Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
ma’lumotlariga ko‘ra, Koson mahalliy Farg‘ona hukmdorlarining poytaxti bo‘lgan edi”1.
Aytib o‘tish joizki, 712 yili arab lashkarboshisi Qutaybani ibn Muslim Bohiliyning Farg‘ona vodiysiga qilgan birinchi yurishida faqat Xo‘jand va Koson shaharlari nomlari bejiz tilga olinmaydi. Bu to‘g‘risida tarixchi Tabariyning “Tarixi at-Tabariy” nomli asarida ma’lumot uchraydi2. Bu esa Koson shahrini siyosiy va iqtisodiy jihatdan qudratli shahar bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu sababdan ham “Safed Bulon qissasi”da Ibrohim Shoh Jarirga Farg‘onaga qilgan yurishida birinchi bo‘lib, Kosonga hujum qilmaslikni maslahat beradi: Dedi, Ibrohim, ey shoh-i jahonim, Sanga bo‘lsin fido tan ichra jonim. Bu Ixshit mug‘-i purfusun ayyor, O‘n ikki ming kishiga erdi sardor. U yerga borsangiz xo‘b emasdur, Anga sa’e etmog‘imiz xo‘b emasdur. Oning o‘rtosida daryoyi Sir bor, Borib kelmak anga bisyor dushvor. G‘azot istasangiz bu yonda ham bor, Urushsangiz topulur mug‘i bisyor. Bu yonda bor turur Qubo degan shahr, Ulug‘ini oti Xushdod bad qahr3. Shu o‘rinda yana bir ma’lumotni keltirib o‘tmoqchimiz. Hijriy 200 yili (milodiy 816) Abbosiylar xalifasi al Ma’mun4 lashkarboshisi Zurriyasatayn al-Fadl ibn Sahl tomonidan olib kelingan va Makkadagi xalifalik xazinasida saqlanayotgan Qobulshoh taxti va toshtaxtasini Ka’baga olib kelishiga farmon beradi. Uning maqsadi toshtaxtaga o‘zining islom oldida ko‘rsatgan xizmatlarni o‘ydirib shu bilan o‘z hokimyatining mustahkam va qudratli ekanligini ifodalash edi. Aynan shu taxtatoshga bitilgan so‘zlarda quyidagi jumlalar uchraydi: “Va u (Zurriyasatayn) taxtni Tibet suvoriylari ila Iroqqa yubordi… Va u O‘tror viloyatini zabt etishga urindi. U chegara hokimin qatl etdi va qarluq jabg‘usining o‘g‘illarini va xotinini asir oldi. O‘zini esa qimoqlar yurtiga qochishga majbur etdi. Shundan so‘ng Koson shahrini egalladi va arablarga Farg‘ona qal’alarining kalitlarini yubordi”5. Ushbu yozuvlarni arab tarixchisi Abul Valid 1 Masson Ye.M. Iz vospominaniy Sredneaziatskogo arxeologa...S.163-164. 2 Istoriya at-Tabari. T.: Fan, 1987. S 114. 3 Shoh Hakim Xolis. “Shohi Jarir qissasi”. Mazkur qo‘lyozma Buvayda tumani Buvimozor qishlog‘ida yashovchi Odinaxon Shermatova xonadonida saqlanadi.. 4 Ma’mun – Abbosiylar sulolasining yettinchi xalifasi (813-833). Horun ar-Rashidning eronlik kanizagidan bo‘lgan o‘g‘li. Ma’mun ilm-fanga homiyligi bilan shuhrat topgan. 5 Mixaylova A.I. Novыe epigraficheskie dannыe dlya istorii Sredney Azii IXv // Epigrafika Vostoka. V. M.-L., 1951. S 17. Muxammad al Azraqiy o‘zining “Kitob axbori Makka” nomli asarida keltiradi. Uning aytishicha, ushbu ma’lumotlarni Ka’badagi toshtaxtadan ko‘chirib yozgan ekan1. Biz ushbu ma’lumotni bejiz keltirmadik. Zero, xalifa Ma’mun zamonidan boshlab kimki Ka’ba ziyoratiga kelsa undagi toshtaxtadagi tarixiy bitig orqali Farg‘ona va Koson to‘g‘risida voqif bo‘lgan va bu o‘z navbatida Koson nomini mashhur qilganligi shubhasiz. Shu boisdan ham “Safed Bulon qissasi” dostonida bo‘lib o‘tadigan voqealarning asosiy qismi Kosonda yuz berishi ham Kosonni xalifalikda ham yaxshi bilganliklari tufayli mazkur shaharni tarixiy dostonga kirganli ehtimoldan xoli emas. Kosonsoy bo‘yida joylashgan qadimgi Koson xarobalari o‘tgan asrning birinchi yarmidayoq qadimshunoslar tomonidan o‘rganila boshlangan va shu kunga qadar har doim tarixchilarimiz diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan2. Ayniqsa, yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng qadimgi Kosonsoy shahrini o‘rganish borasida tadqiqotlar keng yo‘lga qo‘yildi. Jumladan qadimshunos Abdulhamid Anorboev boshchiligida hozirgi Kosonsoy shahri yonginasida joylashgan Mug‘tepa yodgorligi va uning atrofida arxeologik qazilmalarni o‘tkazib kelinayotganligi fikrimizni tasdiqlaydi. Anna shunday tadqiqotlardan biri 2002 yilda ham olib borilgan bo‘lib, bu haqda qadimshunos A. Anorboev quyidagi xulosalarni keltiradi: “Xulosa qilib aytganda, miloddan avvalgi I asrda Kosonsoyning chap sohilida hozirgi Mug‘tepa yodgorligi o‘rnida qadimgi Koson shahriga asos solinadi. Koson Kosonsoyning chap sohilidagi tabiiy tepalik ustida, strategik jihatdan eng qulay joyda qurilgan bo‘lib, qadimgi Farg‘ona podsholarining yozgi qarorgohi sifatida uzoq yillar tarix sahifasida qoladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling