Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
VAXKAT (VANKAT)Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanining sharqiy tomonida Uzoq qishlog‘i qabristonida joylashgan Galasaktepa deb ataluvchi qadimiy mozor, bizningcha qadimiy Vaxkat shaharchasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xalqimizda “Qari bilganni pari bilmas” degan ajoyib maqol bor. Bu maqolning naqadar to‘g‘ri ekanligini biz Beshariq ziyoratgohlari yuzasidan olib borgan ilmiy izlanishlarimiz davomida amin bo‘ldik. Chorbog‘ to‘rong‘i qishlog‘ida bo‘lgan vaqtimizda choyxonada o‘tirgan keksa otaxonlarga duch keldik. Aslida bir oz tamaddi qilib olish maqsadida choyxonaga kirgan bo‘lsakda, ularni ko‘rishimiz bilan fursatdan unumli foydalanmoqchi bo‘ldik. Biz ulardan qishloqdagi ziyoratgohlar xususida so‘rar ekanmiz, qishloq atrofida qadimgi manzilgohlar ham bo‘lganmi deya savol bilan murojaat qildik. Shunda ulardan biri qadimgi qo‘l tegirmoni va ko‘hna qabrlar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi: “Beshariqdagi qum maydonlarini birinchi bor ko‘rgan kishi albatta bu joylar azaldan qumlik bo‘lib kelgan degan fikrga borishi shubhasiz. Ammo o‘sha biz qumlik deb o‘ylagan joylarda qachonlardir insonlar umr kechirganliklari to‘g‘risida o‘nlab misollarni keltirish mumkin. Masalan, yangi o‘zlashtirilgan Usmonobodning qo‘riq yerlari hududidan o‘tgan asrning 60- yillarida taxminan 4 metr chuqurlikdan tegirmon toshlari topilgan edi. Bu tegirmon toshlarini ko‘rib biz avvaliga umuman ishongimiz kelmadi. Nahotki ilk bor o‘zlashtirilayotgan yerlarda bizga qadar ajdodlarimiz yashagan bo‘lsalar? Ammo mazkur moddiy ashyolarni ko‘rgach, har qanday odam ham chuqur o‘yga toladi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan ushbu tegirmon toshlari kimlarga tegishli. Nima uchun ular shu qadar chuqur joylarda yotibdi? Afsuski uyulib kelayotgan savollarga o‘sha vaqtlarda hech kim munosib javob topa olmagan. Qolaversa, qo‘riq yerlarni qisqa muddat ichida o‘zlashtirish bo‘yicha oldimizga qo‘yilgan vazifa tufayli biz yana o‘z ishimizda davom etdik. Tez orada tegirmon toshlarini ham unutib yubordik. Biroq tarixdan hech qachon yuz o‘girib ham ko‘z yumib ham bo‘lmas ekan. Garchand ajdodlarimizdan qolgan tegirmon toshlarini unutgan bo‘lsakda, biroq xuddi shunga o‘xshash topilmalarga boshqa joylarda ham duch kela boshladik. Chorbog‘ to‘rong‘iyonidagi Galasak qishlog‘ini eski qabristoni oldidagi ariqlarni qaziyotganimizda bir necha qavatli qabrlarga duch keldik. Qabrlardagi sopol idishlar ham, o‘choq qoldiqlari ham juda qadimgi davrlarga mansub edi. Ko‘z oldimizda ko‘hna shahar namoyon bo‘lgandek tuyuldi. Qishloqni ko‘pni ko‘rgan keksa otaxonlari ham ular qachon yashab o‘tganligini bilmasligini aytdilar. Chindan ham keksalar haq edi. Chunki yuz yoshga kirgan odam nari borsa 2-3 asrlik tarixni bilar. Axir bu yerda o‘sha asrlardan bir necha o‘ntasini bosib o‘tgan idishlar turar edi. Bu safar ham savollarimizga javob topmadik. Hanuzgacha savollarga javob izlaymiz. Xo‘sh Galasakning eski qabristoni avvalgi vaqtda odamlarning uy-joyi bo‘lganmi?”. Nuroniy otaxonlarning maroqli hikoyasi bizni ham Galasak mzori tomon yetakladi. Galasakning eski qabristoni haqiqatdan ham bizda chuqur taassurot qoldirdi. Qabristonda sochilib yotgan sopol parchalari qariyib ming yillik tarixini so‘zlab berishga qodir edi. Yer ustida sochilib yotgan sopol parchalarini birma bir sinchiklab ko‘zdan kechirar ekanmiz, yangi bir arxeologik yodgorlikni kashf etganligimizdan quvonchimiz ichimizga sig‘mas edi. Chunki ushbu yodgorlik viloyatdagi mavjud madaniy yodgorliklar ro‘yxatiga shu vaqtga qadar kiritilmagan. Demak, mazkur yodgorlik shu kunga qadar tadqiq etilmagan. Qadimgi yodgorlik mahalliy aholi tomonidan qabristonga aylantirib yuborilganligi uchun ham tadqiqotchilarning e’tiboridan chetdan qolib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Chunki bu yerda 1992 yilga qadar qabriston sifatida foydalanib kelingan. So‘nggi marta bu yerda bundan o‘n besh yil muqaddam marhumni dafn etishgan. Shundan beri eski qabriston sifatida e’tibordan chetda qolgan. Galasak shahristonini ko‘zdan kechirishda davom etar ekanmiz o‘z- o‘zimizga quyidagi savolni berib ko‘rdik. Agar chindan ham Beshariq hududida o‘rta asrlarda shaharlar mavjud bo‘lgan ekan, nima uchun ushbu shaharlar yozma manbalarda tilga olinmagan. Vaholanki, X asrdayoq arab geograf olimlari Farg‘ona vodiysida qirqdan ortiq shaharlarning nomini qayd etganlar. Masalan al-Istaxriy, ibn Havqal, al-Muqaddasiy singari geograf olimlarning asarlarida Xo‘janddan so‘ng Farg‘ona vodiysiga kirib kelishda Vaxkat yoki Vanket shahri mavjudligini ta’kidlab o‘tganlar1. Jumladan, 983 yilda yozilgan muallifi noma’lum “Hudud ul-olam” kitobida mazkur shahar nomi Votkoh (Voskat) deb atalib, Xo‘jand va Farg‘ona o‘rtasidagi chegara joy ekanligi va ekinzorlari ko‘p shaharcha ekanligi ta’kidlanadi2. Biroq ushbu shaharning qaerda joylashganligi shu vaqtga qadar aniqlanmagan3. Aytib o‘tish joizki, Vanket (Vankat, Vaxkat) shahrining qaerda joylashganligi masalasida o‘tgan asrning 70-yillarida tadqiqotlar olib borgan qadimshunos olima N.G.Gorbunova (1927 – 2001) uni Farg‘ona viloyatining hozirgi Dang‘ara tumanidagi Xo‘ja Turob qabristoni o‘rnida mavjud bo‘lgan degan taxmin bildirgan edi. Olima qadimgi Vonketni Xo‘ja Turob yodgorligiga nisbat berar ekan mazkur yodgorlik maydoni katta emasligi va undagi topilmalar ham ko‘p emasligini ta’kidlaydi4. Agar o‘rta asrlarga 1Bu haqda qarang: Betger. Ye.K. Izvlechenie iz knigi «Puti i stranы» Abu-l-Kasыma ibn Xaukalya // Trudы SAGU. Arxeolgiya Sredney Azii. T.: Izdatelstvo SAGU, 1957; Kitab Masalik al-mamalik al-Istaxri // Materialы po istorii kirgizov i kirgizii. M.: Nauka, 1973; Bartold V.V. Mo‘g‘ullar davrida Turkiston. Samarqand, 1931. 2Qarang: Hudud ul-olam / Tuzuvchi Ablat Nurdun.Qashqar.: Qashqar-uyg‘ur nashriyoti, 2003; Hudud ul-olam. Fors tilidan tarjima, so‘z boshi, izohlar va joy nomlari ko‘rsatkichi muallifi O.Bo‘riev. T.: O‘zbekiston, 2008. 3Beliniskiy A.M., Bentovich I.B., Bolshakov O.G. Srednevekovыy gorod Sredney Azii...S.203. 4Gorbunova N.G. K voprosu o lokalizatsii nekotorыx srednevekovыx gorodov yujnoy Ferganы ...S. 87. mansub Galasak shahristoni bizning davrimizga kelib aniqlanmaganda edi, N.G.Gorbunovani Vanket shahri borasidagi fikrlariga biz ham qo‘shilgan bo‘lar edi. Ammo Galasakning aniqlanishi fikrimizni tubdan o‘zgartirib yubordi. Chunki bundan ming yil avval manbalardan tilgan olingan Vanket shahri o‘zining geografik joylanishiga ko‘ra, Galasak yodgorligiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Hozirda yodgorlik maydoni 110x60 m. dan iborat. Biroq qadimda uning maydoni 4-5 marta kattaroq bo‘lganligi aniq. Chunki izlanishlarimiz mobaynida Galasak qabristoniga tutash bo‘lgan yer maydonlarida ham o‘rta asrlarga mansub sopol parchalarini mavjudligi ko‘rib shu xulosaga keldik. Sopol va pishgan g‘isht parchalari ko‘p hollarda X-XIII asrlarga mansub bo‘lib, demak o‘rta asrlarda bu yerda shaharcha mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi. Mazkur yodgorlikdan topilgan arxeologik topilamalar natijasiga ko‘ra, hozirgi Galasak qabristoni o‘rnida eramizning ming yilligi o‘rtalarida manzilgoh qad ko‘targan. Ushbu manzilgoh keyinchalik Somoniylar va Qoraxoniylar davriga kelib Konibodomdan Popga borish yo‘lidagi shaharchalardan biri sifatida o‘zining taraqqiyot davrini boshdan kechirgan. Ammo bu davrdan keyin Galasak shahristonida birdan hayot izdan chiqib ketgan. Buning sababi tabiiy ofat yoki mo‘g‘ullarning hujumi bo‘lsa kerak. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, al- Istaxriy, ibn Havqal, al-Muqaddasiy singari X asrda yashab o‘tgan geograf olimlarning asarlarida tilga olingan Vanket shahri hozirgi Galasak yodgorligi o‘rnida foliyat ko‘rsatgan degan fikrni aytishimizga yetarli asos bo‘la oladi. Endigi vazifamiz yodgorlikni atroflicha o‘rganishni taqozo etadi. Biroq qadimgi Vaxkat yoki Vanket (Vankat) to‘g‘risidagi taxminlarimizni biz faqatgina Galasak arxeologik yodgorligi bilangina bog‘lash fikridan yiroqmiz. Chunki Beshariq tumanidagi yana bir mashhur arxeologik Qorashoh mozor arxeologik yodgorligi va qachondlardir unning yonida mavjud bo‘lgan Durkusho yodgorligi ham biz yuqorida tilga olgan Vaxkat yoki Vanket shahristoniga aloqadar bo‘lishi mumkin. Qolaversa, taniqli tangashunos olim B.D.Kochnev Vankat shahrini Rishton bilan ham taqqoslagan edi1. Qorashoh mozori Beshariq tumanining Qorayantoq qishlog‘ida joylashgan. Mahaliy qabristonning qoq o‘rtasida qadimgi arxeologik yodgorlik mavjud bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan Qorashoh mozori deb yuritiladi. Mahalliy aholi orasida saqlanib qolgan rivoyatga ko‘ra, qadimda qabriston o‘rnida katta shahar bo‘lib, unga Qorashoh ismli podshoh hukmdorlik qilgan2. Hozirda ushbu yer bir qarashda oddiy tepalikdan farqi yo‘qdek. Biroq sinchiklab razm solinsa, unda sochilib yotgan sopol parchalaridan yodgorlikning naqadar ko‘hna ekanligini bilish mumkin. 1 Kochnev B.D. Vankat – novыy Ferganskiy monetnыy dvor // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2001 god, Tashkent, 2002. S. 94. 2Dala tadqiqotlari. 2006 yil. Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Qora Mulla qishlog‘ida yashovchi Hasanboy Ma’murovdan (1934 yilda tug‘ilgan) yozib olindi. Ma’lumki, xalqimizda muqaddas qadamjoylarning tilsimi borligi to‘g‘risida turfa hil qarashlar mavjud. Kimdir aziz joylarda avliyolar ruhi yashaydi desa, yana boshqa birovlar u yerlarni ilon parilar qo‘riqlashiga shubha qilmaydilar. Odamlar, ayniqsa, qadimgi tepaliklarda behisob boyliklar yashiringanligini aytishib, biz qadimshunoslardan yodgorliklarni qazish chog‘ida qancha oltin topdinglar?, degan savolni berishdan hech tolmaydilar. Shunday paytlarda qadimgi Farg‘ona tarixining bilimdoni olima N.G.Gorbunovaning quyidagi so‘zlarini yodga olgimiz keladi: “Ko‘pincha bizdan «tilla topdingizmi, gavhar topdingizmi» deb so‘rashadi. Keling, birgalashib o‘ylab ko‘raylik: Harqalay oltin, har qadamda sochilib yotmasa kerak?! Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling