Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet76/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Bobomiz hiyol o‘yga tolib, bu so‘zni sharhlab berdi:
...Dinimizni dunyoga tarqatishda sahobalar juda katta targ‘ibot ishlarini olib borganlar. Shulardan biri Rabial Avval degan sahobalar yetakchisi edi. Qisqasi, bizning Farg‘ona vodiysiga yo‘li tushgan yigirma to‘rt nafar sahobaga ana shu zot rahbarlik qilgan. Avval qishlog‘i naqadar xushmanzara, obi kavsar chashmalar biqirlab qaynab turganini ko‘rgansiz. Bu yerda bitadigan mevalarni rang-barang ekanligini aytmaysizmi. Xullas, Avval qishlog‘ining eng hushmanzara joylariga qo‘ngan dini islom targ‘ibotchilari mana shu yerda turib, yerli aholi o‘rtasida o‘z vazifalarini ado etishga kirishadilar.
Tabiiyki, o‘sha paytlarda, ko‘p joylarda bo‘lganidek, bu maskanda ham otashparastlik, butparastlik kabi dinlarga sig‘inilar edi. Islom dinining insonparvarlikka, halollikka, to‘g‘rilikka, do‘stlikka, qo‘yingki, ko‘pdan-ko‘p insoniy fazilatlarga da’vat etishini yaxshi anglagan aholining juda ko‘p qismi islom dinini qabul qilganlar. Lekin otashparastlik va butparastlikdan qaytmaganlar ham talaygina bo‘lgan. O‘z-o‘zidan ravshanki, o‘rtada kelishmovchiliklar tug‘ilib, to‘qnashuvlar bo‘lgan. Ana shunday to‘qnashuvlardan birida sahobalar sardori Rabial Avval xalok bo‘ladi.
Sahobalar bu ulug‘ zotni hozirgi Xojam Podshoh tepaligining quyirog‘iga




1O‘zbek tilining izohli lug‘ati.- M.: Rus tili nashriyoti, 1981. – B. 23.
2Dadaxojaev S. Go‘zallikda tengi yo‘q maskan. Farg‘ona.: Farg‘ona, 1996. – B. 183.
dafn etadilar”1.
Aytib o‘tish kerakki, Farg‘ona vodiysidagi islom dinining dastlabki vaqtdagi jangchilari bilan bog‘liq mozorlar o‘rta asrlardayoq xalq tomonidan ziyoratgoh sifatida muqaddaslashtirilgan2. Bularning aksariyati sarvari olam Muhammad (s.a.v)ning sahobalari, musulmon dunyosidagi mashhur zotlar Sa’d ibn Vaqqos, hazrati Akkosha, Mu’oz ibn Jabal, hazrati Bilol, Abdurahmon ibn Afv, Uvays Qaraniy(r.a.) nomi bilan bog‘liqdir3. Jumladan, bu holatni tarixchi olim Sh.Kamoliddinov quyidagicha izohlaydi:
Bizning davrimizgacha Markaziy Osiyoning turli qismlarida sahobalarning va tobi’inlarning shahid bo‘lganliklari haqida ko‘plab rivoyatlar va ularning dafn etilgan joylari saqlanib qolgan. Bu hadislar va xalq rivoyatlari, shuningdek sahobalarning mozorlari asosli ravishda shunday xulosaga kelishga imkon beradiki, Muhammad (s.a.v.)ning ayrim sahobalari, balki haqiqatda ham arablarning Markaziy Osiyoga qilgan ilk harbiy yurishlarida ishtirok etganlar yoki har holda, buni o‘zlarining burchi deb bilganlar”4. Garchand, ularning Farg‘ona vodiysida bo‘lganliklari tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasa-da, biroq islom targ‘ibotchilari dastlabki vaqtlarda bu zotlarning nomlaridan mahalliy kultlarga qarshi kurashda keng foydalanganlar5. Natijada, islomdan oldingi muqaddas joylar o‘rnida musulmon avliyolari bilan bog‘liq mozorlar paydo bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, aziz-avliyolar ardog‘lanishining tarixiy ildizlarida ikki manbadan, din tarixining ikki bosqichi – ajdodlar kulti hamda Markaziy Osiyo tamadduni sharoitida yuzaga kelgan mahalliy kultlardan kelib chiqadi6.
Yana bir rivoyatga ko‘ra, qishloqni Avval deb nom olishiga, sabab odamlarni bu yerlarga suv olib kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadim zamonlarda odamlar vodiyga suv olib kelish maqsadida, hozirgi Uchqo‘rg‘onning teparog‘idan Isfayramsoyni qirg‘og‘ini buzishibdi. Suv shiddat bilan oqib, to‘g‘ri vodiyga tushib, uchga bo‘linibdi. Birinchi bo‘lingan suv to‘g‘ri shu bizni yerlar tomon yurganligi bois, bu joylar eng avval suv ketgan tomon deb, keyinchalik - Avval deb atala boshlangan ekan7.
Sharqshunos olim Sh.Kamoliddin Avval nomini urug‘ nomi bilan bog‘liq joy nomi ekanligi to‘g‘risida fikr bildirar ekan Xaytal, Baytal, Shiyal, Badal, Yaftal nomlari singari av so‘ziga al qo‘shimchasi orqali Aval nomi




1Qodirov T. Avval. Qalb sadosi.1-2 (18). 27/01/2003.
2Kawahara Y. The Mazar of Qutayba ibn Muslim: A Studu of the Oral Tradition and Historical Documents // Islamic Sacred Places in Central Asia: The Fergana Valley and Kashghar Region. Silk roadology 28.Tokyo University of Foreign Studies. 2007. P. 79–103.
3Abdulahatov N, Eshonboboev N. Ko‘hna Marg‘ilon ziyoratgohlari. Farg‘ona, 2007. – B. 127.
4Kamoliddinov Sh. Arab ismlaridan yasalgan qadimgi joy nomlari // Imom al-Buxoriy saboqlari. T.,20006.№1. –B.41.
5Abdulahatov N. Ko‘hna Qubo ziyoratgohlari // Quva asrlar nigohida (Respublika ilmiy– amaliy seminar materiallari).F., 2006. – B.96.
6Snesarev G. P. Reliktы domusulmanskix verovaniy i obryadov uzbekov Xorezma. M., 1969.
S. 279.
7Dala tadqiqotlari. 2000 yil. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Avval qishlog‘ida yashovchi Abdumannob G‘ulomovdan (1929 yilda tug‘ilgan) yozib olindi.
Xosil bo‘lganligini ta’kidlaydi1.
Bizningcha, Avval nomining kelib chiqishi ko‘proq joyning geografik joylanishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, birgina Avval nomini kelib chiqishi to‘g‘risida bir necha xil taxminlar mavjud. Bu esa joy nomlarini o‘rganish biz o‘ylaganchalik oson emasligini ko‘rsatadi. Binobarin, taniqli olim H.Hasanov aytganidek: “Tarix sahifasini varaqlaganda ajoyib va g‘aroyib nomlarni ko‘ramiz. Bir joyning o‘zi 5-10, hatto undan ham ko‘proq nom bilan atalganini bilamiz”2.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling