Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet77/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147
Bog'liq
02 (3)

HO‘QAND (QO‘QON)


Qo‘qon shahri vujudga kelgandan buyon bu yerda ayniqsa Qo‘qon xonligi davridagi faoliyati tarixchi va tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lgan3. X asrga mansub arab yozma manbalarida jumladan Istaxriy, al-Maqdisiy, Ibn Havqallarning asarlarida Xuvoqand, Xo‘qand, nomi bilan tilga olinadi. XII asrda yashab o‘tgan tarixchi Samo’niyning “Kitob ul-ansob” kitobida ho‘qandlik olim haqida Quyidagi ma’lumotlar mavjud: “Abutoyib Tohir Xuvoqandiy ibn Muhammad al-Mahzumiy Movarounnahrdagi mashhur adiblardan biri edi. U Samarqandda yashab, xijriy 501 (milodiy 1107) yilda vafot etdi va Chokardiza qabristoniga, as-Saodat maqbarasining ro‘barasiga dafn etildi”. Yoqut Hamaviy






1Kamollidin Sh.S. Drevnetyurkskaya toponimiya Sredney Azii. T.: Shark, 2006. S.75.
2Hasanov H. Markaziy Osiyo joy nomlari tarixidan. T.: Fan, 1965. – B.5.
3 Bu haqda qarang: Vel’yaminov – Zernov V. V. Istoricheskaya izvestiya o Kokandskom xanstve, ot Muxammeda–Ali do Xudayar–xana. Vestnik. SPb., 1856;; Xoroshxin A. P. Sbornik statey kasayushix Turkestanskogo kraya. SPb., 1876; Kun A. Ocherk Kokandskogo xanstva. V kn. Geografiykiy izvestie IRGO T.X II.otd. SPb.. 1876; Petrovskiy N. Ocherki Kokandskogo xnstva. Jurnal «Vestnik Yevropы». SPb. 1875. KN. 10; Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar / Nashrga tayyorlovchilar, so‘zboshi, izoh va lug‘at mualliflari: U.Dolimov., N.Jabborov. T.: Ma’naviyat, 2005 ; Magzuni. Fargana xandarыnыn tarыxы. Bishkek, 2007; Mahmud Hakim Yayfoniyning «Xullas ut-tavorix» asarining toshbosma nusxasi. Ho‘qand shahri. Shmakov bosmaxonasida chop etilgan. 1914; Muminov A. K. Kokandskaya versiya islamizatsii Turkestana // Podvijniki islama. M.: Izdatelskaya firma «Vostochnaya literatura» RAN, 2003; Nabiev R.N. Istorii Kokandskogo xanstva.T.: Fan, 1973; Sergeev B.S. Materialы izucheniyu istorii Kokandskogo xanstva. Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi arxivi. №158; Troiskaya A.L.
«Zapovedniki» – Kuruk Kokandskogo xana Xudayara // Sbornik Gosudarstvennoy publichnoy Biblioteki imeni M.E. Saltыkova – Shedrina – v. III. L., 1955; Troiskaya A.L. Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX veka. M.: Nauka, 1968; Turdialiev A. Mahmud Hakim Yayfoniy «Xullas ut
– tavorix» // Moziydan sado. 4(16) 2002Mirzoolim Mushrif. Qo‘qon xonligi tarixi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1995; Mulla Olim Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. Qarshi.: Nasaf, 1992; Muhammad Aziz Marg‘iloniy. Tarixi Aziziy. T.: Ma’naviyat, 1999; Muntakhab al–tawarikh. Selected historu. vol. II . Muhammad Xakim xan. Edited bu Yayoi Kawahara Koichi Haneda. Research institute forlanguages and culteres of Aslaand Afrika. ILCAA 2006. 1; Beysimbiev T. K. «Tarix-i Shaxruxi» kak istoricheskiy istochnik. Alma– ata.: Nauka, 1987; Bobobekov H. Qo‘qon tarixi. T.: Fan, 1996; Qayumov A. Qo‘qon adabiy muhiti. T., 1961; Qayyumov P. Tazkirai Qayumiy.T.: O‘zRFA Qo‘lyozmalar insitituti tahririy nashriyot bo‘limi, 1998; Voxidov Sh.X. Razvitiya istografii v Kokandskom xanstve v XIX- v. nach. XX vv. ARDD. T., 1998; Dadaboev M. Xo‘qandi latif mahallalari va ko‘chalarining nomlanish tarixi. F.: Farg‘ona, 2007.
ham aynan shu ma’lumotlarni takrorlaydi 1. Bu haqda A. Bobojonov Yoqut keltirgan ma’lumotlarga tayanib quyidagilarni bayon etadi: “Abu Toyyib Tohir ibn Muhammad ibn Ja’far ibn al-Xayr al-Maxzumiy al-Xuvoqandiy. Adib tug‘ilgan sana noma’lum. 501/1107 yilning safar oyida vafot etgan. Jakardiza(Chokardiza) qabristoniga dafn qilingan... Yoqut al-Xuvoqandiyning Samarqandda yashaganligi, bir nafar ustozi va bir nafar shogirdi nomlarini keltiradi, xolos. Boshqa manbalarda adib haqida qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud emas”2.
Ta’kidlab o‘tish joizki o‘sha davrlarda Qo‘qonga yaqin bo‘lgan hududlardan ham o‘z davrining taniqli olimlari yetishib chiqqanligini hozirda saqlanib qolgan qabr toshlaridagi yozuvlardan ham ko‘rish mumkin. Sohibi Hidoya zamondoshi bo‘lgan, hozirgi kunga qadar bizga noma’lum bo‘lib kelgan farg‘onalik allomalardan biri to‘g‘risida birinchi marta mashhur tarixchi, akademik Yahyo G‘ulomov o‘zining KFK qazish vaqtidagi tadqiqotlari bo‘yicha bergan hisobotida ma’lumot uchraydi. Uning yozishicha, Bibi Buvayda me’moriy yodgorligining kirish qismidaga qabr toshilardan birida (xajmi 60x30 sm) suls xati bilan shunday yozuv bitilgan: “Bu - qabr, Islom va butun musulmon latofati... xatiblar xatibi, ulamolar faxri, Sulaymon ibn Dovud ibn Sulaymon ibn Salmonnikidir. U 595 yil xijriyda (1199 yil) vafot etdi va shu yerga dafn etildi”3.
Akademik Yahyo G‘ulomov shuningdek Bibi Ubayda ziyoratgohidagi qabrlar xususida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:
Bino ichkarisida oddiy ikki qabr mavjud. Ularning chapdagisini Bibi Ubaydaga o‘ndagisini qabrtoshda nomi qayd etilgan shayx Sulaymonga tegishili deb hisoblaydilar. Janubga qaratilgan bosh peshtoqda qurilgan yili sanasi 1318 hijriy (milodiy 1899) va usta binokor – Ibrohimjon ibn usta Ismoil nomi saqlanib qolgan”4. Biz Bibi Ubayda ziyoratgohi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarimizning xulosasi sifatida aytishimiz mumkinki Burhoniddin Marg‘inoniy davrida yashab o‘tgan shayx Sulaymon ibn Dovud nomi bilan bog‘liq qabr toshi hozirgi kunda Farg‘ona viloyatida butun saqlanib qolgan yagona qayroqtosh hisoblanadi5.
Mazkur qabrtoshi Farg‘ona vodiysida yana bir buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniy davrida yashab ijod qilganligini isbotlaydi. Afsuski, bu shaxs to‘g‘risida biz boshqa xech qanday ma’lumot topishga muyassar bo‘lmadik. Qabr toshdagi bitiglarga ko‘ra, bu shaxsning roli mahalliy xalq orasida anchagina


1 Hikmatullaev H., Shoislomov Sh. Yoqut Hamaviy... – B. 28.
2 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.165.
3Gulyamov Ya.G. Otchet o rabote tretego otryada arxeologicheskoy ekspeditsii na stroitelstovo BFK.// Trudы IIA. Tom IV. T., 1951.S. 67.
4 O‘sha asar, o‘sha bet.
5 Bu haqda qarang: Abdulahatov N., Haydarova Z, Azimov O. Bibi Ubayda tarixi. F.: Farg‘ona, 2002; Abdulahatov N., Haydarova Z, Azimov O. Bibi Ubayda ziyoratgohi. F.: Farg‘ona, 2009.
salmoqli bo‘lgan va o‘z davrida yuksak ehtiromga sazovor ulamolardan hisoblangan.
XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida yashagan Jamol Qarshiyning “Mulxaqot as-suroh” (“As-surohga ilova”) nomi bilan mashhur bo‘lgan asarida esa Farg‘ona vodiysidagi bir qancha ziyoratgohlar nomi tilga olingan. Unga ko‘ra, Qo‘qon shahri yaqinida Imom Husaynning nabirasi Imom Abdulla ibn Ali dafn etilgan.
Qo‘qon shahri Qo‘qon xonligining poytaxti sifatida XVIII asrdan boshlab siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Mahalliy va rus tadqiqotchilarining ta’kidlashlariga ko‘ra, shaharga XVIII asrning 30-40 yillarda asos solingan bo‘lib, Qo‘qonning yangi hukmdori Abdukarimbiyning 1740 yilda Eski Qo‘rg‘on (Ya’ni Qo‘qon)ga ko‘chib o‘tishi hamda shahar qurilishini tezlashtirilishi va poytaxt sifatida mustahkamlanishini asos qilib ko‘rsatiladi.
Shahar to‘g‘risidagi yozma manbalarning aksariyati o‘rta asrlarga mansubligi bois, uning paydo bo‘lgan davrini ham shu manbalar bilan qiyoslagan tadqiqotchilar ham uchrab turadi. Bu esa o‘z navbatida shahar yoshi 1000 yillar atrofida ekanligini ko‘rsatadi.
Qo‘qon atroflarida 1930-1934 yillarda IGAIMK va Davlat Ermitaji ilmiy xodimlari B. A. Latinin boshchiligida Norin GESning qurilishi davrida, 1939 yilda KFK qurilish munosabati bilan akademik V. M. Masson boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya davrida, 1954-1972 yillarda N. G. Gorbunova boshchiligidagi Davlat Ermitaji va Viloyat muzeyining birgalikda bir necha bor arxeologik tekshiruv ishlari o‘tkazilgan. Ushbu tekshirishlar Qo‘qon shahri atrofidagi manzilgoh va qo‘rg‘onlar eramizning boshlarida mansub mansub ekanliginini ko‘rsatdi. Ayniqsa, 1996 yili Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyining Qo‘qondan 6 km. janubdagi Mo‘yi Muborak arxeologik yodgorligida olib borgan arxeologik tekshiruv ishlari bu yodgorlikni eramizning boshlariga mansub ekanligini yana bir marta isbotladi1. Demak Qo‘qon shahri ham Farg‘ona vodiysidagi ko‘hna shaharlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelganligi ehtimoldan xoli emas.




1Bu haqda qarang: Latinin B. A. Nekotorыe itogi rabot Ferganskoy ekspeditsii 1934 g // Epoxa bronzы i rannego jeleza Sibiri i Sredney Azii. Arxeologicheskiy sbornik. Vыpusk 3. L.: Izdatelstvo Gosudarstvennogo Ermitaja, 1961; 1Gulyamov Ya.G. Otchet o rabote tretego otryada arxeologicheskoy ekspeditsii na stroitelstve Bolshogo Ferganskogo kanala imeni I.V. Stalina // Trudы instituta istorii i arxeologi. Tom IV. T. Izdatelstvo AN, 1951; Masson M.E. Iz vospominaniy Sredneaziatskogo arxeologa. T.: Izdatelstvo literaturы i iskusstva imeni Gafur Gulyama, 1976; Gorbunova N.G, Oboldueva T.G, Shigin A.E, Skalina L.V. Otchet o rabote Ferganskoy ekspeditsii. S.19. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasining arxivi. A 3709/G 67; Abdulahatov N, Hoshimov B. Mo‘yi muborak. F.: Farg‘ona. 2000.
Qo‘qon shahari o‘zining ko‘hna me’moriy obidalari bilan mashhurdir1. XIX asrning muazzam va muhtasham obidalaridan biri bo‘lmish Xudoyorxon o‘rdasi Turkiston zaminida saqlanib qolgan uch nafar saroy majmualaridan biridir. Ulardan biri Xivadagi “Toshxovli” saroyi, ikkinchi Buxoro “Arki”, uchinchisi Xudoyorxon o‘rdasidir. Qo‘qon xonligi davrida (1709-1876.) xonlar tarafidan yetti marta saroy qurdirilgan. Zamona zayli bilan ularning oltitasi yo‘q bo‘lib ketgan. Xudoyorxon o‘rdasi esa yettinchi-oxirgi saroy bo‘lib, uning bir qismi saqlanib qolgan. Manbalarning xabar berishiga ko‘ra, Xudoyorxon o‘rdasi o‘rnida Sayyid Muhammad Umarxon tomonidan qurdirilgan “Zarrinsaroy” nomli o‘rda bo‘lgan ekan. 1842 yilda Qo‘qon-Buxoro urushi oqibatida ushbu go‘zal inshoot vayron bo‘lgan.
Sayyid Muhammad Xudoyorxon o‘z hokimiyatining dastlabki yillarida “Jahonaro” saroyida istiqomat qilgan. Mazkur saroy zamon talabiga javob bermay qolganligi. Bu yerda otasi va akasi o‘ldirilganligi tufayli Xudoyorxon bu yerda istiqomat qilishni hoxlamay Zarinsaroy o‘rnida yangi o‘rda binosini qurdirishga farmon beradi. Etnograf A.K. Pisarchikning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘qon “Zarrin saroy” o‘rdasi Umarxon davrida barpo etilgan bo‘lib, keyinchalik bu nom Madalixon o‘rdasiga nisbatan qo‘lanilgan ekan. Bu haqda V.P. Nalivkin ham to‘xtalib u Madalixonning o‘limini tasvirlar ekan, “Imorati Zarrin” deb ataluvchi o‘rdaning Madalixon har kuni saroy ayonlaridan hayrli tong bilan muborakbod qilishlarini qabul qilgan salomxonasida Buxoro amiri Nasrullaxonning amri bilan so‘yilganligini aytadi. A.K. Pisarchik tomonidan yozib olingan rivoyatda tarixiy jihatdan aniqlikka qaramasdan Madalixonning o‘limi haqid qiziq tafsilotlarni keltiradi. Unda aytilishicha, Madalixon so‘yilmagan. “Xonlarni so‘ymaydilar. Ularni qiynab o‘ldiradilar”- deb tushuntirgan hikoyachi. Eng qiynoq o‘lim bu tosh bilan(sangbo‘ron) yoki kaltak bilan boshiga, ko‘ziga urib o‘ldirishdir. Madalixonga nisbatan ham xuddi shunday jazo qo‘llanilgan. Uni amalga oshirish chog‘ida qon sachrab tilorang yuritilgan xonaninng ko‘p joylarini dog‘ qilgan. Keyinchalik ustalar bu dog‘larni kishi bilmas etib yo‘qota olmaganlar va uni qayta bezashga to‘g‘ri kelgan.


1 Bu haqda qarang: Pisarchik A. K. Polevoy otchet po ekspeditsii v Ferganskuyu dolinu 1938. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasining arxivi. № 1491; Pisarchik A. K. Stroitelnыe materialы i priemы masterov Ferganskoy dolinы // Sredneaziatskiy etnograficheskoy sbornik. M.: 1954; Pisarchik A. K. Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы // Sbornik stateyposvyashennыx isskustvu. S., 1956; Voronina V. L. Narodnaya arxitektura Ferganskoy oblasti. 1940. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasining arxivi. F.№1477.Zapiski o nekotorыx narodax i zemlyax Sredney Azii» Filippa Nazarova (1813-1814) // Istoriya Uzbekistana v istochnikax. T., 1988; Valixanov Ch. Izbrannыe trudы. M., 1986; Fedchenko A.P. Puteshestvie v Turkestan. M., 1950; Kushelevskiy V.I Materialы dlya meditsinskoy geografii i sanitarnogo opisaniya Ferganskoy oblasti. Tom II. Novыy Margelan, 1891; Elize Reklyu. Zemlya i lyudi. Vseobщaya geografiya. Tom VI. SPb., 1892; Nalivkin V. Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva.Kazan, 1886; Middendorf A.F. Ocherki Ferganskoy dolinы. Pribavlenie IV. A. XX. SPb; Nilsen V.A. U istoriya sovremennogo gradostroitelstva Uzbekistana.T.,1988.
Xudoyorxon o‘rdasining qurilish ishlari o‘tgan asr elliginchi yillari oxirida boshlanadi. Qurilish ishlariga sarkor etib mashhur me’mor ustalardan Mir Ubaydullo Muhandis Ho‘qandiy tayinlanadi. Shuningdek, dongdor ustalardan Usta Abdulla Roshidoniy, Muhammad Turdiali, Usta Fozilxo‘ja, Isavoy Maxsum, Mullo Ahmad Domullo, Muhammad Olim va boshqalar jalb etilgan.
Dastlab ganchdan saroyning kichik nusxasi (maketi) tayyorlanib, u xon tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, qurilish ishlari boshlangan. Xudoyorxon vaqtincha taxtdan ketgandan so‘ng, qurilish ishini Sulton Sayyidxon bir oz davom ettiradi. 1865 yil Xudoyorxon taxtni qayta egallagach, qurilishi keng ko‘llamda davom etib, 1873 yilda yakunlangan. Dastlab xon o‘rdasining ayvon tagida 40 ta turli lafetli zambaraklar ham bo‘lgan. Xon o‘rdasidagi 119 ta xonadan shu kunga qadar 19 xona saqlanib qolgan. Ularning jumlasiga peshtoq, darvoza, darvozaxona, devon, asosiy hovli, salomxona, hujrai xos singari xonalar kiradi.
Xudoyorxon o‘rdasi bilan bog‘liq quyidagi rivoyat saqlanib qolgan. Xudoyorxon o‘z O‘rdasini qurib tugatgach, bosh me’mor- rishtonlik Abdulla ustani huzuriga chaqirtiradi. Xon undan “Bosh binoni Olloh taoloning xohish- irodasi ila bunyod etdik. Lekin u saltanatimizning timsoli sifatida yer yuzasida necha asr turishi mumkin?”, deb so‘raydi. Usta Abdulla xonni indamasdan bino tomi ustiga yetaklaydi. Ular tomga chiqqach, usta qo‘lidagi tariq to‘la laganni mezana (masjidning azon aytiladigan joyi)ning eng ustki qismiga qo‘yadi. Xon tikilib qarasa, don asta sekin to‘kilyapti. Vaholanki, havo musaffo, qilt etgan shamol yo‘q. Hech qancha vaqt o‘tmasdan idish bo‘shab qoldi. Xon buning sir-asrorini so‘raganda, usta Mo‘yi Muborakka qarab ishora qiladi. Bu qishloqdagi objuvozlarning tovushi O‘rdadan ham bemalol eshitilib turardi. Shunda xon latta- puttalarni tuyadigan to‘qmoqlar zarbidan zamin bilinar- bilinmas titrayotganligini his qiladi.
-Agar qog‘ozgarlarning objuvozlari shahardan uch- to‘rt chaqirim ko‘chirilsa, bu binolar umri ming yilga yetishi mumkin, deydi usta. Xudoyorxon uchun arkoni davlatning, saltanatning ramzi hisoblangan O‘rdani saqlab qolish har narsadan ustivor edi. Uning farmoniga muvofiq qo‘qonlik qog‘ozgarlar So‘x vodiysidagi Qalacha qishlog‘iga ko‘chirib yuboriladi”.
Qo‘qon tarixiga doir ko‘plab ma’lumotlar Qo‘qon xonligi bilan bog‘liq yozma manbalarda tilga olinadi. Bunday yozma manbalarning barchasining birma-bir sanab o‘tishdan ko‘ra, ularning ayrimlarining muallifi va asar nomi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Bek Nazarning “Amir lashkar jangnomasi” asari, Mulla Holbekning “Alimqul jangnomasi va G‘aribnoma” asari, Mirzo Olim Toshkandiyning “Ansab as-salotin va tavarix al-xavoqin” asari, Mirza Olim Toshkandiyning “Bayoni hisbi holi Mulla Olim mirzo” asari, Sayyid Umarbek bin Xudoyorxonning “Anjum at-tavarix” asari, Muhammad Umar Marg‘inoniyning “Badavlatnoma” asari, Mulla Shamshining “Jangnomayi Xudoyorxoni” asari, Ziyovuddin Mahzunning “Farg‘ona xonlari tarixi” asari, Tojirning
“G‘aroyibi sipoh” asari, To‘raxoja Andijoniyning “Mirot al-futuh” asari, Muhammad Hakimxon to‘raning “Mutaxab at-tavorix” asari, Fozilbekning “Mukammali tarixi Farg‘ona” asari, Vasfiyning “Masnaviyi Vasfiy” asari, Muhammad Umar Marg‘inoniyning “Maktubchayi xon” asari, Andalibning “Shohnomayi Devonayi Andalib” asari, Mutribning “ Shohnomayi Devona Mutrib” asari, Mirza Qalandar Isfaragiyning “Shohnomayi Umarxoni” asari, Mulla Muhammad Yunusjon Shig‘ovul Dodxoh Toshkandiyning “Tarixi Aliquli amir lashkar” asari, Mulla Avaz Xo‘qandiyning “Tarixi jahonnoma” asari, Muhammad Solihxoja Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand” asari, Isxoqxon to‘ra Ibratning “Tarixi Farg‘ona” asari, Aziz bin Rizo Marg‘inoniyning “Tasnifi G‘aribiy” asari, Imom Ali Qunduziyning “Tavorixi manzuma” asari, Muhyi Xo‘qandiyning “Tarixi Muhyi Xo‘qandiy” asari, Abdulloh Amir Lashkarning “Tarixi sig‘ariy” asari, Mulla Niyoz Xo‘qandiyning “Tarixi Shohruhiy” asari, Mulla Avaz Muhammad Xo‘qandiyning “Tarixi jahonnamoy” asari, Mulla Avaz Muhammad Xo‘qandiyning “Tuhfat at-tavorixi xoni” asari, Ismatiyning “Tarixi Xudoyorxon” asari, Abdulkarim Namangoniy Fazliyning “Umarnoma” asari, Mulla Muhammad Yunusjon Shig‘ovul Dodxoh Toshkandiyning “Hadoiq al- anvar” asari, Abu Ubaydulloh Muhammad Toshkandiyning “Xulosat al-ahvol” asari, Mahmud Hakim Yayfoniyning “Xullas at-tavorix” asari Abdulg‘afurning “Zafarnomayi Xudoyorxoni” asari singari o‘nlab kitoblar shular jumlasidandir1.
Aytish joizki, Qo‘qon tarixini o‘rganishda yozma manbalarda tashqari me’moriy yodgorliklar, jumladan ziyoratgohlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi2. Shu sababdan tadqiqotlarimiz davomida Qo‘qon shahrida quyidagi ziyoratgohlarni ko‘zdan kechirishga chog‘ida quyidagilar aniqlandi:
1. Chinbirlik aziz ziyoratgohi. 2. Kokillik eshon ziyoratgohi. 3 Yalang‘och ota. 4. Xizr ota qadamjoyi. 5. Ko‘kto‘nli ota. 6. Shayx Mavlaviy Jabariy ziyoratgohi. 7. Azimxo‘ja eshon ziyoratgohi. 8. Toshxo‘ja eshon mozori. 9. Hakim xalfa ziyoratgohi. 10. Daxmayi shoxon. 11. Modarixon 12. Avliyo ota ziyoratgohi.

  1. Avliyo kabri. 14. Abdulaziz Bag‘dodiy ziyoratgohi. 15. Mo‘yi muborak ziyoratgohi. 16. Temiratki ota ziyoratgohi. 17. Vali devona mozori. 18. Mavlonqul xalfa ziyoratgohi. 19. Suk mozor. 20. Avliyo mozor ziyoratgohi.

Kuzatishlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, Qo‘qon shahrida saqlanib qolgan mazkur ziyoratgohlar tadqiqot mavzusi sifatida atroflicha o‘rganilmagan. Holbuki Qo‘qon shahrida joylashgan ziyoratgohlar Farg‘ona xalqlari tarixi va madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan mashhur kishilarning nomlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan. Shu jihatlarni inobatga olgan holda Qo‘qon shahri ziyoratgohlari yuzasidan izlanishlarni boshlagan edik. O‘ylaymizki, mazkur tadqiqotimizni nihoyasiga yetkazish orqali


1 Bu haqda qarang: BEISEMBIEV T.K. ANNOTATED INDICES TO THE KOKAND CHRONICLES. RESEARCH INSTITUTE FOR LANGUAGES AND CULTURES OF ASIA AND AFRICAN ILCAA. TOKYO. 2008.
2 Abdulahatov N., Hoshimov B. Qo‘qon xonligida ziyoratgohlarga munosabat // Qo‘qon asrlar silsilasida. Qo‘qon, 2004. – B. 87-89.
o‘quvchilarimizga Qo‘qon tarixiga doir yanada qiziqarli ma’lumotlarni havola etishga muyassar bo‘lamiz.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling