Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Tabiiy ekologik sharoitning qulayligi xamda Farg‘ona orqali o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy va janubiy tarmog‘larini Marg‘ilon orqali o‘tishi XI-XIII asr boshlarida uni as-Samoniy so‘zi bilan aytganda, “eng buyuk shaharlardan biriga” aylanishiga olib keladi.
XI asrga kelib Qoraxoniylar davlati davrida siyosiy poytaxt Axsikentdan O‘zganga ko‘chiriladi. Lekin, arxeologik materiallarining ta’kidlashicha, Axsikent XI-II asrlarda xam avvalgidek, butun Farg‘ona vodiysining iqtisodiy markazi bo‘lib qolaverdi. Axsikent bu davrda ham Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan eng yirik shaxarlardan biri bo‘lib qoladi. Bu yerga Xitoydan, O‘rta Yer dengizi atrofi mamlakatlaridan, Hindistondan uzluksiz savdo karvonlari kelib turgan... XIII asrning 19-20 -yillarida Axsikent mo‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron qilinadi. Yuqorida tilga olingan vodoprovod, saroylar, jome masjidi buzib tashlanadi, ustasi farang Axsikent ustalari bo‘lsa qul qilib Mo‘g‘uliston tomon olib ketiladi”1. Aytib o‘tish joizki, mo‘g‘ullar bosqinidan ko‘p vaqt o‘tmay Axsikent Farg‘ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sifatida qisqa fursatda yana o‘zining avvalgi mavqeini tiklab olishga ulgurgan. Binobarin, temuriylar davriga oid yozma manbalarda Axsikent nomi tez-tez tilga olib turilgan. Temuriylar hamda o‘zbek xonlari davriga kelib shahar ko‘p hollarda Axsi qal’asi, Axsi qo‘rg‘oni. Axsikand, nomi bilan qayd etiladi2. 1 Anorboev A. Qadimgi va o‘rta asrlarda Axsikent // O‘zbekiston tarixida qadimgi Farg‘ona. T.: Fan, 2001.– B. 14-22. 2 Bu haqda qarang: Muhammad Solih. Shayboniynoma / Nashrga tayyorlovchi: Nasrullo Davron. T., 1961; Zayniddin Vosifiy. Badoe’ul vaqoe’ / Forsiydan N.Norqulov tarjimasi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979; Sayf ad-adin ibn damullo Shax Abbos Aksikenti jana anыn uulu Nurmuxammed. Tarыxtardыn jыynagы.(Majmu atut-tavorix). Bishkek.: Akыl, 1996; Muhammad Olim Shayx Azizon. Lamahot. Tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi K.Kattaev. T.:Fan, 2007; Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn.II jild ikkinchi qism. Fors tilidan tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi Asomiddin O‘rinboev. T.: O‘zbekiston, 2008; Mirzo Muhammad Haydar Ko‘ragon. Tarix-i Rashidiy. Urumchi.: Shinjong xalq nashriyoti, 2008; Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an. Musaxxir al-bilod.Fors tilidan tarjima, izohlar va ko‘rsatkichlar mualliflari Ismoil Bekjonov, Dilorom Sangirova. T.: Yangi asr avlodi, 2009. Ma’lumotlarga ko‘ra, Axsi shahri 1620 yilda ro‘y bergan va favqulodda kuchli zilzila oqibatida halokatga uchragan. Keyinchalik Axsida yuz bergan zilzila to‘g‘risida XVI asrning yarmi – XVII asr boshlarida yashab o‘tgan Tohir Muhammad binni Imoduddin Sabzavoriy “Tarixi tabaqot ut-tohiriy” kitobida ma’lumotlar keltiradi. Mazkur ma’lumotlar Is’hoqxon to‘ra Ibratning “Tarixi Farg‘ona” asarida o‘z ifodasini topgan: “Valekin “Tarixi tabaqot ut-tohiriy”da mstdurki: “Lar Farg‘ona zilzilai azim voqe shude dar sanai 1035 hijriy dar poytaxte Farg‘ona ke dar on hin Axsi bude ast. Bar nahaj vayron gardida ke chandin hazor muadumon dar zire imorat monde. Dar ro‘zi avval behaftod nuubat harakatash rasida to muddate shash moh imtidod yofte”. Tarjimasi: Hijriy 1035 (milodiy 1625) yil Farg‘onada kuchli zilzila sodir bo‘lgan. U vaqtda Farg‘onaning poytaxti Axsi edi. Natijada yerlar varoynaga aylanib, bir necha ming kishilar imoratlar ostida qolib ketganlar. Dastlabki kun yer silkinishi 70 maratagacha yetgan va olti oy davom etgan1. Bu haqda tarixchi olim Yo‘lchi Qosimov (1938-1996) shunday yozadi: ““Mintaqalar ajoyibotlari” (“Ajoyib at-taboqat”) asarida yozilishicha, muallif zilzila oqibatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Mazkur tarixiy manbada Axsikentda ro‘y bergan zilzila shunday tasvirlanadi: “Hijriy yili bilan 1030(1035) yilda Axsi viloyatida shunday zilzila bo‘ldiki, Sirdaryodan chayqalib chiqqan suv daryo chetidagi dalani bosib ketdi, suv bilan chiqarib tashlangan baliqlar tipirchiladi :va o‘ldi. Katta daraxtlar ildizubilan yulinib, yerga tushdi. Imoratlar kattiq va tez-tez zilziladan vayron bo‘lib, ko‘p odam yiqilgan imoratlar ostida qolib o‘ldi. Ko‘p odamning oyoq-qo‘li sindi, hayvonlar qo‘rqinchdan dalalarga qarab kochdi. Olti oygacha zilzila shunday bo‘lib turdi. Masalan: birinchi kuni zilzila 70 martagacha borib yetdi. Shunisi qiziqki, eng qattiq zilzila Axsi qo‘rg‘onnning inida bo‘lib, atrof kishloqlarda uncha kattiq bo‘lmadi. Shahardan bir farsax ( 17 chaqirim)erda hech qanday tovush eshitilmadi”. Ana shu vayrongarchiliklardan so‘ng Axsi qal’a shahri qayta tiklanmadi. Omom qolgan aholi atrof f chekkalarga ko‘chib ketdi”2. Ma’lumki, IX-XII asrlar Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy hayotida Renesans (Uyg‘onish) davri hisoblanadi. Aynan shu davr dunyo sivilizatsiyasiga ulkan xissa qo‘shgan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Zayd Balxiy, Ibn Iroq, Masihiy, Beruniy, Inb Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Abu Mansur Moturidiy va Burhoniddin Marg‘inoniy singari buyuk allomalarni yetishtirib berdi. Ular tomonidan yaratilgan asarlar butun jahon madaniyati xazinasiga qo‘shilgan nodir durdonalar sifatida ardoqlanadi. Shunday ekan, uyg‘onish davri madaniyati to‘g‘risida so‘z yuritmay ilojimiz yo‘q. Imkoniyatdan kelib chiqqan holda 1 Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar... 82-83. 2 Qosimov Y. Qadimgi Farg‘ona sirlari, Namangan, 1992. – B. 83. ma’lumotlarni qisqartirib, umumlashtirib va faqat ko‘zga ko‘ringan allomalar to‘g‘risida so‘z yuritib o‘tishga intildik. Kitobning maqsad va vazifasini inobatga olib, biz faqat Farg‘ona vodiysidan yashagan yoki shu yerdan yetishib chiqqan ba’zi bir allomalar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirish bilan kifoyalanib qoldik. Shunda ham Sohibi Hidoya, ya’ni Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrdagi allomalar va ko‘pincha ijtimoiy fan namoyandalari haqida so‘z yuritishga intildik. Ayniqsa, islom qonunshunosligi va boshqa diniy ilmlarda nom chiqargan olimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratildi. Sohibi Hidoya davridagi Farg‘onadagi shaharlarning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli ularning madaniy hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, Axsikent, Qubo, Marg‘inon, O‘sh, O‘zgand va boshqa shaharlarda yuksak madaniy muhit vujudga kelganligini ko‘ramiz. Bu shaharlardan yetishib chiqqan allomalar, o‘sha davr talabiga ko‘ra, o‘z nomlariga shaharlar nisbasini qo‘shib aytishni qabul qilishgan. Ayrim hollarda kichik shaharlardan chiqqan allomalar hududiy birikmaning markaziy shahrini o‘z nisbasiga qo‘shgan. Farg‘ona allomalari to‘g‘risida yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek Yoqut Hamaviy, Abu Sa’d Sam’oniy, Davlatshoh Samarqandiy va boshqa o‘rta asr adiblarining asarlarida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Yoqut Hamaviyning asarlarida Axsikentdan yetishib chiqqan aka-uka Axsikatiylar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Uning yozishicha, fiqh va tarixning zukko bilimdoni Abul Muzaffar as- Sam’oniy (1034-1095 yy; Abu Sa’d Sam’oniyning bobosi) dan ilm olish uchun Marvga Axsikatdan Ahmad ibn Qosim al-Axsikatiy (1073 yilda tug‘ilgan) va uning ukasi Muhammad al- Axsikatiylar kelishgan va adabiyotshunoslik fani bo‘yicha dars olishgan. Adabiyot va uning qoidalarini chuqur o‘rganishgan. Yoqut; “...aka-uka Axsikatiylar bu shaharda shunday adib bo‘lib yetishdilarki, bu sohada ularga yetar kishi bo‘lmagan”, deb yozadi. O‘z navbatida Ahmad al-Axsikatiyning keyinchalik Marvda murabbiylik qila boshlagani va undan Abu Sa’d Sam’oniy tahsil ko‘rganligini ham ta’kidlab o‘tadi. Yoqut, al-Axsikatiyning Markaziy Osiyoda filologiya fani rivojiga qo‘shgan xissasini uning shogirdi - Abu Sa’dning quyidagi ta’rifi bilan yanada kengroq izohlaydi: “U (Axsikatiy) maqtovga sazovor va mohir adib edi, gramatika, lug‘atshunoslik sohasida qo‘li baland, she’riyat va badiiy adabiyotda kafti keng edi. U katta yoshdagi ulug‘ adiblar jamoasiga yaqin turardi, ular bilan sheoriyat bobida munozaralar olib borar va mushoiralarda mashhur shoirlar bilan bellashardi. Xurosonning talaygina olimlari undan ta’lim olgan”. Shuningdek, Yoqut Abu Rashod Ahmad al-Axsikatiyning quyida baytini ham keltirgan bo‘lib azmuni quyidagicha: “Mening yerimdan boshqa joydan chiqqan kishilar ziqna bo‘ladi. Ammo mening Axsikatim shanday onaki, saxiy kishilardan boshqani yetishtirmagan”1. 1 Hikmatullaev H., Shoisloimov Sh. Yoqut Hamaviy...– B. 28. Axsikatiylar to‘g‘risida Sam’oniyning o‘zi ham qimmatli ma’lumotlar keltiradi: “Undan (Axsikentdan) o‘tmishda va hozirda ko‘plab olimlar yetishib chiqqan. Ular jumlasida avvalo Abulvafo Muhammad ibn Muhammad ibn al-Qosim ibn Hayzu al-Axsikatiy ham bo‘lib, u adabiyot sohasida tenggi yo‘q bilimdon va go‘zal sheorlar muallifi edi. U ko‘plab asarlar bitdi va tarixdan yaxshigina xabardor edi. U Axsikatda Abulqosim Mahmud ibn Muhammad as-So‘fiydan ta’lim oldi. Men u bilan bir necha bor uchrashganman va uni tinglaganman. U 520 (1126) yilda vafot etdi va uzoq Sinjor (Mavrdagi qabristonlarlan biri) da dafn etildi. Uning akasi Abu Rashid Axsikatiy ham tengi yo‘q adib, ajoyib sheorlar muallifi va mohir notiq edi. Uning qo‘lida Xurosonning ko‘plab olimlari tahsil ko‘rgan. Men unda Xalil ibn Ahmadning “Adabiyot kitobi” to‘g‘risida tingladim. U menga bu narsani as- So‘fiydan, u esa Abu Ubayda al-Farg‘oniydan, u esa muallifning o‘zidan eshitgan. U 530 (1136) yili vafot etdi va ukasining yoniga dafn qilindi”. XII asrda yashab o‘tgan yana bir alloma Najmuddin an-Nasafiyning Samarqand ulamolari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beruvchi “Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand” (Samarqand ulamolari xotirasiga doir qanddek shirin kitob) asarida o‘z davrining ulug‘laridan biri Abdulloh ibn Qoid Axsikasiy haqida ma’lumotlar keltirilgan: “Abdulloh ibn Qoid ibn Aqiyl ibn al-Husayn ibn al-Husayn ibn Ahmad ibn Ali ibn Ahmad ibn Ibrohim ibn Muhammad ibn Hamza ibn Ubaydulloh ibn ad-Husayn ibn Ali ibn al-Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib (raziyallohu anhum) al-Axsikasiy – Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy bunday deydi: “Abdulloh ibn Qoid haj yo‘lida (hajga borishimda) menga hamrohlik qilgan bo‘lib, men bilan birgalikda Iroq va Hijoz shayxlaridan hadis tinglagan edi. U hijriy 461 (milodiy 1068) yil, 10- jumod al-uvlo, shanba kuni Axsikas(Axsikat)da dunyoga kelib, hijriy 515 (milodiy 1022) yildan keyin Samarqandda vafot etgan”1. Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyidlar xonadoniga mansub Abdulloh ibn Qoid Axsikasiyning avlod va ajdodlari nafaqat Axsikentda balki Marg‘ilon, Koson singari Farg‘ona shaharlarida ham diniy ilmlarni egallagan yetuk olimlar sifatida mashhur bo‘lganlar2. Sam’oniyning ma’lumotlari bizga bir narsani, u ham bo‘lsa, XII asrda Farg‘onada yirik filologiya maktabi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Shunday maktablarda tahsil olgan yana bir axsikatlik olim Asiriddin Axsikatiy to‘g‘risida Davlatshoh Samarqandiy(tax. 1435-1495) quyidagilarni keltiradi: “Donishmand va fozil kishi ermish. So‘zamollikda oliy martabaga ega erdi. Hoqoniyning hamasrlaridan. Asli turkistonlik, Farg‘ona qishloqlaridan bo‘lmish Axsikatdandir. Ammo Iroqi Ajam va Ozarbayjon yerlarida sokin erdi. Halhol va Musil hokimi uni huzuriga taklif etdi va umrining oxirini o‘sha yerda o‘tkazdi. Otabek Eldigiz Asiriddin suhbatiga mushtoq erdi, lekin uchrashish va suhbat (unga) muyassar bo‘lmadi. U (Axsikatiy) ning bordi-keldi va dunyoviy ishlardan voz kechishga tamom mayli bor edi. Anvariyga javoban bir qasida yozdi... va nafsini qanoatga 1Najmuddin an-Nasafiy. Samarqandiya...86. 2Babadjanov B., Muminov A. Al-Aradj // Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imperii. Tom I. M.: Vostochnaya literatura, 2006. S. 40. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling