Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet68/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Maxfiy qolmasinki, Momo Xotun ziyoratgohi Axsikentda voqedir”2.
Axsikentlik olimlar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz XVI asrda yashab o‘tgan tarixchi Sayfiddin va uning o‘g‘li Nurmuhamad Axsikandiylarning nomini alohida tilga olib o‘tish lozim. Chunonchi ularning “Majmu at- tavorix” asarida garchand yarmi afsona yarmi tarixiy voqealar aks ettirilsada, biroq turkiylarning 92 urug‘i yuzasidan qimmatli ma’lumotlarni beradi3. Qolaversa, Qoraxitoylarning Farg‘ona shaharlariga qilgan hujumlari va aholining ko‘rsatgan qarshiliklari to‘g‘risida rivoyatlari boshqa adabiyotlarda uchramaydi4.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Axsikent ilmiy muhitida tarbiya topgan allomalar tarix, adabiyot, tilshunoslik va, albatta, islom ilmlarining ko‘plab sohalarida ijod qilganlar va turli ilmiy yo‘nalishlarda yuksak martabalarga erishganlar Buning sababi esa, bu yerda maorif va ilm-fan rivojini rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlar mavjud bo‘lganligidir. Axsikentda mavjud bo‘lgan maktab, madrasalar va, umuman, ta’lim tizimi faoliyatiga bag‘ishlangan tadqiqotlar hali oldinda. Biroq, shahar nomini ismiga nisba sifatida zikr qilingan olimlarning ilmiy merosi va ijodiy




1 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.50-53.
2 Muhammad Mufti Ohangaroniy. Mavlono Lutfulloh manoqibi. T., 2002. – B. 52.
3 Sultanov I.T. Opыt Analiza Traditsionnыx spiskov 92 «Plemen Ilatiya»// Srednyaya Aziya v drevnosti i srednevekove (istoriya i kultura) M.,1977.S. 169.
4 Bu haqda qarang: Majmu at-tavarix (per.s. tadjikskogo V.A.Romondina) // Materialы po istorii kirgizov i kirgizii. M.: Nauka, 1973; Sayf ad-adin ibn damullo Shax Abbos Aksikenti jana anыn uulu Nurmuxammed. Tarыxtardыn jыynagы.(«Majmu atut-tavorix»). Kotorgondor: “Moldo Mamasabыr Dosbolov Jana Omor Sooronov. Bishkek.: Akыl, 1996.
faoliyati haqida keltirilgan mo‘jaz ma’lumotlarning o‘zi ham Axsikentda ilm- fan yuqori darajada rivojlangan, deb xulosa qilishga asos bo‘la oladi1.
So‘zimiz oxirida Axsikent atamasi xususida tarixchi olimlarimizning ayrim fikrlarini keltirib o‘tmoqchimiz. Jumladan, akademik A.Asqarovning fikricha, mazkur shahar turkiy Oxsukat – “oq suv yoqasidagi shahar” degan so‘zdan kelib chiqqan2. Shamsiddin Kamoliddin esa bu haqda yana bir boshqa taxmini keltirib, turkcha oq va so‘g‘dcha kat, ya’ni “oq shahar” bo‘lishi mumkin degan fikrni bildiradi3. Sharqshunos G‘.Boboyorov ham shu fikrga qo‘shilib, ehtimol “oqish (oq tusli) shahar” bo‘lishi mumkinligini aytadi4. Toponomist olim S.Qoraev ham Axsikent xususida jumladan shunday yozadi: Axsikat Farg‘ona vodiysidagi qadimiy shahar, Namangan tumanidagi Axsi qishlog‘i yonida bo‘lgan. Dastlab Tojikistondagi Mug‘ tepaligidan topilgan sug‘d hujjatlarida (8-asr) tilga olingan...Balazuriy asarida Xshikat shaklida tilga olingan. Sug‘dshunoslarning fikricha, Axsikat (Xshikat) “oq shahar” demakdir. Axsi o‘zagi qadimiy tillarda biror ma’noni anglatgan turdosh ot bo‘lsa kerak. Chunki Axsi degan toponimlar bir necha marta takrorlanadi. To‘raqo‘rg‘on, Uychi tumanlarida, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi hududida ham Axsi (Aqsi) qishloqlari bor”5.
Biroq ushbu fikrlar Axsikent nomini kelib chiqishi yuzasidan tugal bir xulosa beradi deb o‘ylaymiz. Chunki Axsi (Aqsi) atamasiga yaqin bo‘lgan Oqsu nomini kelib chiqishini uyg‘ur olimlari ham ayrim fikrlarni bildirgan edilar. Jumladan, uyg‘ur olimlari Niyoz Karimiy va Zubayda Sattorlarning “Diyorimizdagi bir qism yer nomlari haqida” nomli kitobida Oqsu atamasi xususida ushbu ma’lumotni keltiradilar:
“ “Oqsu” degan nom to‘g‘risida ba’zilar “Oqsu daryosining suvi oq bo‘lgani uchun suvning rangiga qarab Oqsu deb atalgan” deb izohlashadi. Bu haqda “Jaloldin Keytagiy va To‘g‘luq Temurxon haqida qissa” nomli kitobda bundoq yozilgan: “Abul Fattoh xo‘ja kuchaliklar bilan xushlashib 500 odamni hasharga olib Ardavil (Oqsu)ga keldi. Qarab ko‘rganda jarning tubi changal edi. U bu ahvol yomon bo‘ldi deb Oqsu daryosining bir bo‘g‘zini to‘sdi. Ikki tog‘ning orasi suvga to‘ldi. To‘g‘onni ochib suv quyib berdi. Suv bilqilab oqdi. Shu sababdan bu yer o‘shandan boshlab “Oqsu” deb ataldi”.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling