Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet64/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   147
Bog'liq
02 (3)

shahriston, qo‘rg‘on haqidagi so‘zlarida bir oz ayirma bor: qal’a Ibni Havqalga ko‘ra, shahristonda, Maqdisiyga ko‘ra, qo‘rg‘onda bo‘lgan. Qal’ada saroy ham zindon, shahristonda esa (Samarqandda va Buxoroda bo‘lgani kabi) qal’a bilan bir qatorda jome’ masjidi bo‘lgan. Iydgoh o‘rni Sirdayo sohilida bo‘lgan. Bozorlar ham shahristonda, ham qo‘rg‘onda bo‘lib, shahriston o‘zining kenligi bilan mashhur bo‘lgan.
Shahristonning besh darvozasi bo‘lgan. Bulardan to‘rtasining nomi bizga ma’lum bo‘lib, quyidagilardir: Mardkushiy (Buxoroda bo‘lgani kabi); Koson darvozasi, Masjidi jome’ darvozasi, ham Raxn (Rixan) darvozasi. Shahriston go‘zal hovuzlarga oqmoqda bo‘lgan bir ko‘p ariqlar bilan sug‘orilgan. Bu ariqlarning yoqalari g‘isht va oxak bilan to‘shalgan bo‘lgan. Imoratlar loydan bo‘lib , hashamatlilari shahristonda joylashgan. Ibni Havqalga ko‘ra, shaharning kengligi (daryo bo‘yicha cho‘zilgan tomoni yoki butun shaharning doirasi bo‘lsa kerak) uch farsax (24 chaqirim) miqdorida bo‘lgan. Maqdisiyga ko‘ra, Axsiket Falastindagi mashhur Ramla shahridan ham katta bo‘lgan. Bu Ramla shahri kengligini bir mil, uzunligining undan bir oz ortiqroq bo‘lganligi bayon etiladir.
Axsiketning atrofida ikki farsax qadar bog‘lar cho‘zilib ketgan. Daryonning ikkinchi yoqasida to‘qaylar, o‘tloqlar ulardan keyin bir manzil qadar qumlik bo‘lgan. Farg‘onaning janubiy qismi bilan Axsikat bir necha yo‘llar vositasi bilan bir- biriga bog‘langan: dala ham cho‘l orqali Xo‘qanddan Axsiketga to‘g‘ri bir yo‘l (7 farsax) bo‘lgan. Bu yo‘l bilan Axsikat darvozasiga kelganlar. Undan so‘ng daryo orqali o‘tganlar. Bundan anglashiladiki, Axsikat qo‘rg‘onining bir qismi Sirdaryoning janub yoqasida bo‘lgan. Shunga o‘xshash Xo‘qanddan Bobga (hozirga Pop 5 farsax) va undan Axsikatga borish mumkin bo‘lgan”.1
Ibrat va V.V. Bartoldlarning Axsikent bo‘yicha tadqiqotlaridan bu kunga qadar salkam bir asr vaqt o‘tdi. Bu uzoq vaqt davomida Farg‘ona vodiysining qadimgi poytaxt shaharlaridan biri bo‘lgan Axsikentda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari va Axsikent tarixi bilan bog‘liq o‘nlab ilmiy maqola va kitoblar chop etilgan2. 2009 yili “Mumtoz soz”


1 Bartold V.V. Mo‘g‘ullar davrida Turkiston...– B. 111.
2 Bu haqda qarang: Axrarov I. Issledovaniya gorodiщa Axsiket v 1960 g. // Obщestvennыe nauki Uzbekistane, № 8. Tashkent, 1962; Axrarov I. Novыe arxeologicheskie materialы gorodiщa Axsiket XIV-XV vv. // Obщestvennыe nauki Uzbekistane, № 8-9. Tashkent, 1969; Axrarov I. A. K istoricheskoy topografii Axsiketa // Srednevekovыe goroda Sredney Azii i Kazaxstana, L. 1970; Chulanov Yu.T. Gorodiщe Axsiket // SA. № 3. M., 1963; Voronina V.L. Bronzы Axsыketa iz kolleksii A.I.Smirnova // Srednyaya Aziya v drevnosti i srednevekove (istoriya i kultura) M.,1977; Axrarov I., Mirzaaxmedov D. Keramika i steklo Axsiketa // Xudojestvennaya kultura Sredney Azii, IX-XIII vekov. T., 1983; Anarbaev A.A. Issledovaniya srednevekovoy Ferganы (po materialam Axsiketa) // Kultura i iskusstvo Kirgizii. Vыp. 2. L., 1983; Anarbaev A.A. Axsikent v drevnosti i srednenevekove // SA.№ 1. M., 1988; Anarbaev A.A., Inevatkina O.N. Stratigraficheskoe izuchenie Shaxristana I gorodiщa Eski Axsi // IMKU, vыp.24, Tashkent, 1990; Ilyasova S.R. Axsiketskie chiragi // IMKU, vыp.24, Tashkent, 1990; Papaxristu O.A., Baratova L.S. Keramika iz stratigraficheskogo raskopa № 9 gorodiщa Eski Axsi (Axsiket) // IMKU, vыp.24, Tashkent, 1990; Anarbaev AA., Axrorov I. Banya srednevekovogo Axsikenta // IMKU, vыp.25, Tashkent, 1991; Anarbaev A.A. Goroda Severnoy Ferganы v drevnosti i rannem srednevekove // Obщestvennыe nauki Uzbekistane, № 1-2. Tashkent, 1994; Anarbaev A.A. Izuchenie odnogo iz remeslennыx kvartalov srednenevekovogo Axsikenta // IMKU, vыp.30, Tashkent, 1999; Anarbaev A.A. Axsikentskiy pogreb XI v. // Arxeologiya,
nashriyotida chop etilgan Axsikentning ko‘hna tarixiga oid lavhalarni o‘zida jam etgan “Axsikent” kitobi ham shular jumlasidanadir1.Biroq mazkur kitobimizning mavzuviy doirasidan chiqib ketmaslik uchun Axsikentda bir necha o‘n yillar davomida qazishma ishlarini olib borgan qadimshunos olim Abdulhamid Anorbevning “Qadimgi va o‘rta asrlarda Axsikent” nomli maqolasidan ayrim ma’lumotlarning keltirib o‘tmoqchimiz.
Shahriston atrofida 350 gektardan ziyodroq territoriyani rabod egallagan. Arab sayyohlarining ma’lumotlariga qaraganda, rabod xududida chiroyli bog‘u bo‘stonlar, boy-badavlat odamlarning uylari bo‘lgan. Arxeologik izlanishlar natijasida rabodning shahristonga sharq va g‘arb tomondan tutashgan joylarida ham hunarmandlar qarorgohi bo‘lganligi aniqlandi. Sharq tomonida, degrezlar va temirchi ustalar mahallasining yonginasida, shaxristonning sharqiy darvozasi ro‘parasida X-XII asrlarga oid hammom ham bo‘lgan. Uning devorlarida saqlanib qolgan rasm qoldiqlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Xonalarining devorlari 200 yil davomida ellik martacha nam va suvga chidamli maxsus qorishmalar bilan suvalgani ma’lum bo‘ldi. Har safargi suvoq ustidan juda chiroyli geometrik shaklda gullar tushirilgan, ba’zi xonalari esa oddiy kulrang bo‘yoq, bilan bo‘yalgan. Hammom ichi doimo ozodalikda saqlangan ekan. Ishlatilgan suv quvurlar xamda pishiq g‘ishtli tunnel yordamida sopol osti orqali maxsus tashnavga tushirilgan .

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling