Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Oradan ikki kun o‘tgach, bizning mashinamiz Qoramulla qishlog‘i tomon yo‘l oldi. U yerda bizga aholi ikkita ajoyib tolni ko‘rsatdilar. “Ularni yoshi yuz yildan ortiq» deya samimiy tarzda iftixor bilan qishloqlarining diqqatga sazovor joylari haqida so‘zlab berdilar Ular chindan ham shak-shubhasiz haq edilar. Qachonki, men ushbu tollardan birini aylanasini o‘lchagan vaqtim hajmi 7, 15 m. dan iborat bo‘lib, beixtiyor har qanday kishini taajjubga solishi turgan gap. Ming afsus! Daraxtni yog‘och qurti kemira boshlaganligi bois oradan bir necha yil o‘tib, bu keksa tol halok bo‘lishi muqarrar.
Tez orada qishloqning janubiy chekkasida Durkushoning ayanchli xarobazor, tashlandiq holati namoyon bo‘ldi. Qadimda na bir qal’a bo‘lgan do‘nglik va na biron bir vayrona qoldig‘i mavjudligi sezilmaydi. Doimiy bo‘lib turuvchi shamol allaqachon joyni oldingi holatini batamom o‘zgartirib yuborgan. Bu yerda shamoldan yemirilish jarayoni ayniqsa shiddatli tus olgan. Durkusho shahristoni bo‘sh qumloq yerda joylashgan Qum ko‘p miqdorda paxsadan urilgan devor va xom g‘ishtlarga tegib, ularning mustahkamligiga putur yetgan. Faqatgina ba’zi bir katta bino qoldiqlarigina do‘nglik holatiga kelib qolgan. Ko‘rinishidan Durkusho arxeologik qazishmalar uchun arxeologik ob’ekt sifatida oz muncha ma’lumotlarni bermaydi. Biz butun shahriston bo‘ylab tarqaldik. Men shahristonni hamma tomonidan kezib chiqdim. Shamoldan to‘zigan tashlandiq maydoni taxminan ikki gektardan iborat yodgorlik usti qalin sopol va boshqa osori atiqalar bilan qoplangan. Bunday joylar Markaziy Osiyoda mahalliy xalq orasida Sopolzor nomi bilan ataladi. Men uch joyda shu vaqtga qadar biron bir joyda uchratmagan va ko‘rmagan naqshinkor me’moriy usulda ishlangan hoshiyali osori atiqaga duch keldim. Ular uy o‘choqlarini eslatsa-da, biroq juda ham katta hajmda. Ne-ne mashaqatlar bilan ularni o‘zimga tortaman. Ularni hatto bir parchasini shu joyda tashlab ketish alam qilar ekan. Mana oyog‘imiz ostida, shubhasizki, arablar istilosidan oldingi davrlarga mansub sopol parchalari ko‘rina boshladi. Biroq sopol parchalarining aksariyat ko‘pchiligini IX- X, ayniqsa XI- XII asrlarga mansub uy –ro‘zg‘or buyumlari tashkil etadi. Bizga hamrohlik qilayotgan mo‘ysafid chol ketma-ket bir necha mis va bronza tangalarni yerdan topib, mening qo‘limga uzatdi. Ularning bir qismi somoniylarning mis tangasi. Boshqalari kufiy yozuvda bo‘rttirib ishlangan ilekxonlar sulolasi davrida zarb qilingan. Menga yer ustki materiallari topishda qishloqning g‘ayratli tirishqoq o‘g‘il bolalari yaqindan yordam berdilar. Ularning ko‘zlari juda o‘tkir. Ular hatto juda mayda va kichkina munchoq toshlarni ham ilg‘ab chaqqonlik bilan topadilar. Shahristonning chekka qismida turib bir chaqirim g‘arb tomonda men unchalik katta bo‘lmagan aniq ko‘zga tashlanib turgan tepalikni ko‘rdim. “Bu nima?” deya boyagi choldan so‘radim. “Qorashoh mozor” deya javob berdi u. Barcha behisob sopol parchalari ichidan o‘zlarini qiziqtirganlarini izlash bilan mashg‘ul bo‘lgunlaricha men o‘zim topgan “o‘ljamni” belgili joyga qo‘yib, Qorashoh mozori tomon shitob bilan yo‘l oldim. U ishonchimni oqladi. Qabristondagi qabrlar orasida onda-sonda XVII- XIX asrlarga oid sirli sopol parchalarini ko‘rdim. Ammo hamma yerda ko‘p miqdorda qadimgiroq sopol parchalari sochilib yotibdi. Bular tirnalgan (naqsh turi) sopol idishlar bo‘lib, ularning yoshi 2000 yilga teng va undan ham qadimgidir. Mana ularga har doim hamroh bo‘lib kelgan tosh don yanchgichlar. Shu tarzda dala daftarchamga qadimgi Dovon davriga mansub yangi manzilgohni belgilab chiqdim. Dovon davriga oid sopol parchalari bilan cho‘ntaklarimni to‘ldirib, zudlik bilan Durkushoga qaytdim. Kun ham botmoqda. Oldinda mashaqqatli yo‘l. Meni Durkushoda quvonchli hayqiriqlar bilan kutib oldilar. “Arab yozuvi tushirilgan qo‘rg‘oshin plastinkasi!”, “ko‘fiy yozuvli bronza qopqoqcha!”. Durkushodan topilgan yer ustki materiallari kutganimizdan ham ziyoda ma’lumotlarni berdi. Bir xildagi yuzlab tangalar terib olindi. Sanasi ham o‘sha-o‘sha. Arxeologlarning diqqat bilan ko‘zdan kechirishlari tufayli Durkushoning sir bilan qoplangan pardasi oshkor etildi. Arxeologlarning kundaliklarida bo‘lsa qadimgi Nesiya viloyatidagi yana bir o‘rta asrlarga mansub boy manzilgoh haqida yozuvlar paydo bo‘ldi. Durkusho arablarni Farg‘onaga kelishiga qadar paydo bo‘lgan. Ayniqsa XI-XII asrlarda faol hayot kechirgan. Uning taqdiri shu davrda yakun topgan. Bu mo‘g‘ullar bosqini bilan bog‘liq bo‘lsa kerak”1. Akademik M. Ye. Massonning qadimgi Durkusho shaharchasini mo‘g‘ullar bosqini tufayli vayron bo‘lishi haqida keltirgan fikrlari chindan ham o‘zining tarixiy asosiga ega. Chunki mo‘g‘ullar bosqini vaqtida Sirdaryoning yuqori oqimi bo‘yidagi ko‘plab shahar va qishloqlarning kuli ko‘kka sovurilgan edi. Mo‘g‘ul bosqinchilarining yovuzligi haqida shunday bir naql to‘qilgan: “Chingizxonning asosiy raqibi bo‘lgan Jamuxadan biri kishi so‘rabdi: “Qo‘y podasini qo‘yxona eshigigacha quvib kelayotgan bo‘rilardek bizning odamlarni quvib 1 Masson M. Ye. Iz vospominaniy Sredneaziatskogo arxeologa. T.: Izdatelstvo literaturы i iskusstva imeni Gafura Gulyama, 1976. S. 121-122. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling