Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
tomoni, Pop shaxri Buyuk Ipak yo‘lining eng serqatnov nuqtasida joylashgan edi. Savdo karvonlari quyidagi yo‘l, ya’ni Qashqar -O‘sh — O‘zgan — Uchqo‘rg‘on — Popga keladi. Bu yo‘l Popda ikki tarmoqqa bo‘linadi: biri dovon orqali Ohangaron Shosh-Chochga, undan Qozoq cho‘llariga, ikkinchisi Asht orqali Ustrushonaga, keyin So‘g‘d va Baqtriyaga ketgan. Shahar atrofida bu yo‘llar ahamiyatini tasdiqlovchi etnografik va toponimik materiallar hamon uchrab turadi. Hanuzgacha qadimgi Popning Sirdaryo yaqinidagi bir yo‘lini "Ulug‘ yo‘l" deb ataydilar. Bu yo‘l hozirgacha qisman saqlangan kechuv bilan tutashadi. Xullas, Pop vodiy shaharlari ichida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan yirik tarixiy markazlardan biridir” 1.
Tadqiqotchilar ro‘y bergan tovushlar o‘zgarishi tufayli Bob> Bop>Pop> bo‘lib ketganligini ta’kidlaylar2. Jumladan, toponomist olim M.Qoraev “Pop – shahar, Pop tumani markazi. Dastlab ... Bob shaklida tilga olingan. Bob asta-sekin Pop bo‘lib ketgan. Bob arabchada “darvoza” degan so‘z. Bundan tashqari Turkistonda islom dinining tarqalishiga katta hissa qo‘shgan kishi ismiga bob so‘zi qo‘shilgan”, degan ma’lumotni keltiradi. Uning Bob ya’ni kishilar ismi bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikrni olg‘a surishi bizni qadimda yashash o‘tgan Bob al-Farg‘oniy to‘g‘risidagi ma’lumotlarga e’tiborimizni qaratdi. Dastlab Turkiston Xojalari bilan bog‘liq nasabnoma va shajaralarda hikoya qilingan Bob ismli zotlar xususida to‘xtalib o‘tsak. Masalan, “Shohimardon” nasabnomasida, milodiy 767 -768 yillarda hazrat Ali ibn Abu Tolib avlodlaridan bo‘lgan hazrat Abdurahim Bob va Abujalil Bobning g‘ayridin mug‘larga qarshi ko‘p sonlik qo‘shin bilan Farg‘onaga jumladan Bob va Kosonga islom dinini tarqatish borasida yurish qilganligi naql qilinadi3. Mazkur nasabnomalarda Pop shahri Bobu Koson nomi bilan tilgan olinadi. Bundan ko‘rinidaki Bob nomi kishilar ismiga ham nisbat berilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. XI asrda yashab o‘tgan Ali ibn Usmon al-Julobiy al-Hujviriy o‘zining “Kashful mahjub li arbob al-qulub” asarida Bob laqabi bilan mashhur bo‘lgan Farg‘onalik Umar ismli avliyo haqida hikoya keltiradi4. Mazkur hikoya hazrat Alisher Navoiyning “Nasoimul muhabbat” asarida hamda Abdurahmon 1 Matboboev B. Balandtepa (Pop) shahri // Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari. T.,2008. –B.111. 2Boltaboeva I. Qo‘qon va uning atrof hududlaridagi toponimlarni o‘rganishda “Boburnoma”ning ahamiyati // “Qo‘qon asrlar silsilasida” Respublika ilmiy-nazariy konfreniyasi materiallari. Qo‘qon, 2004. – B. 111. 3 Islamizatsiya i sakralnыe rodoslovnыe v Sentralnoy Azii: naslediya Isxak Baba narrativnoy i genealogicheskoy traditsiyax. Tom 2. Sostaviteli, perevod na russkiy yazыk, kommentarii, prilojeniyai ukazeteli: A.Muminov, Z.Jandarbek, D.Raximjanov, Sh.Ziyadov. Alma-atы.: Dayk-press, 2008. S.106. 4 Al-Xudjviri. Ali ibn Usman al-Djullabi al-Xudjviri. Raskrыtie skrыtogo za zavesoy dlya sveduщix v taynax serdes. (Kashf al-maxjub li arbab al-kulub). Stareyshiy persidskiy traktat po sufizmu. Perevod s angliyskogo A.Orlova. Izdanie pervoe.M.: Yedinstvo, 2004. S.233-234. Jomiyning “Nafohotu-l-uns min hazaroti-l-quds” kitobida bayon etilgan1. Chunonchi Alisher Navoiy hazrat Bob to‘g‘risida shunday yozadi: “Bob Farg‘oniy – oti Umardur. Farg‘onada bo‘lur erdi. Uer yerda ulug‘ moshoyixni Bob derlar. “Kashful-mahjub” sohibi der emishki, ul Avtodul- arzdindur. Shayxul-islom depturki, shayx Amu ani ko‘rub erdi. Ul dediki, bir kun aning qoshida o‘lturub erdim, birov kirdi va dedikim duoe qilki, Sarkab keldi va Sarkab birov erdiki, ul mulkka zarar yetkurur erdi va Bob o‘choq qirg‘og‘ida o‘lturub erdi va oftoba dag‘i o‘chog‘ qirg‘og‘ida erdi. Ayog‘in oftobag‘a urub yiqdi va dedikim, ani yiqdim. Sarkab hamuldam shahr eshigida otdin sarnigun yiqildi v bo‘yni sindi”deya hazrati Bobning valiylik qudratiga ta’rif bersa Abdurahmon Jomiy “Farg‘onada Sholotiq (Hujviriyga ko‘ra Ashtoliq) atalmish bir qishloq bordur. Unda buyuk valilardan bo‘lgan bir zot istiqomat etardi. Unga “Bob” laqabini bermishdilar. Chunki bu mamalakatdagi buyuk so‘fiy va ulug‘ shaxslarni xalq “Bob” (eshik) deb aytishardi. Bobning Fotima ismli keksa xonimi bor edi. Bobni ziyorat aylash uchun Farg‘onaning O‘zkentidan borgandim. Uning yoniga kirganim hamon: “Nechun kelding?” - deya so‘radi. “Faqat shayxni ko‘rish va menga shafqat nazari ila qaramog‘i”, - uchun dedim. Bunga javoban dediki: “Azizim, men falon kundan buyon to‘g‘ridan-to‘g‘ri yolg‘iz seni ko‘rmoqda edim. Seni mendan g‘ayb holga keltirmasinlar deya ul vaqt seni diydoringni ko‘rmoqni orzu etgandim”. Shundan so‘ng u: “Yo Fotima, yeyiladigan mevangdan nimang bo‘lsa, darveshga olib kelgil”, -dedi. So‘ng xotini bir tovoq toza uzilgan uzum keltirdi. Holbuki, u zamon uzum mavsumi emasdi. Taboqdagi uzum haqiqatdan yangi uzilgan va u vaqtda Farg‘onada uziladigan uzumning bo‘lishga mutlaqo aql bovar qilmasdi” voqeani bayon etadi2. Bob Farg‘oniy to‘g‘risidagi ushbu ma’lumotlar bizni o‘z navbatida Pop tumanidagi ziyoratgohlar yuzasidan izlanishlar olib borishimizni taqoza etdi. Shu sababdan 2005 yilning yozida Pop tumanidagi ziyoratgohlarni yo‘l- yo‘lakay ko‘zdan o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Aynan shu safar chog‘ida hozirda Pop tumani markazida Hazrat-i Bob nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh mavjudligini guvohi bo‘ldik. Ma’lumotlarga ko‘ra Pop tumani hududida shu kunga qadar quyidagi nomlar bilan ataluvchi muqaddas joylar saqlanib qolgan. 1.Hazrat-i Bob mozori. 2. Bulg‘adaroz-buvam mozori 3 Shoxmazor-buvam ziyoratgohi. 4 Buvi ona mozori.5. Imom ota (Zayn al-obidin) mazori.6. Sosvor G‘ozi mazori. 7. Pag‘di buvam mazori. 8. Chur momo ziyoratgohi.9. Langar buva mozori.10. Shoh Sulaymon (Shayxi Zinda Ali) mozori. 11. Xoja Muhammad (Bobo Samosiy) mozori. 12. Ismoil Otoyi mozori.13. Bobo Yusuf Hamadoniy Oqmozor) ziyoratgohi. 14.Xo‘ja Ro‘shnoyi mozori. 15. Eshoni Sufiy ziyoratgohi. 16. Podsho Xo‘ja mozori. 1 Bu haqda qarang: Abdurahmon Jomiy. “Nafohotu-l-uns min hazaroti-l-quds”. O.A.Porsev litografiyasi Toshkent, 1915 yil; Alisher Navoiy. «Nasoyim ul-muhabbat». O‘n beshinchi tom.T.: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. 1968. 2 Ilohiy karomatlar. To‘plovchi va tarjimon Ibrohim Haqqul. T:: Yozuvchi, 1997. – B.24- 25. Pop tumanida joylashgan ziyoratgohlar nomining o‘zi bizga ularning naqadar qiziqarli tarixga va boy rivoyatlarni mujassam etganligidan dalolat beradi. Shunday ekan kelgusida Pop va undagi ziyoratgohlar tarixini o‘rganish Farg‘ona tarixiga doir muhim ma’lumotlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. AVVALAvval (Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida joylashgan qishloq) to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar X asrda yashab o‘tgan arab geograf olimlari al-Istaxriy, Ibn Havqal va al Muqaddasiylarning asarlarida tilga olingan. Al-Istaxriyning “Kitob masolik va mamolik” nomli asarida “Avval - shaharning nomi bo‘lib uning atrofida butun bir nohiya joylashgan”, degan ma’lumotni keltiradi1. Uning shogirdi ibn Havqal esa Avval shaharning nomi bo‘lib, alohida hududning markazi ekanligini ta’kidlab o‘tadi2. Ularga zamondosh bo‘lgan al-Muqaddasiy esa Farg‘ona vodiysidagi jome masjidli 40 shahar mavjudligini yozar ekan, Avval shahrini Vag‘zi shaharlar jumlasiga kiritib o‘tgan. 982 yilda yozilgan muallifi noma’lum “Hudud al Olam” kitobida “Avol tog‘ etagi, u yerda qishloqlar bor. Bog‘askon Avolga qarashli joy”, deya ta’rif berilgan3. Mashhur sharqshunos olim akademik V.V.Bartold “Mo‘g‘ullar davrida Turkiston” asarida: “Avval shahri O‘xnu yo‘lida, So‘xdan 10 farsax (bir farsax – taxminan 8 km) uzoqlikda bo‘lgan. Avval qishlog‘i hozirda ham bor bo‘lib, Marg‘ilonning janubidadir” deya bayon qiladi4. O‘rta asrlardan keyin Avval shahri oldingi mavqeini yo‘qotib, qishloq ko‘rinishiga kelib qolgan5. Bizningcha, buning sababi XIII asrdagi mo‘g‘ullar tajovuzi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Chunki mo‘g‘ullar bosqini vaqtida Sirdaryoning yuqori oqimi bo‘yidagi ko‘plab shahar va qishloqlarning kuli ko‘kka sovurilgan edi. Bunday dahshatli balo Avval shahrini ham chetlab o‘tmagan va shu tarzda gullab- yashnagan ajoyib shaharchadan nom-nishon qolmagan. Uning ayanchli qismatiga Xojam Podshoh tepaligida sochilib yotgan sopol parchalari guvohdir6. Hozirda qadimgi Avval shahri o‘rnida Xojam Podshoh tepaligi saqlanib qolgan. 1973 yilda arxeolog olima T.G.Obuldueva Xojam Podshoh tepaligida bir necha kungina qazuv ishlarini olib borgan edi. T.G.Obuldueva 1Kitab Masalik al-mamalik al-Istaxri... S.31. 2Betger Ye.K. Izvlechenie iz knigi «Puti i stranы» Abu-l-Kasыma Ibn –Xaukalya // Trudы SAGU. № IV. T., 1957. S. 26. 3 Hudud ul-olam / Fors tilidan tarjima, so‘z boshi, izohlar va joy nomlari ko‘rsatkich muaalifi: O .Bo‘riev. T.: O‘zbekiston. 2008–B.16. 4Bartold V.V. Mo‘g‘ullar davrida Turkiston... – B. 110. 5Beliniskiy A.M., Bentovich I.B., Bolshakov O.G. Srednevekovыy gorod Sredney Azii. L.: Nauka, 1973. S.203. 6 Bu haqda qarang: Abdulahatov N., Alisher Bek. Xojam podshoh ziyoratgohi. F.: Farg‘ona, 2009. Xojam Podshoh tepaligi haqida o‘z hisobotida, jumladan, quyidagilarni keltirib o‘tgan: “Xojam Podshoh yoxud Mozortagi deb ataluvchi yodgorlik Farg‘ona viloyatining Avval qishlog‘ida joylashgan. U qishloqning janubiy-g‘arbiy tomonida joylashgan. Soy va irmoqlarning oqib o‘tishi natijasida ko‘plab buloqlar Xosil bo‘lgan. Tepalikni balandligi 11 m, maydoni esa 80 x 95 m. ni tashkil etadi. Yuqori maydon to‘g‘ri to‘rtburchakli 35 x 28 metrli maydonni tashkil qiladi. Markaziy qismi rejalangan. Tepalikda mozor binosi barpo etilgan. Tepalikning pastki qismida pishiq g‘ishtlarning qoldiqlari ko‘rinib turibdi. Bundan quyi qismida soy bo‘yida ham g‘isht qoldiqlari ko‘zga tashlanadi. Demak, tepalik hozirgiga nisbatan dastlabki vaqtda ancha katta bo‘lgan” 1. Qazishmalar natijasida yodgorlikni bir necha madaniy qatlamlardan iborat ekanligini aniqlandi. Yuqori madaniy qatlami XI-XIII asrlarning boshlariga oid bo‘lib, quyi qatlamlaridan qizil angob yuritilgan sopol parchalari topilgan2. Bu esa Xojam Podshoh arxeologik yodgorligini eramizning birinchi ming yilligi boshlarida barpo etilganligini ko‘rsatadi. Qo‘qon xonligi davrida Avval Marg‘ilon bekligiga qarashli qishloqlardan bo‘lgan. Avval qishlog‘ida Tursun Muhammad Oxund madrasasining vaqf yerlari hamda o‘sha vaqtlardagi tariqat rahnamolaridan mashhur eshon To‘raxon to‘raning yerlari bo‘lganligini A.L.Troiskayaning “XIX asrdagi Qo‘qon xonlari arxivi katalogi” nomli kitobida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu asarda keltirilishicha, Qo‘qon xoni Xudoyorxon Avvalga bir necha marotaba tashrif burgan. Uning ukasi Marg‘ilon begi Sulton Murodbek Avval qishlog‘ida o‘rdani qurilishida shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, Qo‘qon xonligi davrida ham Avval strategik ahamiyatga ega bo‘lgan joylar jumlasiga kirgan3. 1871 yili rus tadqiqotchisi A.P.Fedchenko (1844—1873)Qo‘qon xonligiga tashrif buyurgan chog‘i Avval, Log‘on, Kaptarxona qishloqlarida to‘xtab o‘tgan. U Uchqo‘rg‘onda yashayotgan Qorategin hukmdori Muzaffarsho huzuriga kelgan vaqt Muzaffarshoni Avval qishlog‘iga jo‘nab ketganligi to‘g‘risida xabar oladi. U Muzaffarshoni Avvalga kelishiga sabab deb quyidagi voqeani ko‘rsatadi: Muzaffarshoning endigina 16 yoshga kirgan sevikli xotini to‘satdan olamdan o‘tadi. Muzaffarsho o‘z sevgilisini Avvaldagi ko‘hna qabristonga dafn etishni buyuradi. Shu sababdan u barcha oila a’zolari bilan bir necha kun Avvalda dafn marosimlarini o‘tkazgan4. Shu o‘rinda joyni nega Avval deb atalganligi masalasiga e’tiborimizni qaratsak. O‘zbek tilining izohli lug‘atida Avval so‘zi 1Oboldueva T. G. Otchet o rabotax na xolme Xudjam-posho v 1973 // Otchet o rabote Ferganskoy ekspeditsii v 1973 godu. Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ilmiy arxividan. №418. 2Gorbunova N.G. K voprosu o lokalizatsii nekotorыx srednevekovыx gorodov yujnoy Ferganы // Srednyaya Aziya i yee sosedi v drevnosti i srednevekove. M.: Nauka, 1981.S. 87. 3Troiskaya A.L. Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX veka. M.: Nauka, 1968. S. 426. 4Fedchenko A.P. Puteshetviya v Turkestan. M.: Geografgiz, 1950. S. 340 . quyidagicha izohlanadi: Avval – boshlanish payti, ilk payt; Avval – ilgari vaqtlarda, ilgari, burun; Avval – hammadan oldin, dastavval; Avval – biror voqea, hodisa yoki shu haqda so‘z borayotgan vaqtdan oldin bo‘lganligini bildiradi1. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Avval so‘ziga to‘rt xil izoh berilgan. Ammo Avval qishlog‘ini atalashi borasida bu izohlar yetarli emas, albatta. Chunonchi, aholi orasida Avval nomini kelib chiqishi xususida turli taxminlar mavjud. Masalan, S. Dadaxo‘jaev bu haqda quyidagicha fikr bildiradi: “Avval qishlog‘i boshqa qishloqlarga nisbatan ancha oldin tashkil qilingan. Bu qishloqda tarixiy yodgorliklar ham avval paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham qishloqning nomini mahalliy xalq Avval deb atagan”2. Aytib o‘tish kerakki, o‘tmishda Avval nomini Rabial Avval ismli sahoba bilan ham bog‘lab kelganlar. Avvallik keksa jurnalist, urush va mehnat faxriysi Teshavoy ota Qodirov “Avval” nomli maqolasida bu haqda quyidagilarni bayon etadi: “Avval qishlog‘imizda yoshi yuzlarga yaqinlashib qolgan Yamin bobo degan ma’rifatli, oqil oqsoqol yashardi. Frontdan qaytib kelsam, oqsoqol ancha munkillab qolgan ekan. Lekin donishmandligi, zukkoligi o‘sha-o‘sha. Urushdan keyingi qiyinchilik yillari oqshomlari men otaxon bilan uzoq suhbatlashardim. Bir kuni undan “Yaminbobo, “Avval” so‘zi qachon paydo bo‘lgan va qanday ma’noni bildiradi”, deb so‘radim. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling