Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
kelayotgan kimlar?”. Shunda Jamuxa: “Bular Temuchinning odam go‘shti berib boqilgan to‘rtta iti; u, bularni temir kishanga solib qo‘ygan edi; bularning peshonasi misdan, tishlari qayralgan, tillari bigiz singari o‘tkir, yuraklari temirdan yasalgan. Bularda qamchi o‘rnida qayrilgan qilich bor. Ular shudring ichadi, shamolda uchadi, janglarda odam go‘shtini yeydi. Hozir ular zanjirdan bo‘shatib yuborilgan, ularning og‘zidan so‘laklari oqmoqda. Ular shod, xursand. Bu to‘rtta it: Jaba, Qubila, Jalma va Subutoydir”, deb javob bergan ekan “1.
O‘rta asr muarrixlaridan biri mo‘g‘ul lashkarini “qumdan ham ko‘p” deb ta’rif qilgan edi. “Zanjirdan bo‘shatilgan”, “qumdan ham ko‘p” bo‘lgan odamxo‘rlarni tasavvur qilaylik. Shu yurishlarning shohidi bo‘lgan arab tarixchisi, Ibn al-Asir (1160-1233) bu haqda: “Kunu tunlarda misli ko‘rilmagan va hamma yoqni, xususan, musulmonlar yaratgan boyliklarni qamrab olgan g‘oyat katta bir falokat bo‘ldi. Agar birov hamma narsaga qodir Olloh odamni yaratgandan buyon, dunyo bunday narsani ko‘rmagan, desa haq gapni aytgan bo‘lardi. Darhaqiqat, yilnomalarda bunga o‘xshash va unga teng keladigan bunday zo‘r falokat bo‘lmagan. Ularda tasvirlangan voqealar ichida Navuxodonosorning isroiliylarni kaltaklashi va Quddusni vayron qilish bobidagi qilmishi eng dahshatlisidir. Biroq bu la’natilar (mo‘g‘ullar) vayron qilgan mamlakatlar oldida Quddus nima bo‘lipti? Bu mamlakatlardagi har bir shahar Quddusga ikki barobar keladi! Mo‘g‘ullar qirib tashlagan odamlarga qaraganda isroiliylar nima bo‘lipti? Axir, bitta shaharda mo‘g‘ullar kaltaklagan aholi barcha isroiliylardan ko‘p bo‘lgan. Ular hech kimni ayashmadi: ayollarni, erkaklarni, go‘daklarni shafqatsiz do‘pposlashdi, homiladorlarning qornini yorib, bolalarini o‘ldirishdi”, deb yozgan edi2. Aytib o‘tish joizki, mo‘g‘ullarning bosqinining dahshatli oqibatlari to‘g‘risida so‘z ketganda tarixchilar uni Nuh (a.s.) davrida yuz bergan to‘fon halokatiga qiyoslaganlar. Jumladan Mullo Muso Sayramiy (1836-1917) bu haqda o‘zining “Tarixi Hamidi” asarida quyidagilarni bayon etadi: “Ahli tarixchilar o‘z tarix kitoblarida: “Chingizxonning balo-ofatlarini va xonavayronchiligi, hazrati Nuh zamonidagi to‘pon balosidan-da og‘ir edi”, yozadi. Chunki Nuh davrida dunyoda odamlar oz edi. Bu davrga kelganda odamlar ko‘payib...obod manzaralar borliqqa kelgandi. Shuningdek, Nuh davrida odamlarning ko‘p qismi Ollohni bir deb taniydig‘on diniy ishonchtin mahrum edi. Bu zamonga kelganda, odamlarning ko‘p qismi musulmon, dindor bo‘lub, dinga sodiq mujtahid (arab.- intiluvchi, g‘ayrat qiluvchi - mualliflar), ulug‘ ulamolar, hurmatga sazovor bo‘lg‘on mashoyixlar ko‘p edi. Masalan, Buxoroyi sharifda imom Abu Hafs Kubro qatorliq (singari) ulug‘ mujtahid olimlar bor edi. Xorazmda shayx Najmiddin Kubro qatorliq yetishgan peshvolar bor edi. Uning oltmish mingdan ortiq muridi bo‘lub, ularning hammasi sohibi karomat va daloyat kishilari edi. Shul sababdan, bu zotni “Vali tarosh” deb ataydilar. Bu zot o‘zining bir qancha shogirdiga ruxsat berib: “Sizlar boshqa joyga ketinglar. Chunki, sharq taraftin bir o‘t ko‘payib kelmoqda. Bu o‘t to g‘arbgacha bo‘lg‘on zaminni kuydirmoqchi. Bu ulkan 1 Ravshanov P. «Temurnoma» haqida so‘z // Temurnoma. T.: Cho‘lpon, 1990. – B.5-6. 2 Ibn al-Asir. Al-kamil fi -t- tarix. T.: O‘zbekiston, 2006. S. 345. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling