Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Arxeologik materiallar va yoz manbalarning guvohlik berishicha milodiy eraning VI asridan boshlab, to arablar istilosigacha Kosonda Turk xoqonligining ishonchli davlat vakillari o‘tirgan. Shaharning arki-a’losi va salobatli mudofaa devorlarining qoldiqlari shu kunlarda ham qad ko‘tarib turibdi.Tadqiqotlar davomida oz bo‘lsada shahar hunarmandlari yasagan har-xil sopol idishlari topildi. Idishlar o‘zining yasalish texnikasi va texnologiyasi jihatidan yuqori sifatli bo‘lib, ularni shahar hunarmadlari yasaganligi ko‘rinib turibdi. IX-XI asrlarga kelganda qadimgi Koson shahri o‘zining avvalgi siyosiy maqeini yo‘qotadi, ya’ni manbalarda poytaxt shaharlar qatorida tilga olinmaydi. Lekin u Kosonsoy vohasining iqtisodiy va madaniy markazi sifatida hozirgi Kosonsoy o‘rniga ko‘chadi. XII asrda esa Koson ko‘p pog‘onali Qoraxoniylar saltanatining poytaxt
1O‘sha asar. O‘sha bet. 2 Bu haqda qarang: Bernshtam A.N. Istoriko-arxelogicheskie ocherki sentralnogo Tyan- Shanya i Pamiro-Alaya.(MIA). M.-L., 1952. № 26; Zadneprovskiy Yu.A. Issledovanie drevnego Kasana // AO. 1983 goda. M., 1985; Anarbaev A.A. Kasan gorod-stavka, lager-krepost // Fergana v drevnosti i srednevekove. Samarkand, 1994. shaharlaridan biriga aylanadi. Bu yerda Qoraxoniylar davlatining xazinaxonalaridan biri joylashagan bo‘lib, tanga pullar zarb qilingan”1. O‘rta asrlarda nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Movarounnahrning siyosiy-ijtimoy va madaniy turmushida Koson shahri va Kosoniylar nisbasi bilan mashhur allomalarning o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan. Sam’oniy bu borada Qoraxoniylar hukmdorlari Xizrxon (1080-1089) va uning vorisxo‘ri Ahmadxon (1089-1095) davrida Samarqandning qoziligidan vazirlik darajasiga tayinlanib, so‘ngra o‘ldirigan Abu Nasr Ahmad ibn Sulaymon al-Kosoniy nomini tilga oladi2. Qolaversa, Qoraxoniylar davridagi Movarounnahr fiqx maktabining mashhur vakillaridan biri, “Malik al-ulamo” unvoniga sazovor bo‘lgan Alo’ ad-din Abu Bakr ibn Masud ibn Ahmad al-Kosoniy (1110-1191) Kosonda tug‘ilib o‘sgan edi3. Najmuddin an-Nasafiyning “Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand” asarida yana bir kosonlik olim Abuljud Ato al-Kosoniy nomi tilga olinadi: “Abuljud Ato ibn Ahmad ibn as-Sodiq al Xolidiy al-Kosoniy – qozi imom. (Yirik lashkarboshi, “Ollohning qilichi” degan faxriy unvon sohibi) Xolid ibn al- Valiyd raziyallohu anhuning avlodlaridan bo‘lib, uzoq vaqt Samarqandda yashagan, so‘ng Kosonga qaytib, o‘sha yerda shahid bo‘lgan”4. Jamol Qarshiyning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, unga bolaligida ustozlik qilgan zot ham kosonlik bo‘lgan: “Zahir al-milla va-d-din Ashraf ibn Najib ibn Muhammad al- Kosoniy. U shundayki zotki onalar xali unga o‘xshashini dunyoga keltirmagan... Yoshim hali 12 ga to‘lmasdan burun men uni Olmaliqda uchratdim va uning har doim oldida turuvchi “ al-Arabiyat fi tarjimat al-Qur’on” asarini o‘qiy boshladim. 640 (milodiy 1242) yilning boshida u menga Payg‘ambar (s.a.v.) hadislaridan o‘rgatdi... Oradan bir necha yil o‘tib u (Olmalig‘dan) Qoshg‘arga keldi va 659 yilning muharrama oyida (1260 yil dekabr – 1261 yil yanvar) shu yerda olamdan o‘tdi”5. Taniqli sharqshunos olim A. Xo‘jaev o‘zining “Buyuk ipak yo‘li – hayot va taqdirlar daryosi” maqolasida o‘rta asrlarda Xitoy poytaxti Pekinda mudarrislik qilgan kosonlik olim haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi: “Xitoyga borib faoliyat ko‘rsatgan ajdodlarimiz orasida olimlarning o‘rni nihoyatda katta bo‘lgan. Afsuski, bu haqdagi ma’lumotlar hamon xalqimiz uchun noma’lumligicha qolmoqda... Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling