqda. Bu haqda elshunos olim Ulug‘bek Abdullaev shunday yozadi:


1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 130, 215.
2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 179, 181.
3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 130.
4 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 116, 475, 454.
5 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B.
6 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 178.
7 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. . 349, 385, 399, 443.
Aholi nafaqat bug‘doy, balki boshqa boshoqli ekinlar (makkajo‘xori, jo‘xori va tariq) donidan ham un tayyorlab, undan turli xildagi issiq taomlar pishirganlar. XIX asr oxirlariga kelib vodiyda jo‘xori yetishtirishga alohida e’tibor qaratilgan va aholi orasida aynan ushbu boshoqli ekin donidan tayyorlangan un va yormasidan taom tayyorlash sezilarli darajada oshdi. Xususan, jo‘xori yormasidan pishiriladigan “go‘ja”, (“go‘ja osh”) nafaqat o‘troq balki yarimo‘troq va yarimko‘chmanchi aholi orasida ham ommalashdi.
Guruchdan tayyorlangan turli xildagi ovqatlar o‘troq aholi taomnomasida alohida o‘rin egallagan. Mastava, xo‘rda, sutli osh, shirguruch, shovla, palov kabi suyuq va quyuq taomlarni tayyorlashda guruch asosiy masalliq hisoblangan. Guruchdan o‘zbek va tojik xalqlarining eng sevimli taomi-palov tayyorlangan.
Farg‘onaliklar orasida “osh” atamasi bilan keng tarqalgan ushbu lazzatli taomning bir necha xili tayyorlangan1. Ayniqsa, mahalliy devzira navli guruchdan qo‘yning yog‘-go‘shtiga tayyorlangan qovurma palov aholi orasida sevib iste’mol qilingan.
To‘g‘ri, o‘tmishda ko‘proq badavlat xonadonlargina palovni muntazam tayyorlash va iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Zero, ushbu to‘yimli, shifobaxsh, ayni vaqtda qimmatga tushadigan taomni doimo tayyorlab iste’mol qilishga aholining kambag‘al qatlamida imkoniyat bo‘lmagan, albatta. Biroq barcha xonadon sohibalari palov tayyorlashni yaxshi bilganlar.
Ekin maydonlarida yetishtirilgan mosh va loviyalarni guruch ovqatlarga qo‘shib, o‘ziga xos lazzat beruvchi “moshkichir”, “moshxo‘rda” kabi taomlar ham tayyorlanilgan.
Darvoqe, farg‘onalik yarimo‘troq aholi vakillarining o‘troq turmush tarziga o‘tib, dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan guruhlari taomlarida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu, avvalo, ular taomnomasida o‘simlikdan tayyorlanadigan oziq-ovqatlar tarkibining kengayib borishida o‘z aksini topdi. Xususan, o‘troq aholi tomonidan muntazam tayyorlanadigan xamir va guruch ovqatlar o‘troqlashgan qirg‘iz, qipchoq, turk, yuz, qurama kabi etnik jamoalar taomnomasida ham mustahkam joy ola boshladi. Bu guruhlar uchun atala, go‘ja, ugra, chuchvara kabi taomlar deyarli tez-tez tayyorlanib iste’mol qilinadigan oziq- ovqatlarga aylanib bordi. Xo‘rda, mastava, shovla va hatto palov kabi guruchdan tayyorlanadigan taomlarni ham asta-sekin ushbu etnik guruhlar o‘z milliy taomlari sifatida e’zozlaydigan bo‘ldilar.
Shubhasiz, ko‘rsatib o‘tilgan xamir va guruchdan tayyorlanadigan taomlarning o‘tmishda chorvador bo‘lgan etnik jamoalarda tarqalishi ularning turg‘un o‘zbek, tojik va uyg‘ur xalqlari bilan olib borgan izchil xo‘jalik-madaniy aloqalarining mahsulidir”2.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling