Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
o‘qib ko‘rdi-da Imom Muhammad Naqiga odam yubordi. Kufaga keldi. Imom Muhammad Naqi xalifaning kuyovi edi. Imom Muhammad Naqi sulton Muhammad xorazmshoh maktubini o‘qidi-da, Imom Ibrohim Zarbag‘ish (Zaranjish)ga xat yozishni buyurdi. Yozilgan xatga muhrin bosib, unga xalifaning ham muhrin bosib (Imom Ibrohim boshchiligida) ming odam qo‘shib ketishga ijozat berdi. Hazrati Imom Muhammad Naqi o‘ninchi imom edi.
Imom Ibrohim Zarbag‘ish Olloh taologa tavakkal qilib, Bag‘doddan chiqib yo‘l oldi. Qancha yurib Xorazmga yetdi. Sulton Muhammad xorazmshoh yo‘ldan kutib oldi. Sulton Muhammad Imom Ibrohim Zarbag‘ishni ziyorat qilib, Xorazmga olib kirib taxtga o‘tqazdi va qizini unga turmushga berdi. Bir yildan so‘ng Imom Ibrohim o‘g‘illik bo‘ldi. O‘g‘liga Imom Ali deb ism qo‘ydi. Shundan so‘ng Imom Ibrohim Kosonga otlandi. Sulton Muhammad xorazmshoh 3 ming yigit bilan yo‘lga kuzatib qo‘ydi... Hazrati Imom Ibrohim Kosonga yetib kelganda Go‘rxon askarlarini olib maydonga chiqti. Ikki taraf bir-biriga yuzma-yuz bo‘ldilar. Imom Ibrohim o‘n tomonidagi qo‘shinga Lurxonni chap tomonidagi qo‘shinga Lur buzrugni sardor etdi. Botirlar urush maydoniga kirishib, bir kechayu bir kunduz jang jang qildilar. Dushman yengila boshladi. Go‘rxon qurshovga olingan payt qalmoqlar qutqarib olib ketishdi. Imom Ibrohim Kosonni olib islom obod qildilar... O‘shal chog‘da Kosonda 8 ming xonadon yashagan. Koson ularga torlik qilib, Imom shahar solish maqsadida har tarafga yer tanlash uchun ot choptirdi. Kosondagi barcha joyni ko‘rib chiqandan keyin Imom Shirkent degan yerga keldi. U yerni qarasa, buloqlari shildirab (oqar), oqin suvlari ko‘p, yaxshi yer ekan. Katta daryosining suvi tiniq ekan. Imom Ibrohim yaxshi yer ekan deb bir kun ovga chiqdi. Havosini tozaligi unga yoqdi. Bu yerni shahar qilmoq bo‘lib, har yoqdan odamlarni ko‘chirib olib keldi. O‘nta mahalla bo‘ldi. Murg‘obdan, Minjubardan, Elatondan, Uyg‘urdan Chanoqdan odamlar olib kelib, har mahallaga besh yuzdan odam o‘tirg‘izdi. Murg‘obdan kelganlarni Qishloqobod deb qo‘ydi. G‘azon, Chortog‘, Shashmin, Yamchi, Uyg‘urko‘l, Bakag‘azbal, Labjar, To‘rtko‘l, Xubbon, Tatar, kirmonliklarni barini biriktirib Shirkent deb atadilar. Murg‘obni bozor qildi. Imom Alini Shirkentga qo‘ydi-da, o‘zi Kosonda turib qoldi. Elni tariqatga chorlab, to‘qqiz yil amri ma’ruf, nahiy munkarga undab yoshi 96 ga kelganda “Imom Alini chaqirib kelinglar”dedi. Imom Alini Shirkentdan olib kelishdi. Undan keyin Lurxonni, Lur Buzrugni, Ahmadbek mo‘g‘ulni, Tulixon o‘g‘li Tug‘dor laqabli Sug‘ayxonni, Bahrom Jaloyirning o‘g‘li Sultonbekni, Otabekning o‘g‘li Qulibekni, Karkarbekning o‘g‘li To‘rabekni, Turkonbekning o‘g‘li Alibekni oldirib keldi. Barcha sardorlarni Imom Aliga bo‘ysunishlarini aytdi. Barcha sardorlar Imom Aliga qo‘l berishdi. (Imom Ibrohimni) oq suyakdan qilingan tayog‘i bor edi. Unga oq tug‘ni bog‘lab Ahmadbek mo‘g‘ulga berdi. Imom Alini o‘z o‘rniga tayinlab, Imom Muso Rizodan qolgan bir dastorni Imom Alining boshiga kiygizdi. (Imom Ibrohimga) sadoqat bilan xizmat qilgan muridlarini haqiga duo qilib hijriy bo‘yicha 530 – yili ramazon oyining 27-kuni kechasi(1136 yil, 29 iyunda) foniy dunyodan boqiy dunyoga safar qildi. (Imom Ibrohimni) Kosonga dafn etdilar... Undan keyin Imom Ali 22 yil umr ko‘rdi. Otasining o‘rnida o‘tirib elni yomon yo‘ldan qaytarib, barchaga tariqat yo‘lini ko‘rsatdi. 552 yilning rajab oyidan ikki kun o‘tganda (1158 yil 11 avgustda) [Imom Ali vafot etdi]. (U) Kosonga dafn etildi”1. Asarda keltirilgan keyingi voqealar tafsilotiga to‘xtalmaymiz. Chunki mavzudan chiqib ketmaslik uchun faqat Sayyid Jaloliddin XIV asrda yashab, qirg‘iz xalqining ulug‘ botiri Manas bilan yuz bergan voqealarda ishtirok etganligi “Majmu at tavorix”da hikoya qilinishini aytib o‘tmoqchimiz2. Shu bilan birga Is’hoqxon To‘ra Ibrat tilga olgan Jaloliddin maqbarasi aslida Imom Ibrohimning avlodi bo‘lgan Sayyid Jaloliddin nomi bilan bog‘liqliginini ham yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz. Bizningcha, Sayyid Jaloliddinning nasabi Imom Ibrohimga quyidagi tartibda ulansa kerak. Sayyid Jaloliddin ibn Sayyid Ja’far ibn Sayyid Muhammad ibn Sayyid Ali ibn Sayyid Imom Ibrohim Zarbag‘ish. “Majmu at tavorix”da tilga olingan tarixiy shaxslarni yashagan davri bir-biridan uzoq va hikoya qilingan voqealar xronologiyasi tarixiy davrlarga mos tushmasada, ammo tarixiy shaxslarning aksariyati hayotda chindan ham yashab o‘tgan va Movarounnahr tarixida muhim iz qoldirganlar jumlasidan hisoblanadi. Masalan, Tulixon, Duvaxon yoxud Sulton Muhammad Xorazmshohning o‘ninchi imom Muhammad Naqiga xat yuborishi bilan bog‘liq voqealarni olaylik. Ma’lumki, shi’alar e’tiqod qilgan o‘n ikki imomning o‘ninchisi hisoblangan Imom Ali Noqiy 868 yili hibsda o‘lgan. Demak, Sulton Muhammad Xorazmshoh bilan Imom Noqiy orasidagi yashagan davrning farqi to‘rt asrni tashkil etadi. Ammo Sulton Muhammad Xorazmshohni qoraxitoylarga qarshi kurashganligi ma’lum. Albatta zukko o‘quvchi “Majmu at-tavorix”dagi ma’lumotlarga sinchkovlik bilan yondashish zarurligini yaxshi tushunadi. Biroq nima bo‘lganda ham “Majmu at-tavorix”dagi voqealar silsilasini aksariyat hollarda Kosonda yuz berishi ushbu shaharning qadimda nafaqat Farg‘onada, balki butun Movarounnahrda ham naqar muhim salohiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling