Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
parokandanchilik ofatidur. Bundoq katta baloyi ofat ummatlarning boshig‘a qaytib kelmagusi”, deganda ba’zi azizlar: “Agar duo qilsalar, kelayotqon bu ofat keyinga (ortga) qaytishi mumkin”, deb iltimos qilishdi. Janobi Shayx: “Bu duo bilan qayturg‘ali bo‘lmaydig‘on baloyi ofattur”, deb javob berdi. Yana boshqa shaharlarda bu zotqa o‘xshash mashoyixtin toshqari ko‘p hurmatlik mashoyixlar, ulug‘ ulamolar qatorliq sohibi duolar bor edi. Bularning hammasi Chingizxonning qirg‘inchiligi tufayli shahitlik sharbatlarini ichishga majbur bo‘ldi”1.
Bunday dahshatli balo Durkushodek Beshariqning qadimgi shahrini chetlab o‘tmagan va shu tarzda gullab yashnagan ajoyib shaharchadan nom-nishon qolmaga n. Uning ayanchli qismatiga ana shu jonsiz sopol parchalari guvohdir. Beshariq ziyoratgohlari to‘g‘risidagi suhbatlarimizning birida tanishlarimizdan biri o‘zining bobolaridan eshitgan ba’zi xotiralarini so‘zlab bergan edi. Aytishlaricha, Beshariqning Durkusho, Galasak, Rafqon singari qadimgi shaharlarining aholisi mo‘g‘ullar hujumiga qalqon bo‘lib, Farg‘ona vodiysining boshqa shaharlarni shu asnoda yalpi qirg‘indan saqlab qolgan ekan. Bu so‘zlar qanchalik to‘g‘ri ekanligi bizga qorong‘u. Lekin Durkusho yoki Qorashoh mozorida bo‘lgan har qanday kishi bu yerlarda qachonlardir dahshatli qonli janglar bo‘lib o‘tganligiga amin bo‘ladi. Ushbu kitob mualliflari sifatida biz ham Beshariq ziyoratgohlarini o‘rganish chog‘ida bir necha maraotaba Qorashoh mozoriga borishimizga to‘g‘ri keldi. Biz ham qabristondagi Qorashoh mozori yodgorligi bo‘ylab qadam tashlar ekanmiz, yerda sochilib yotgan sopol parchalarini ko‘rib, o‘z hayratimizni yashira olmadik. Chunki turli davrlarga mansub sirli va tirnalgan hamda angob surtilgan sopol parchalari shamolning ta’sirida yer yuzasiga chiqib qolgan. Sopollar tarixidan xabardor bo‘lgan har qanday odam bu yerda o‘ziga yangi bir olam kashf etgandek tuyuladi. Ular onda-sonda emas, aksincha butun Qorashoh mozorining ustini qoplagan. Mahalliy aholi Qorashoh mozori o‘rnida qadimda shahar bo‘lganligi ta’kidlasalar-da, biroq uni yo‘q bo‘lib ketishi sababini mo‘g‘ullar hujumi bilan emas, balki qum ko‘chkisi bilan bog‘laydilar. Ammo bu taxmin, xolos. Shunday bo‘lsa-da, bu taxminga ham atroflicha yondashsak haqiqatga yaqindek tuyuladi. Chunki qadimgi shaharlarni qum ko‘chkisi tufayli yo‘q bo‘lib ketganligi haqida rivoyatlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonlarda Farg‘ona zaminida Bistaxt (Biskent) nomli shahar bo‘lgan2. Shahar garchand o‘zining boyligi bilan mashhur bo‘lsa ham, odamlari mehr-oqibatsiz ekan. Kunlarning birida Bistaxt shahriga hazrati Xizr kirib kelibdi. Ul zot birin-ketin bir necha xonadonga tashrif buyuribdi. Lekin uning asl kimligidan bexabar bo‘lgan bistaxtliklar unga e’tibor ham bermabdilar. Aksincha, uni haqorat qiib diliga ozor ham beribdilar. Bistaxt aholisidan ko‘p ranj chekkan hazrati Xizr kechga yaqin bir 1 Mullo Muso Sayramiy. Tarixi Hamidi. Beyjing.: Millatlar nashriyoti,2007. –B.65- 66. 2 Masalskiy V.I. Turkestanskiy kray. Polnoe geograficheskoe opisanie nashego otchestva. T. 19. SPb., 1913. S. 704. dehqon uyining eshigini qoqibdi. Uy egasi yolg‘izlikdan zerikkanmi yoki odamoxun ekanmi, ishqilib tongga qadar musofirni xursand qilish uchun mehmondorchilikka zo‘r beribdi. Hazrati Xizr uy sohibini bu qadar samimiy, ko‘ngli ochiq inson ekanligini ko‘rib, bexad baxtiyor bo‘libdi. Keta turib, u dehqonga bugun kechasi uxlamaslikni tayinlab, shahardagi eng baland chinor atrofida to xo‘rozning birinchi qichqirishiga qadar ko‘zini bog‘lab, ho‘kiz bilan qo‘sh haydab chiqishi lozimligini tayinlabdi. So‘zining oxirida nima bo‘lganda ham har qanday oh-faryodlarga quloq solmay shu ishni qilishini yana bir bor tayinlab, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi. Dehqon ham ul zotni aziz- avliyolardan ekanligini anglab, uning aytganlarini karomatga yo‘yibdi va tongga qadar baland chinor atrofida ko‘zini boylab qo‘sh hayday boshlabdi. U ishga chunonam berilib ketibdiki, oxir-oqibat chor atrofda nimalar sodir bo‘layotganligiga e’tibor bermay qo‘yibdi. U erta tongga qadar chinor atrofida aylanaveribdi. Qachonki olisdan xo‘roz qichqirig‘ini eshitgan zamon ishni to‘xtatib ko‘zini ochibdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, u chinor tepasidagi, qumlik ustida turgan emish. Shahardan esa nom-nishon ham qolmabdi. Tunda shaharni qum bosib, barcha g‘aflat uyqusida qolganlarni falokatga giriftor qilibdi. Faqatgina o‘sha dehqon hazrati Xizrning so‘zlariga amal qilganligi uchun qum balosidan jon saqlab qolgan ekan1. Ushbu Bistax shahri to‘g‘risidagi rivoyat shu qadar mashhur bo‘lganki, u asrlar mobaynida og‘izdan-og‘izdan o‘tib yashab kelmoqda. Bu haqda M.E. Masson ham o‘z xotiralarida qayd etadi: “Farg‘ona vodiysining markaziy qismidagi qumlik cho‘ldagi ulkan barxanlar bizni o‘ziga jalb qiladi. Hanuzgacha avvalgi o‘lkashunoslikka doir adabiyotlarda Marg‘ilonning shimoliy-g‘arbida Bistaxt (yigirmata taxt) nomli shaharni qum ostida ko‘milib ketganligi to‘g‘risida ishoralar bor. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling