Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, qadim zamonlarda o‘sha yerlik podshoh yigirmata toju taxt ustidan hukmdorlik qilgan ekan. Zilzila tufayli Ko‘ksu (Shohimardonsoy) o‘z oqimini o‘zgartirgach, suvsiz qolgan Bistaxt shahri halokatga maxkum bo‘lgan va uning xarobalarini qumlik ko‘mib yuborgan. 1919 yili bu haqda hatto mening o‘zim sobiq Qo‘qon tijorat bilim yurtida o‘qigan talabalardan ana shu shahristonda bo‘lib, ko‘plab sopol buyumlar ko‘rganliklarini eshitishga muyassar bo‘lgan edim. Ular Bistaxtda bir joyni tozalayotib, yer ostidagi yoriqni ko‘rib qolganlar va o‘sha joydan yer ostiga tushib, qandaydir xonada odam suyaklariga duch kelganlar. Uning oldida ish quroli va idishlar ham bor ekan. Nimadandir qo‘rqib ketgan yigitlar tum-taraqay bo‘lib qochibdilar va shoshilinchda qo‘lga kiritgan idishlarini ham sindirib yuboribdilar”2.
Aytib o‘tish joizki, Markaziy Osiyoning qadimgi shaharlarining qumliklar ostida qolib ketganligi to‘g‘risida turli afsona va rivotlar saqlanib qolgan. Masalan, XVI asrda yashab o‘tgan yirik tarixchi olim Mirzo Muhammad Haydarning “Tarix-i Rashidiy”nomli asarida ham Bistaxt 1Dala tadqiqotlari. 2006 yil. Farg‘ona viloyati Oxunboboev tumani Solijonobod qishlog‘ida yashovchi G‘anijon Shomansurovdan (1928 yilda tug‘ilgan) yozib olindi. 2 Masson M.E. Iz vospominaniy Sredneaziatskogo arxeologa... – B. 151. rivoyatiga o‘xshash Sharqiy Turkistonda qumlik ostida qolib ketgan shaharlar xususida ma’lumotlarni ko‘rish mumkin: “Xulosa shuki, u avlodlarning oxirgisining ismi shayx Jamoliddin bo‘lub, nahoyati taqvodor va ulug‘ kishi ekan. Ketak (Katak) shahrida yashagan ekan. Bu zot bir juma kuni jumada va’z aytipti. Xaloyiqqa xitob qilib: «Ey Xudoning bandalari! Ilgari sizlarga necha marta va’z-nasihat qilg‘ondim. Hech biringlar nasihatimga quloq solmadinglar! Mana emdi menga shundoq ma’lum bo‘ldiki, Xudovandi olam bu shaharga ulkan balo-qazo yuboradi. Menga bu yerdan chiqib ketish haqida izni farmon bo‘ldi. Tangri taoloning rahmati bilan bu balodan qochib xalos bo‘larman. Ogoh bo‘lg‘aysizlarki, bu meni oxirgi marta va’z aytishimdur. Emdi sizlardan ruxsat tilayman va sizlar bilan hayrlashman. Bundan keyin diydorlashish qiyomatga boqiy qolgusidir”, dedi. Shayx shundin keyin minbardan tushti. Masjidning muazzini hazrati shayx bilan hamroh bo‘lub ketish niyatida masjiddin birga chiqti. Chunki muazzin shayxning so‘zlariga to‘liq ishonar edi. Shunga iltimos qilib: “Men faqir xizmatlarida bo‘lsam” dedi. Shayx qabul qildi. Ular shahardin birga chiqti. Uch farsang (bir farsang taxm. 7-8 km.- mualliflar) yiroqtagi bir yerga borib tushti. Biroq muazzinning ozroq zarur ishi bor edi. U zaruriyatdan ado qilish uchun ruxsat tiladi. Shayx izn berdi. Muazzin shaharga kirdi. U ishni o‘rundab (bitirib) qaytib chiqayotib yo‘lda haligi masjid oldiga kelib qoldi. Muazzin ko‘nglida: “Xayrlashish sifatida eng oxirgi bor xuftonga bir azon o‘qiy»deb o‘ylab maschid minorasig‘a chiqti. Namozi xuftonga azon o‘qiyotib ko‘rdiki, osmondan qorg‘a o‘xshash bir narsa yog‘moqta. Ammo unda nam yo‘q. Azonni tamom qilib...tushib qarasa, minoraning eshigi berkilib qolibdi. Chiqishqa yo‘l topolmay, yana minoraning ustiga chiqti. U o‘ylab yettiki, qum yog‘yapti. Shu tarzda shaharni qum bosib ketibdi. Bir soat o‘tganida ko‘ziga yer yaqin ko‘rundi. U chamalashturdiki, minora ustidan yer yuzigacha bir odam bo‘yi qolibdi. Muazzin minoradan o‘zini asta yerga tashladi. Qo‘rqqan va titragan holda yugurib, tun yarimlashqon vaqtda shayxning oldiga qaytib keldi va yuz bergan voqeani shayxga so‘zlab berdi. Shayx: “Tangri taoloning g‘azabidan yiroq bo‘lg‘on yaxshi”, deb shu onda yo‘lg‘a ravon bo‘ldi-da, tezlik bilan yurib ketti. Hozirda u shahar qum ostida bor. Ba’zi vaqtlarda shamol qumni uchurib ketsa, minoraning yoki gumbazlarning uchi ko‘runub qoladi. Ko‘milgan uy va hayvonlar ochilib qoladi. Ko‘pincha uylarning ichiga kirsa, hamma uy asboblari va uy egasining suyaklarini qurub-chirib yotqonlig‘ini ko‘rsa bo‘ladi”1. Biz Bistaxt haqidagi rivoyatni bejiz keltirmadik, albatta. Zero, Beshariqning qadimgi shaharlari taqdiri ham Bistaxt shahrining taqdiriga juda o‘xshash. Chunki qumliklar ostida qolib ketgan bu shaharlarning tarixi hanuzgacha ma’lum emas. Chunki XX asrning boshlaridayoq tadqiqotchi A.D.Perov tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Durkusho yodgorligi qum ostida qolib ketgan edi2. 1 Mirzo Muhammad Haydar Ko‘ragon. Tarix-i Rashidiy... – B.52-53. 2 Petrov A. Razvalinы Mug’–Tepe okolo seleniya Sarы–Kurgan’ // Protokol zasedanii i soobщeniya chlenov’ Turkestanskogo krujka lyubiteley arxeologii.(11 dekabrya 1913 g. – 1 aprelya 1914) T., 1914. S.25. Bundan ko‘rinadiki, Beshariq hududidagi qadimgi manzilgohlar ham XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib ko‘chma qumlar ostida qolib ketgan. Shunday bo‘lsa- da, mazkur qadimiy yodgorlik xarobalarini XX asrning birinchi yarmiga qadar Beshariq hududiga kelgan har bir kishi o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin bo‘lgan. Bu borada Po‘latjon Domulla Qayumov shunday yozadi: “Maxmur I – Bu shoir Xo‘qand shaharida Sarmozor dahasida Shohliq mozor mahallada tug‘ulib, shunda o‘smishdur. Nomi Mahmud bo‘lub Domulla Sher A’lamning o‘g‘lidur...Beshariq bilan Tomosha qishloqning orasidagi cho‘l yerlarni butun hammasiga Hafalak deb atalur edi. Maxmurning onasi shu joydan bo‘lub, otasi bundan yuqoriroqdagi o‘zbeklardan bo‘lub shul qishloqg‘a birinchi davrida imom bo‘lub kelib uylanadur. Ko‘p vaqt o‘tmay shaharning kun chiqish tomoniga imom bo‘lib o‘tadur. Bu joyni Baytuman deyilur edi. Tarixiy joylardur. Eski xarobalarni o‘rni bordur. Shaharga (Qo‘qonga-A.Q.) so‘ngra kelib, Madrasai Norbo‘taxonda mudarris va a’lam bo‘lub turadur. Shunda vafot etmishdir”1. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, akademik M.E. Masson zo‘r ishtiyoq bilan ta’riflab bergan Durkusho yodgorligi XX asrning o‘rtalaridayoq yer sifatida o‘zlashtirilib, paxta maydoniga aylantirilgan edi. Shu sababdan 1974 yili mazkur yodgorlikni izlab topmoqchi bo‘lgan N. G. Gorbunova boshchiligidagi bir guruh qadimshunos olimlarning harakatlari zoe ketgan. Keyinchalik ular bu haqda o‘zlarining ilmiy hisobotlarida ham qayd etib o‘tganlar2. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling